Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan
Download 0.79 Mb.
|
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tozalangan terpentin moyi
- Gorchichniklar
Ammiak eritmasi
(Solutio ammonii caustici)-nashatir spirt shisha ballonlarda yoki tiqini yaxshilab bekitiladigan shishachalarda va ampulalarda 1 ml dan chiqariladi. Yuqori nafas yo‘llari retseptorlarini qo‘zg‘atib, nafas markazini reflektor yaxshilaydi. Behushlik holatida nafasni qo‘zg‘atish uchun qo‘llaniladi. Buning uchun nashatir spirtga ho‘llangan paxta bo‘lakchasini burun teshiklariga yaqinlashtiriladi. Ba’zan alkogoldan zaharlanishda 100 ml suvga 5-10 tomchidan qo‘zg‘atuvchi vosita sifatida ichishga tayinlanadi. Xirurgiya amalivotida jarrox qo‘lini Spasokukotskiy va Kochergiv metodi bo‘yicha yuvish uchun ishlatiladi (nashatir spirt mikrobga qarshi ta’sir ko‘rsatadi). Rp.: Sol. Ammonii Caustic! 50 ml D.S.Hushdan kctishda nashatir spirtga ho‘llangan paxtani burunga yaqinlashtirilsin. Tozalangan terpentin moyi (Oleum Terebinthinae rectificatum). Sinonimi: skipidar. Flakonlarda 50 ml dan va 20% li malham ko‘rinishida chiqariladi. Teriga osonlikcha kirib, sezuvchan nerv oxidarini ta’sirlantiradi. 20 % li malham va 40-50 % li linimentlar ko‘rinishida surtish uchun sirtga, shuningdek skipidar vannalar holida (balneologiyada) qo‘llaniladi, jigar va buyrak kasalliklarida ishlatib bo‘lmaydi. Rp.: Ol.Terebinthinae rectificati 20 ml D. S. Bir stakan qaynab turgan suvga 10-15 tomchidan ingalyatsiyalar uchun. Gorchichniklar (Charta Sinapis) yog‘sizlantirilgan qora xantal unidan tayyorlangan kukun surtilgan qog‘oz varaqlaridan iborat. Ularni iliq (laxminan 40° C) suvda ho‘Ilanadi. Bunda iliq suvda (sovuq yoki issiq suvda emas) fermentativ reaksiya natijasida ta’sir qiladigan modda - achishtiruvchi xossasini vujudga keltiradigan xantal efir moyi hosil bo‘ladi. Nafas organlari kasalliklarida, stenokardiyada (yurak sohasiga), mushaklar va nervlar yallig‘langanda qo‘llaniladi. Gorchichniklar teriga 5-15 minut achishish sezgisi paydo bo‘lgunicha va teri yuzasi qip-qizarguncha qo‘yiladi. Kamfora (Camphora). Kukun qilib maydalangan kamfora, moydagi 20 % li eritmasi 1-2 ml dan solingan ampulalar, o‘rovida 10 dona; sirtga ishlatish uchun 30 ml dan flakonlarda chiqariladigan 10% li kamfora moyi (Oleum camphoratum ad usum externum); 80 va 40 ml dan chiqariladigan kamfora spirt (Spiritus camphoratum). O‘tkir va surunkali yurak yetishmovchiligi, gipotonia, kollaps, infeksion kasalliklar, pnevmonia, yiringli plevritda, narkotiklar bilan, uxlatadigan dorilar bilan zaharlanishda qon aylanishining izdan chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik va bunga davo qilish uchun ham qo‘llaniladi. Moydagi 20 % li eritmasi 1-5 ml dan teri ostiga yuboriladi; maydalangan kamfora 0,1-0,2 g dan ichiladi. Revmatizm, artritlar va boshqalarda 10 % li kamfora moyi ko‘dnishida sirtga iylash uchun; kamfora spirt (1 qism kamfora, 7 qism etil spirt va 1 qism suv) badanga iylash va yotoq yaralarning oldini olish uchun ishlatiladi, Nojo‘ya ta’siri: preparat tomirlar yo‘liga tushib qolib moy emboliyalari paydo bo‘lishi mumkin. Ba’zan badanga eshakcm, skarlatinasimon toshma toshishi, odam besaronjomlanib, alahlashi, talvasaga tushishi mumkin. Ishlatishga yo‘l qo‘ymaydigan moneliklari. O‘tkir endokarditlarda, yirik tomirlar anevrizmasida bu preparat ehtiyotlik bilan ishlatiladi. Kapsin (Capsinum). Flakonlarda 50 ml dan chiqariladi. Radikulitlarda, nevtitlar, miozitlar, armtlarda badan sirtiga iylash uchun qo‘llaniladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling