Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet94/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Benzogeksoniy 
(Benzohexonium). В ro‘yxatida. Tabletkalarda 0,1 g dan 2 % li
erilma holida va ampulalarda 1 ml dan.
Gipertoniya kasalligi, endarteriit, me’daning yara kasalligi, bronxial astmaning
ayrim formalarida qo‘llaniladi. Ichishga tabletkalarda 0,1 g dan sutkasiga 3-6 marla, teri
ostiga va mushak orasiga 2 % li eritma holida sutkasiga 1-1,5 ml dan tayinlanadi.
Gigroniy 
(Hygronium). Ta’siri qisqa davom eladigan ganglioblokator. Kukuni 10
ml li ampulalarda 0,1 g dan chiqariladi, o‘rovida 10 dona bo‘ladi.
Sun’iy gipotoniya yuzaga keltirish uchun anesteziologiyada ishlatiladi. 0,1 % li
eritmasi izotonik natriy xlorid eritmasida yoki 5 % li glyukoza eritmasida venadan
yuboriladi .
Nojo‘ya ta’siri. Qon bosimini birdan pasaylirib yuboradi.
- Pirilen 
(Pirilenum).
Ganglioblokator. 0,005 g dan tabletkalar, o‘rovida 20 dona.
Gipertoniya kasalligi, gipertonik ensefalopatiya, periferik tomirlar spazmi, me’da
va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, homiladorlar toksikozida ishlatiladi. 0,0025-
0,005 g dan kuniga 3-4 mahal ichiladi.
Bir martalik eng yuqori dozasi 0,01 g, kundalik dozasi 0,03 g.
Nojo‘ya ta’siri. Ich qotib qolishi, dam bo‘lishi mumkin.
Ishlatishga yo‘l qo‘ymaydigan moneliklar. Glaukoma, jigar va buyrak funksiyasi
buzilgani, sezilarli darajadagi ateroskleroz, me’da va ichak atoniyasi.
Pentamin 
(Pcntaminum). В ro‘yxatida. 5 % li eritmasi 1 ml dan ampulalarda
chiqariladi, o‘rovida 10 dona. Faol ganglioblokator.
Giperloniya kasalligi ( 1-11 bosqichlari ) va krizlari, periferik tomirlar, ichak va
o‘t yo‘llari spazmlari, buyrak sanchig‘i, bronxial astma xurujlari.
5 % li eritmasi kuniga 2-3 marla 0,5-3 ml miqdorida muskullar orasiga yuboriladi.
1 martalik eng yuqori miqdori 5 % li eritmasidan 3 ml, kundalik miqdori 5 % li
eritmasidan 9 ml.
Nojo‘ya ta’siri. Umumiy darmonsizlik, bosh aylanishi, katta miqdorlarda ortostatik
kollaps, og‘iz qurib turishi, qovuq atoniyasiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ishlatishga yo‘l qo‘ymaydigan moneliklar. Gipotoniya, jigar, buyrakning og‘ir
parenximaloz kasalliklari, markaziy nerv sistemasidagi degenerativ o‘zgarishiar,
tromboflebitlar.




Kvateron 
( Quateronum ). В ro‘yxatida. Faol ganglioblokator. Kukun, 0,02 g li
tabletkalar, o‘rovida 50 dona.
Gipertoniya kasalligi, endarteriit, me’daning yara kasalligi, bronxial astmaning
ayrim shakllarida qo‘Ilaniladi, shuningdek stenokardiya xurujlarining oldini olish uchun
ham ishlatiladi. Ovqatdan keyin 0,02-0,04 g dan kuniga 3-5 mahal ichish uchun
buyuriladi. Katta yoshli odamlar uchun bir martalik eng yuqori miqdori 0,05 g, kundalik
miqdori 0,2 g.
Nojo‘ya ta’siri. Umumiy darmonsizlik, bosh aylanishi, katta miqdorlarda
ortostatik kollaps, og‘iz qurib turishi, qovuq atoniyasiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ishlatishga yo‘l qo‘ymaydigan moneliklar. Gipotoniya, jigar, buyrakning og‘ir
parenximatoz kasalliklari, markaziy nerv sistemasidagi degenerativ o‘zgarishiar,
tromboflebitlar.
Temexin 
( Temechinum ). В ro‘yxatida. 50 donadan o‘ralgan 0,001 g li
tabletkalar.
Ancha kuchli ganglioblokator, gipotenziv ta’siri ham bor.
Gipertoniya kasalligi va krizlari, perifcrik tomirlarning spazmlari, me’da va o‘n
ikki barmoq ichak yara kasalliklarida ishlatiladi.
Kuniga 2-4 mahal 0,001 g dan ovqatdan keyin ichiladi.
Nojo‘ya ta’siri va ishlatishga yo‘l qo‘ymaydigan moneliklari gangliyalarni
bloklovchi boshqa vositalar bilan bir xil.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling