Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet96/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Yordamchi adabiyotlar ro’yxati 
4.Sayfuddin Faxriddin o’g’li “Dorishunoslik farmokologiya va klinik farmokologiya
asoslari”. Toshkent. 2006 yil
5. Sayfuddin Faxriddin o’g’li “Umumiy retseptura”. Toshkent 2006 yil
6. “Spravochnik Vidal” Toshkent. 2008.
7. “O’zbekiston respublikasi dori vositalari va tobbiyot buyumlarining Davlar
Reestri” Toshkent.2004
8. “Hammabop tibbiyot qo’llanmasi” Toshkent, 2006 yil
9. “Hamshira jurnali”
10. “O’zbekiston tibbiyoti jurnali”

Qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati 
1.“Bemorlarni uyda va shifoxonada parvarish qilish”. Toshkent, Ibn Sino 2003yil
2. Елинов Н.П. «Рецептура для медицинских сестер и фельдшеров». Toshkent.
Ibn Sino, 1990 yil
Internet saytlari: 
www.histolchuvashia.com
www.ziyo.net
www.google.ru




MAVZU:KURARESIMON VOSITALAR.
Reja: 
1. Kuraresimon moddalar haqida tushuncha.
2. Kuraresimon moddalarning qo’llanilisci.
3. Kuraresimon moddalarning guruhlari.
4. Kuraresimon moddalarning nojo’ya ta’siri.
Tayanch so’z va iboralar. 
Antixolinesteraza
–Xolinesteraza funksiyasini blokada qiladigan moddalar
Xolinoblakatorlar 
–Xolinoreseptorlarni blokada qiladigan moddalar ularning asetilxolin
mediatori bilan o’zaro ta’sirini buzadigan dorivor moddalar.
Kuraresimon vositalar
- periferik ta’siri bo’lgan miorelaksantlar sklet mushaklar nerv
mushak sinapslarning h-xolinoreseptorlarini blokada qiladi.
Relaksasiya
-bo’shashi
Miorelaksasiya
-mushaklar bo’shashi
Janubiy Amerikada o‘sadigan bir necha turdagi o‘simliklarning ekstraktidir.
Kurare - kuchli zahar bo‘lib, undan indeetslar hayvonlarni ov qilishda foydalanishgan.

Kuraresimon dorivor moddalar-periferik ta’siri bo‘lgan miorelaksantlar skelet


mushaklari nerv-mushak sinapslarining N-xolinoretseptorlarini blokada qiladi (7-rasmga
q.). Mushaklarning bo‘shashishi (relaxatio) muayyan ketma-ketlikda yuz beradi:
ko‘pchilik preparatlar avvaliga yuzning mimik mushaklari va bo‘yimushaklarini, so‘ngra
oyoq, gavda mushaklarini va nihoyat diafragmani bo‘shashtiradi. Nafas mushaklarining
bo‘shashib kctishi es-xush va sez.uvchanlik saqlanib qolgani holda nalasning to‘xtashi
(apnoe) ga sabab bo‘ladi. Bo‘g‘ilish tufayli o‘lim yuz beradi. Mushaklarga falajlovchi
ta’siri qaytar hisoblanadi. Moddaning ta’sir qilish davomliligiga ko‘ra mugnaklarning
qisqaruvchanligi 50-60 min o‘tgach asliga qaytadi.
Kuraresimon vositalar meditsina amaliyotida xirurgik operatsiyalarda skelet
muskulaturasini to‘liq (nafasni to‘xtatish bilan) va qisman bo‘shashtirish (nafasni
to‘xlatmasdan) uchun qo‘llaniladi.
Ta’sir mexanizmiga ko‘ra kuraresimon moddalar ikki asosiy gruppaga:
1)
antidepolyarizatsiya qiladigan;
2)
depolyarizatsiya qilagan gruppalarga bo‘linadi. Antidepolyarizatsiya qiladigan
kuraresimon moddalar alsetilxolinning konkurent antagonistlari hisoblanadi, chunki
depolyarizatsiya bosqichi yuz berishiga to‘sqinlik qiladi. Skelet muskulaturasini to‘liq
yoki qisman bo‘shashtiradi (miorelaksatsiya). Antixolinesteraza moddalar shu tipdagi
kuraresimon moddalarning antagonistlari hisoblanadi. Ular atsetilxolinesterazani blokada
qiladi, bu mioreleksantlar ta’sirini susaytiradigan atsetilxolining ko‘p miqdorda
yig‘ilishiga imkon beradi.
Antidepolyarizatsiya qiladigan kuraresimon moddalar kichik dozalarda nafasni
buzmagani holda skelet muskulaturasini vaqtincha bo‘shashtiradi. Katta dozalarda nafas
muskulaturasini bo‘shashtiradi va nafasni falajlab qo‘yib, asfiksiya va o‘limga olib
keladi. Bu moddalar bemor boshqarib turiladigan nafas olishga (maxsus apparatlar
yordamida sun’iy nafas oldirish) o‘tkazilgandan keyingina katta miqdorlarda qo‘llaniladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling