Novokain (Novocainum).
В ro‘yxatida. Kukun holida 0,25% va 0,5% li
konsentratsiyadagi eritmalar ko‘rinishida ampulalarda 1, 2, 5, 10, 20 ml dan, shuningdek
1% va 2% li eritmalarda ampulalarda 1, 2, 5 ml dan, shamchalarda 0,1 g dan, 5% va 10%
malhamlar ko‘rinishida chiqariladi.
Yetarlicha anesteziya qiladigan aktivlikka va nisbatan kam toksinlikka ega.
Mahalliy anesteziya qiladigan novokain eritmalariga adrenalin eritmasini qo‘shish
so‘rilishini susaytiradi va preparat ta’sirini uzaytiradi. Novokain, ayniqsa bronxlarga
spazmolitik ta’sir qiladi, yurak mushagi qo‘zg‘aluvchanligini pasaytiradi. Venaga
yuborilganda analgeziya qiladigan va shokka qarshi ta’sir ko‘rsatadigan xossasini
namoyon qiladi.
Infiltratsion anesteziya uchun izotonik 0,9% li natriy xlorid eritmasida
tayyorlangan 0,25% li va 0,5% li steril eritma ko‘rinishida qo‘llaniladi.
O‘tkazuvchan anesteziya uchun 1-2% li eritmalari, orqa miya anesteziyasi uchun
5% li eritmasidan foydalaniladi.
Yuza anesteziya uchun juda kamdan-kam (otorinolarinogologiyada 10% li eritma
ko‘rinishida) qo‘llaniladi, chunki u shikastlanmagan shilliq pardalar orqali sekin
kiradi.Yuza anesteziya uchun sirtdan 5 % li va 10 % li malhidan foydalaniladi.
Dikain
(Dicainum). A ro‘yxatida. Kukunda chiqariladi. Novokaindan farqli
ravishda shilliq parda orqali yaxshi so‘riladi. Ko‘z shilliq pardasini 0,25 % - 2 % li
eritmalar ko‘rinishida va otorinolaringologiyada 0,5-1 % li eritmalar ko‘rinishida yuza
anesteziya qilish uchun qo‘llaniladi. So‘rilishini pasaytirish maqsadida uning
eritmalariga adrenalin eritmasi qo‘shiladi. Shilliq pardalar orqali yaxshi so‘rilish
zaharlanish hodisalarini vujudga keltirib, o‘lim bilan yakunlanishi mumkin.
Anesteziyaning boshqa turlari uchun dikainni yuqori toksinli xossasi bo‘lganligidan
odatda qo‘llanilmaydi.
Yuza anesteziya uchun bir martalik yuqori dozasi 0,09 g.
Do'stlaringiz bilan baham: |