me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligida, me’da-ichak yo‘llarining spastik
holatlarida va qusishda ichish uchun, orqa chiqaruv yo‘li sohalarida,
qichishish paydo
bo‘lganda, bavosilda, 0,05-0,1 g dan rektal qo‘llaniladi.
Lidokain
(I.idocainum). В ro‘yxatida . 10 % li eritma 2 ml dan ampulalarda
chiqariladi. Ayniqsa miokard infarktining o‘tkir davridagi qorinchalar ckstrasistoliasi va
taxikardiya, shuningdek angishvonagul preparatlaridan zaharlanish tufayli paydo bo‘lgan
ekstrasistoliasi va taxikardiyalarda qo‘llaniladi.
Bu preparat faqat muskullar orasiga yuborib ishlatiladi.Umumiy dozasi 300 mg
dan ortmasligi kerak.
Ishlatishga yo‘l qo‘ymaydigan moneliklar: Jigar funksiyalarining o‘g‘ir darajada
izdan chiqqanligi.
Nojo‘ya ta’siri: Bosh o‘g‘rig‘i, bosh
aylanishi, uyquchanlik kuzatilishi mumkin.
Trimekain
(Trimecainum). В ro‘yxatida. Kukun va eritmalarda: 0,25% li
konsentratsiyalari 10
ml dan ampulalarda, 0,5%-2,5 va 10 ml dan ampulalarda, 1% - 1 va
2 ml dan ampulalarda, 2%-5 va 10 ml dan ampulalarda, 5% li konsentratsiyalari 1 va 2
ml dan ampulalarda chiqariladi. Infiltratsion anesteziya uchun 0,125% - 0,25% va 0,5%
eritmalar holida o‘tkazuvchan anesteziya uchun 2% eritma holida qo‘llaniladi. Trimekain
eritmasiga adrenalin eritmasi qo‘shiladi.
Sovkain
(Sovcainum). В ro‘yxatida. Kukunda, 0,5% va 1%
li eritma holida
ampulalarda 1 ml dan chiqariladi. Novokainga nisbatan toksinligi kuchli. Uzoq muddat
ta’sir qilishi sovkainning katta afzalligi hisoblanadi. Shuning uchun uni asosan orqa miya
anesteziyasi uchun qo‘llaniladi.
Sovkain qon tomirlarni kengaytiradi. buning natijasida u arterial bosimni,
hatto
kollapsgacha tushirib yuborishi mumkin. Bu xavfli asoratning oldini olish uchun sovkain
qo‘llanishdan oldin teri ostiga 5% li efedrin gidroxlorid erilmasidan 1 ml yuboriladi.
Orqa miya kanaliga bir martalik yuqori dozasi 0,01 g.
Do'stlaringiz bilan baham: