Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan
Download 0.79 Mb.
|
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org
Atropin sulfat
(Atropini stilfas). A ro‘yxatida. Atropin - ituzumdoshlar oilasidagi o‘simliklar: belladonna, mingdevona, darmanada bo‘ladi. Kukunda va 0,1 % li eritina ko‘rinishida ampulalarda 1 ml dan chiqariladi. Ko‘z kasalliklari amaliyotida diagnostika maqsadida ko‘z tubini funksional tekshirishda qorachiqlarni kengaytirish uchun, ko‘zoynak tanlashda gavhar egriligini o‘zgartirish uchun qo‘llaniladi. Ko‘zning yallig‘lanish kasalliklarida va shikastlarida ko‘z mushaklariga funksional osoyishtalikni ta’minlash maqsadida tayinlanadi. Atropinning ko‘zga ta’siri M-xolinomimetiklar ta’siriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshidir (7-rasmga q). Atropin pilokarpindan farq qilib, rangdor pardaning doira mushagini bo‘shashtiradi, bu qorachiqlarning kengayishi va ko‘z ichi bosimining oshishi bilan o‘tadi. Ko‘z kiprik mushagining bo‘shashishi akkomodatsiya falajini keltirib chiqaradi. Kiprik mushagi bo‘shashganda gavharni tortib turadigan sinn boylami cho‘ziladi: u birmuncha yassi bo‘lib qoladi, uning sindiruvchi kuchi kamayadi, ko‘z ko‘rishning olis nuqtasida turadi. Ko‘z kasalliklari amaliyotida ko‘z tomchilari holida 1% li eritmasi va 1% li malhami qo‘llaniladi. Glaukomada ishlatib bo‘lmaydi. Atropin spazmolitik vosita sifatida spastik (sanchiq) og‘riqlarni qoldiradi, bronxospazmni yo‘qotadi, nafasni yengillashtiradi. Me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligida, gastritda, me’da va ichak silliq mushaklarining spazmida, xoletsistitda, o‘t-tosh kasalligida, siydik yo‘llari va qovuq spazmida, bronxospazmda, bradikardiyada (yurak ritmi sekinlashganda) qo‘llaniladi. Ichishga kukunlarda va tabletkalarda 0,00025-0,001 g dan va 0,1% li eritma holida 5-8 tomchidan tayinlanadi. M-xolinomimetik va antixolinesteraza moddalardan zaharlanganda silliq mushaklar spazmini yo‘qotish uchun teri ostiga. mushak orasiga va venaga 0,1 % li eritma holida 0,25-0,5-1 ml dan yuboriladi. Yuqori dozasi: 0,001 g (0,003 g). Anesteziologiya amaliyotida operatsiyadan oldin so‘lak va bronxial bezlar sekretsiyasini kamaytirish maqsadida, bronxo- va laringospazm, yurak to‘xtashining oldini olish uchun qo‘llaniladi. Qo‘shimcha hodisalar: ko‘rishning buzilishi, yorug‘likka qaray olmaslik taxikardiya, qabziyat, qovuq tonusining siyishning to‘liq tulilishigacha pasayishi, glaukomaning qaytalanishi, termoregulyatsiya buzilishi ehtimol. Atropindan o‘tkir zaharlanishda og‘iz shilliq pardasi quriydi, bunda yutinish va nutq buziladi. Ten quruq, issiq, tana harorati oshgan. Kuchli ruhiy qo‘zg‘olish avj olib, hatto gallyutsinatsiyalar yuz beradi. Qorachiqlar kepgaygan. Yorug‘likka qaray olmaslik (fotofobiya) kuzatiladi. D a v о l a sh asosan simptomatik. Bemorni qorong‘u qilingan xonaga joylashtiriladi. Me’da-ichak yo‘Iidan zaharni haydaladi (me’dani tannin eritmasi bilan yuviladi, aktivlangan ko‘mir, tuz surgilar beriladi), uxlatadigan dorilar, teri ostiga va mushak orasiga flzostigmin (antixolinesteraza moddasi) yuboriladi. Atropin belladonnadan olinadigan preparatlarning asosiy ta’sir qismi hisoblanadi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling