Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet93/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Retseptlarga m i s о I 1 a r. 
Rp.: Sol. Atropini sulfatis 0,1 % - 10 ml
D. S. 5-8 tomchidan ichishga kuniga 2-3 marta ovqatdan oldin.
Rp.: Sol. Atropini sulfatis 0,1% - 1 ml
D.t.d. N. 6 in ampull. S. Ten ostiga 0,5 ml kuniga 2 marta.
Rp.: Sol. Atropini sulfatis 1% -10 ml
D. S. Ko‘znnng konyunktival xaltachasiga har soatda 1-2 tomchidan
qorachiqlar to‘liq kengayguncha.
Rp.: Tincturae Belladonnae 10 ml.
D.S. 5-10 tomchidan kuniga 2-3 marta.
Rp.: Sol Platyphillini hydrotartratis 0,2 % - 1 ml
D.t.d. N. 6 in ampull. S. Teri ostiga 1 ml dan kuniga 2 marta
Asosan vegetativ gangliylarning N-xolinoretseptorlariga ta’sir etuvchi dorivor
moddalardir. Gangliylarni blokada qiladigan moddalar vegetativ gangliylar sinapslarida
qo‘zg‘alishning o‘tishini buzadi. Simpatik va parasimpatik gangliylarning bir vaqtning
o‘zidagi blokadasi tufayli parasimpatik nerv sistemasi tomonidan organ va to‘qimalarga
bo‘ladigan ta’sir bartaraf qilinadi (7-rasmga q).


Simpatik gangliylarning N-xolinoretseptorlarini blokada qilish tomir toraytiruvchi


impulslarning markaziy nerv sistemasidan simpatik nervlar bo‘yicha tomirlarga kelishini
kamaytiradi. Periferik qon tomirlar (arteriolalar) kengayadi. Natijada arterial bosim
pasayadi. Parasimpatik gangliylar N-xolinoretseptorlarini blokada qilish bezlar
sekretsiyasini susaytiradi, yurak ritmini tezlashtiradi, bronxlar, me’da-ichak yo‘llari,
qovuq silliq mushaklarini bo‘shashtiradi.
Gangliylarni blokada qiladigan moddalar gipertoniya kasalligida, periferik
tomirlarning spastik holatlarida (endarteriit), me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara
kasalligida qo‘llaniladi.
Gangliylarni blokada qiladigan vositalarni parenteral yuborishda ortostatik kollaps
(bemor gorizontal holatdan vertikal holatga o‘tganda arterial bosimining keskin tushib
ketishi) yuz berishi ehtimol. Bu asoratning oldini olish uchun preparatni parenteral
yuborilgandan keyin bemor kamida 2 soat yotishi kerak.
Ganglioblokalorlar qo‘zg‘atgan qo‘shimcha hodisalarga umumiy behollik bosh
aylanishi, tomirning tez-tez, urishi, og‘iz qurishi, qorachiqlarning kengayishi, uzoq
qo‘llanilganda -qovuq va ichak atoniyasi kiradi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling