Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan
Download 0.79 Mb.
|
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- M-xolinomimetik moddalar.
- Pilokarpin gidroxlorid
Xolinomimetik moddalar
M-xolinoretseptorlarni qo‘zg‘atuvchi moddalar M-xolinomimetiklar, N- xolinoretseptorlarni qo‘zg‘atuvchi moddalar esa N-xolinomimetik moddalar deyiladi. Bir vaqtning o‘zida M- va N-xolinoretseptorlarni qo‘zg‘atadigan dorivor moddalar mavjud. M-xolinomimetik moddalar. Bular muskarin kabi, M-xolinoretseptorni tanlab qo‘zg‘atadigan moddalardir. Ular yurak qisqarishlari sonini kamaytiradi, yurak ichidagi o‘tkazuvchanlikni pasaytiradi, bronxlarning silliq mushaklari, me’da-ichak yo‘llari, qovuq yo‘llary tonusini va motorikasini oshiradi, bezlar (ter bezlaridan tashqari) sekrelsiyasini oshiradi, qorachiq hajmini kichraytiradi, ko‘zning ichki bosimini pasaytiradi, me’da, ichaklar, qovuq sfinkterini bo‘shashtiradi. M-xolinomimetiklarga pilokarpin, atseklidin kiradi. Pilokarpin gidroxlorid (Pilocarpini hydrochloridum). A ro‘yxatida. Kukunda, 1 va 2% li eritmalar holida, flakonlarda 5 va 10 ml dan, 1 va 2% li malham, ko‘z pardalari ko‘rinishida chiqariladi. Pilocarpus Jaboraudi o‘simligida bo‘ladi. Asosan ko‘z kasalliklari praktikasida qo‘llaniladi. Ko‘zning rangdor pardasining doira mushagi qisqarishiga olib keladi, bu o‘z navbatida miozga (qorachiq torayishiga) sabab bo‘ladi. Natijada ko‘z ichidagi suyuqlikning fontan bo‘shliqlari va shlemm kanali orqali oqib o‘tishi yaxshilanadi. Ko‘z ichi bosimi pasayadi, bemorlarning umumiy ahvoli yaxshilanadi. Pilokarpin ta’sirida ko‘zning kiprikka tegishli mushagi qisqaradi. Bu sinn boylamini bo‘shashtiradi, ko‘z gavhari egriligining o‘zgarishi ro‘y beradi. Egriligining o‘zgarishi natijasida akkomodatsiya spazmi sodir bo‘ladi, ya’ni M-xolinoblokatorlar ta’sirini, pastki yarmi M-xolinomimetiklar ta’sirini ko‘rsatadi. Ko‘z yaqin masofadagi narsalarni yaxshi farq qiladi, uzoqdagilami esa aniq ko‘rmaydi. Glaukomani davolash uchun 1-2% eritmalar, 1% yoki 5% li malham, ko‘z pardalari shaklida qo‘llaniladi. Atseklidin (Aceclidinum). A ro‘yxatida. Kukunda, 3% va 5% li ko‘zga surtiladigan malham, 1 va 2 ml dan ampulalarda 0,2% li eritma ko‘rinishida chiqariladi. Ichak qovuq, bachadon tonusini oshiradi, ko‘z doira mushaklarini qisqartiradi. Glaukomani davolash uchun 3% va 5% li ko‘z tomchilari, ko‘zga qo‘yiladigan malham ko‘rinishida qo‘llaniladi. Ко’z tomchilari kuniga 3-6 marta tayinlanadi, ta’sir qilish davomliligi 6 soat va bundan ko‘proq. Malham uxlash oldidan ko‘z qovog‘ining chetiga qo‘yiladi. Alseklidin shuningdek me’da-ichak yo‘llari va qovuqning operatsiyadan keyingi atoniyasida tayinlanadi. 0,2% li eritma holida teri ostiga 1-2 ml dan yuboriladi. Ishlatib bo‘lmaydigan hollar: bronxial astma, stenokardiya, tutqanoq, homiladorlik. Terapiya amaliyolida M-xolinomimetiklar (muxornor zamburug‘ida bo‘ladigan muskarin)dan zaharlanish hollari uchrab turadi. Zaharlanish simptomlari: qorinda spastik og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, so‘lak oqishi, ko‘p tcrlash, qorachiqlarning torayishi, bronxospazm, puls siyrakligi, arterial bosimning pasayib ketishi, og‘ir hollarda - komatoz holat, talvasa tutishi, o‘pka shishi. O‘lim nafas olishning to‘xtashi natijasida sodir bo‘ladi. Yordam medani yuvishdan, ichish uchun tuz surgi dorilari tayinlashdan, atsetilxolin antagonists - atropin yuborishdan iborat. Nafas yetishmovchiligida sun’iy nafas oldirish, oksigenoterapiya qilish zarur. O‘pka shishida yuqori nafas yo‘llaridagi sekretni burun kateteri orqali tozalanadi, siydik haydovchi dorilar (mannit, mochevina eritmasi), yurak-tomirlar dorilari (ko‘rsatmalar buyicha) yuboriladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling