Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Mioz - Qorachiq kengayishi Glaukoma


Download 0.79 Mb.
bet85/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Mioz
- Qorachiq kengayishi
Glaukoma 
- Ko’z ichki bosimi oshishi kasalligi.
Antixolinesteraza moddalar
- Xolinesteraza funksiyasini blokada qiladigan moddalar.
Bu bo‘limda efferent innervatsiya sinapslarida nerv impulslarining o‘tkazilishiga
ta’sir qiladigan dorivor moddalar ko‘zdan kechiriladi. Sinapslar - nerv-mushak
tuzilmalari bo‘lib, ularda neyronlar o‘rtasida, neyronlarning aksonlari va effektorlar
hujayralari (ijrochi organlar, tomirlar, bezlar, buyrak usti bezlarining xromaffin
to‘qimasi) o‘rtasida kontakt amalga oshiriladi. Sinapslarda nerv impulslari kimyoviy
moddalar vositasida uzatiladi. Neyroeffektlar sinapsida impuls o‘tish mexanizmi asosini
mediatorning effektor retseptorlari bilan (makromolekulalarning aktiv gruppachalari
bilan) o‘zaro ta’siri tashkil qiladi. Efferent nervlar oxirlarida hosil bo‘ladigan asosiy
mediatorial" alsetilxolin va noradrcnalin hisoblanadi.
Efferent nervlar sоmatik (harakat) va vegetativ turlarga bo‘linadi (5-rasm).
Somatik nervlar skelet mushaklarining harakat funksiyasini amalga oshiradi. Ular bir
neyronli strukturaga ega. Markaziy nerv sistemasining harakat hujayralarida
boshlanadigan aksonlar skelet mushaklarida tugallanadil Vegetativ nervlar ichki organlar,
tomirlar, bezlar funksiyasini idora qiladi. Ular ikki neyronli strukturaga ega. Birinchi
neyronlar markaziy parasimpatik nerv sistemasida joylashadi (5-rasmga q.).
Markaziy nerv sistemasidan periferik vegetativ gangliylarga yo‘naladigan aksonlar
preganglionar aksonlar deyiladi. Postganglionar aksonlar -vegetativ gangliylarning
neyronlarida boshlanadigan vegetativ nervlarning tolalaridir. U laming aksonlari
effektorlarning hujayralarida (organlar, tomirlar, bezlarning hujayralarida) tarmoqlanadi.
Preganlionar simpatik, shuningdek parasimpatik nerv tolalari oxirlarida, postganglionar
parasimpatik va somatik nervlarning oxirlarida atsetilxolin mediatori hosil bo‘ladi. Bular
xolinergik tolalar deyiladi. Postganglionar simpatik tolalarning oxirlarida noradrenalin
mediator hosil bo‘ladi. Bular adrenergik tolalar nomini olgan. Mediatorial fermentlardan:
atsetilxolin atsetilxolinesterazadan, noradrenalin - monoaminooksidazadan va katexol-O-
metiltransferaza (KOMT)dan tez parchalanadi.
Effektorlarning retseptorlari ularning mediatorlar bilan o‘zaro ta’siriga muvofiq
holda xolinoretseptorlar yoki adrenoretseptorlar deyiladi (5-rasm).
Efferent innervatsiyaga ta’sir qiladigan dorivor moddalar ikki gruppaga bo‘linadi:
a) xolinergik sinapslarda qo‘zg‘alish o‘tishiga ta’sir qiladigan moddalar; b) adrenergik
sinapslarda qo‘zg‘alish o‘tishiga ta’sir qiladigan moddalar.





Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling