retseptorlarini ta’sirlantiradi, peristaltikani kuchaytiradi, ichakning bo‘shalishiga imkon
beradi).
Dorivor vositalarning bu gruppalari quyiroqda tegishli bo‘limlarda tasvirlangan.
Nazorat so’rov savollari
1.
Afferent innervatsiyaga ta’siri bo‘yicha
anesteziya qiladigan, burishtiradigan va
o‘rab
oladigan, achishtiradigan moddalar o‘rtasida qanday farq bor?
2.
Mahalliy anestetiklarni qo‘llanishiga qanday ko‘rsatmalar mavjud?
3.
Mahalliy anestetiklar gruppasidan qanday moddalar infiltratsion anesteziya
uchun qo‘llaniladi?
4.
Bemorga
sovkain yuborilgan, biroq bundan oldin efedrin kiritilmagan.
Sovkainning qanday salbiy ta’siri yuzaga chiqishini kutish lozim?
5.
Dikain anesteziyaning qanday turlarida qo‘llaniladi?
6.
Qanday anestetik o‘tkazuvchi anesteziya uchun qo‘llanilishi mumkin?
7.
Tanninning burishtiruvchi ta’sir prinsipi nimaga asoslangan?
8.
Bemorga kuchli ta’sirlantiradigan xloralgidrat eritmasini klizma qilish
tayinlangan. Ichak shilliq pardasini ta’sirlanishidan himoya qilish uchun
bu eritmaga
qanday modda qo‘shish zarur?
9. Sizga ma’lum ta’sirlantiradigan vositalardan qaysi biri nafas markazini
qo‘zg‘atadi? U qanday qo‘llaniladi?
10.Gorchichniklar ta’sirining foydasi nima bilan ifodalanadi?
Ular qanday va
qaysi kasalliklarda qo‘llaniladi?
Do'stlaringiz bilan baham: