Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Anesteziya qiladigan (mahalliy anesteziya qiladigan) moddalar


Download 0.79 Mb.
bet75/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Anesteziya qiladigan (mahalliy anesteziya qiladigan) moddalar
Anesteziya (anaesthaesia - sezmaslik) -sezuvchanlikni yo‘qotishdir.
M a h a l l i у anesteziya qiladigan vositalar-sezuvchan retseptorlarni (avval og‘riq
relseptorlarini, so‘ngra esa hid bilish, tam sezish, temperaturaviy, taktil) vaqtinchalik
qaytar blokada qiladigan va nerv tolalari bo‘ylab qo‘zg‘alish o‘tishini buzadigan dorivor
moddalardir, ya’ni nerv impulslarining sezuvchan retseptorlardan markaziy nerv
o‘tkazilishi o‘zgaradi. Mahalliy anestetiklar aralash nervga ta’sir qilganda birinchi
navbatda impulslarning sezuvchan nerv tolalari bo‘ylab o‘tishini buzadi.
Xirurgiya amaliyotida qo‘llaniladi. Mahalliy og‘riqsizlantirish usullariga ko‘ra
mahalliy anesteziyaning bir necha turlari farq qilinadi.
Y u z a (t e r m i n a l) a n с s t e z i у а - anesteziya qiladigan moddani shilliq
parda yoki jarohat yuzasiga tushirishdir. Bunda sezuvchan nervlarning oxirlari blokada
qilinadi va preparat tushirilgan to‘qimalar sohasining sezuvchanligi yo‘qoladi.
O‘ t k a z u v ch a n (r e g i о n a r) anesteziyaga nerv o‘zagini o‘rab turgan
to‘qimaga anestetik kiritish yo‘li bilan erishiladi. Bunda sezuvchan nerv tolalari bo‘ylab
qo‘zg‘alish o‘tkazilishi blokada qilinadi (to‘xtatiladi) va blokada qilingan nervlar
innervatsiyalaydigan to‘qimalarning sezuvchanligi buziladi.


Orqa m i у a anesteziyasi- o‘tkazuvchan anesteziyaning bir turidir. Anestetik


eritma III va IV bel umurtqalari orasiga subaraxnoidal yuboriladi. Natijada oyoqlar va
chanoq organlari sohasidagi sezuvchanlik bartaraf qilinadi.
I n f i l t r a t s i о n anesteziya xirurgik aralashuv o‘tkazilgan sohada anestetik
eritmani to‘qimalarga qavatma-qavat shimdirilganda sodir bo‘ladi. Bunda sezuvchan
nervlarning oxirlari va nerv tolalari blokada qilinadi. Mahalliy anesteziya qiladigan
vositalarning ko‘pchiligi qisqa muddatli ta’sir ko‘rsatadi. So‘rilishni chegaralash
maqsadida uning eritmalariga adrenalinlash va ta’sirini uzaytirish maqsadida ularning
steril eritmalariga tomirlarni toraytiradigan modda - adrenalin qo‘shiladi.
Dastlabki mahalliy anesteziya qiladigan vosita-kokain tropik o‘simligi
Erythroxylonning alkaloidi bo‘lgan. Kokainning farmakologik ta’sirini rus olimi
V.Q.Anrep o‘rgangan. Uning o‘zi 1879 yilda kokainni mahalliy og‘riqsizlantirish uchun
tavsiya qilgan. 1884 yilda bizning boshqa bir vatandoshimiz I. N. Katsaurov uni birinchi
marta ko‘z operatsiyasida ishlatgan.
Toksikligi yuqori bo‘lgani uchun kokain gidroxlorid faqat yuza anesteziya qilish
uchun ishlatiladi.
Meditsina praktikasida kokaindan tashqari, novokain, dikain, anestezin, ksikain,
trimekain qo‘llaniladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling