Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet99/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Adrenomimetik moddalar.
Adrenomimetik moddalar bevosita postsinaptik membrana adrenoretseptorlariga
(bevosita ta’sir qiladigan adrenomimetiklar) ta’sir qiladi yoki simpatik nervlarning
presinaptik oxirlariga ta’sir qilib va bevosita adrenoretseptorlarga kuchsiz ta’sir etib,
mediator ajralishini kuchaytiradi (bilvosita ta’sir qiladigan adrenomimetiklar).
Adrenoretseptorlarning adrenomimetik moddalarga sezuvchanligiga bog‘liq holda
adrenomimetik moddalar α-adrenomimetik, β -adrenomimetik va α-hamda β -
adrenomimetik moddalarga bo‘linadi. α-adrenomimetik moddalarga noradrenalin,
mezaton, naftizin kiradi. (9-rasm).
Noradrenalin gidrotartrat 
(Noradrenalini). В ro‘yxatida. 0,2

li eritma holida
ampulalarda 1 ml dan chiqariladi.
Adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atadi. Buning natijasida tomirlarni kuchli toraytiradi
va arterial bosimni oshiradi. Qisqa muddat (bir necha minut) ta’sir qiladi, shundan so‘ng
bosim avvalgi holiga qaytadi. Noradrenalin yurak va bronxlarning β -
adrenorctscptorlariga qo‘zg‘atuvchi ta’sir qiladi. Kollapsda tomir toraytiradigan vosita
sifatida amalda qo‘llaniladi. Venaga tomchi usulda asta-sekin (minutiga 20-60 tomchi)
5% li- glyukoza eritmasida yuboriladi. Teri ostiga va mushak orasiga yuborilganda
nekrozlar hosil bo‘lishi ehtimol.
Mezaton 
(Mesatonum). В ro‘yxatida. Kukun tabletkalarda 0,01 g dan va 1% li
eritma holida ampulalarda 1 ml dan chiqariladi. α-adrenoretseptorlarni kuchli
qo‘zg‘atadi, periferik tomirlarni toraytiradi va arterial bosimni oshiradi, bronx va ichaklar
muskulaturasini bo‘shashtiradi, bronxlarni kengavtiradi, ichak peristaltikasini
tormozlaydi, ko‘z rangdor pardasi radial mushaklarini qisqartiradi va qorachiqlarni
kengaytiradi. Mezaton sintetik preparat bo‘lgani holda adrenalin va noradrenalinga
nisbatan birmuncha barqaror, uzoqroq ta’sir qiladi. Ulardan farqli ravishda ichishga
tayinlanishi mumkin.
Kollaps, gipotoniyada qo‘llaniladi. Venaga 0,1-0,5 ml dan 1% li eritmasi 40 ml 5-
20-40% li glyukoza eritmasida asta-sekin, venaga tomchi usulida - 1 ml dan 1 % li
eritmasi 250-500 ml 5% li glyukoza eritmasida, teri ostiga va mushak orasiga 0,3-1 ml
dan 1% li eritmasi yuboriladi. Ichishga 0,1 g dan kuniga 2 marta tayinlanadi. 0,25-0,5%
li eritmasi vazomotor va pichan tumovida burun shilliq pardasiga qo‘yish uchun sirtdan
qo‘llaniladi. Kon’yunktivitlarda ko‘z tomchilari ko‘rinishida 1-2% li mezaton eritmalari
tayinlanadi. Tomirlarni toraytiruvchi vosita sifatida mahalliy anestetiklar eritmalariga
qo‘shiladi.
Ishlalib bo‘lmaydigan hollar: gipertoniya kasalligi, tomir spazmlariga moyillik,
ateroskleroz.





Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling