Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet79/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Moychechak gullari 
( Mores Chamomillae ). 100 g dan joylangan holda
chiqariladi.
Ichak spazmlarida, ich dam bo‘lib yel yurishmaganida, ich ketar paytida damlama
( 10,0:200,0 ) yoki qaynatma (1 stakan qaynab turgan suvga 1 osh qoshiq gul)
ko‘rinishida 1-5 osh qoshiqdan kuniga 2-3 mahal ichiladi. Chayish va klizmalar qo‘yish
uchun sirtga ishlatiladi.
Eman po‘stlog‘i 
(Cortex Quercus). 10 g danjoylab chiqariladi.
Og‘iz bo‘shlig‘i, tomoq, halqumning yallig‘lanish kasalliklarida, gingivitlar,
stomatitlarda kuniga 6-8 martadan chayqash uchun 20,0:200,0 nisbatdagi qaynatma
ko‘rinishida ishlatiladi.
Anorganik burishtiruvchi moddalarga kseroform, dermatol, vismut (III)-nitrat
kiradi.
Kseroform 
(Xeroformium). Kukun. Asosiy vismut tribromfenolyat bilan vismut
oksid.
Teri va shilliq pardalar kasalliklarida kukunlar, sepmalar tarkibida burishtiradigan,
yallig‘lanihsga qarshi, antiseptik vosita tariqasida qo‘llaniladi.
Dermatol 
(Dermatolum). Kukun. Asosiy vismut gallat.
Bujmaytiradigan, antiseptik va quritadigan vosita tariqasida teri shilliq
pardalarining yallig‘lanish kasalliklari ( yaralar, ekzemalar, dermatitlar ) da sepma,
malham, shamlar ko‘rinishida ishlatiladi.
Vismut (3)-nitrat 
(Bismuth! subnitras). Kukun va tabletkalar ko‘rinishida 0,25 va
0,5 g dan chiqariladi.
Me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligida, kolitlar enteritlarda 0,25-0,5
g dan kuniga 2-3 marta ichishga, terining yallig‘lanish kasalliklarida prisipka (sepma
dori) va 5-10% li malhamlar holida sirtdan ishlatishga tayinlanadi. Me’da va o‘n ikki
barmoq ichakning yara kasalligida ishlatiladigan «Vikalin», «Vikair» tablctkalari
tarkibiga kiradi.




Vikalin 
(Vicalinum). Bujmaytiruvchi, kislotalarga qarshi va o‘rtacha darajada
surgi ta’sir ko‘rsatadi. 100 donadan o‘rog‘lik holda chiqariladigan tabletkalar.
Me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligida, giperatsid gastritlarda
ishlatiladi.
Ovqatdan keyin 1-2 stakan issiq suv bilan 1-2 tabletkadan kuniga 3 mahal ichiladi.
Nojo‘ya ra’siri: Ba’zan tez-tez ich kelib turishi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling