Xolinergik sinapslarda qo‘zg‘alish o‘tishiga ta’sir qiladiga moddalar.
Bu gruppaga xolinoretseptorlarga va atsetilxolinesterazaga ta’sir qiladigan dorivor
moddalar kiradi. Bu moddalar xolinorelseptorlarni qo‘zg‘atishi (xolinomimetiklar) yoki
ularni susaytirishi (xolinoblokatorlar), atsetilxolin mediatorining atsetilxolinesterazadan
inaktivatsiyalanishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin (atsetilxolinesteraz vositalar).
Xolinergik nervlar sinapslarida qo‘zg‘aiishning o‘tishi atsetilxolin mediatori
vositasi bilan amalga oshiriladi. Atsetilxolin nerv oxirlarida sintez qilinadi va keladigan
nerv impulsi ta’siri ostida ulardan ozod bo‘ladi, presinaptik membrana orqali sinaps
yorig‘iga kiradi va hujayra postsinaptik
membranasi xolinoretseptorlari bilan o‘zaro aloqaga kirishadi (6-rasm). Tinch turganda
membrana polyarizatsiya (qutblanish) hojatida, ya’ni ichki yuzasi manfiy zaryadlangan,
tashqi yuzasi esa musbat zaryadlangan bo‘ladi. Uning yuzasida potensiallar ayirmasi -
tinchlik potensiali vujudga keladi.
Atsetilxolin bilan o‘zaro ta’sir tufayli membrananing ion o‘tkazuvchanligi
o‘zgaradi. Ta’sir potensiali sodir bo‘ladi. Qo‘zgalish butun hujayraga tarqaladi. Keyin
atsetilxolin postsinaptik membrananing tashqi yuzasida bo‘lgan atsetilxolinesterazadan
parchalanadi. Repolyariz atsiya fazasi yuz beradi. Yuza zaryadlar tiklanadi va hujayra
yangi impulsni qabul qilishga tayyor bo‘ladi.
Atsetilxolinning ta’sirlantiradigan ta’sirini qabul qiladigan xolinoretseptorlarning
ayrim zaharlar ta’siriga turlicha munosabatda bo‘lishi aniqlangan. Muskarin zahariga
(muxomor zamburug‘i alkaloidi) sezuvchan xolinoretseptorlar M-xolinoretseptorlar
deyiladi. Nikotin zahari (tamaki barglari alkaloidi) ta’siriga sezuvchan xolinoretseptorlar
N-xolinoretseptorlar deyiladi. M-xolinoretseptorlar markaziy nerv sistema sinapslarida,
sekretor hujayralarda, silliq mushaklarning tolalarida, yurak mushagida va boshqalarda
joylashgan. N-xolinoretseptorlar markaziy nerv sistemasi sinapslarida, gangliylarda,
karotid tugunchalarda, gipofizning orqa bo‘lagida, buyrak usti bezining mag‘iz
qatlamida, skelet mushaklarida bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |