Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet90/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Galantamin gidrobromid 
(Galantamini hydrobromidum). Sin: Nivalin. 0,5 % li
eritmasi 1 ml dan solingan ampulalarda , o‘rovida 10 tadan chiqariladi.
Miastcniya, miopatiya, nevritlar tufayli sezgi va harakat funksiyalarining buzilish;
zaruriyat bo‘lganida anesteziya mahalida ishlatiladigan miorelaksantlar ta’sirini
qirquvchi ziddi zahar, ya’ni antidot modda tariqasida qo‘llaniladi va hokazo.
0,5 % li eritmasi 1 ml dan kuniga 2-3 mahal teri ostiga yuborib turiladi; bolalarga
0,25 % li eritmasi yoshiga qarab 0,1-0,7 ml miqdorida buyuriladi;
antidot tariqasida venaga yuboriladi (15-25 mg miqdorida).
Nojo‘ya ta’siri. Dozasi oshirib yuborilganda og‘izdan so‘lak oqib, bosh aylanishi,
bradikardiya boshlanishi mumkin.
Ishlatishga yo‘l qo‘ymaydigan moneliklar. Qo‘yonchiq (epilepsiya), giperkinezlar,
stenokardiva, bradikardiya, bronxial astma.
Retseptlarga misollar.
Rp.: Sol. Proserini 0,05% - 1 ml


D.t.d. N. 6 in ampull.


S. 1 ml dan teri ostiga kuniga 1-2 marta.
Rp.: Proserini 0,015
D.t.d. N. 20 in tab.
S. 1 tabletkadan kuniga 2 matta ovqatdan oldin yoki keyin.

Xolinni blokada qiladigan moddalar.
Bu gruppaga xolinoretseptorlarni blokada qiladigan va ularning atsetilxolin
mediatori bilan o‘zaro ta’sirini buzadigan dorivor moddalar kiradi.
M-xolinni blokada qiladigan moddalar. 
M-xolinni
blokada
qiladigan
moddalar
atsetilxolin
mediatorining
M-
xolinoretseptorlar bilan o‘zaro ta’sirini susaytiradi yoki unga yo‘l qo‘ymaydi (8-rasmga
q.). Retseptorlarni blokada qilib, ular effektorlarning xolinergik innervatsiyasini
pasaytiradi yoki mutlaqo yo‘q qiladi. Ularni qo‘llanish atsetilxolin, muskarinomimetik va
antixolinesteraza moddalarining ta’siriga qarama-qarshi effektlarni keltirib chiqaradi. Bu
gruppaning tipik vakillari atropin va atropinsimon vositalar (platifillin, skopolamin va b.)
hisoblanadi. M-xolinoblokatorlarning organizmga ta’siri ko‘z mushaklari tonusining
pasayishidan yuzaga chiqadi. Bu qorachiqlarninng kengayishiga (midriaz), ko‘z ichi
bosimining oshishiga, akkomodatsiya falajiga (ko‘rish olis masofaga yo‘naladi) olib
keladi. M-xolinoblokatorlar so‘lak, hazm, ko‘z yoshi, bronxial va ter bezlarining sekretor
funksiyasini pasaytirib yoki to‘xtatib burun, og‘iz bo‘shlig‘i, hiqildoq shilliq pardalarini,
teri qoplamlarini quruq qilib qo‘yadi, yurak qisqarishlari ritmini tezlashtiradi
(taxikardiya). Spazmolitik ta’sirni keltirib chiqaradi: bronxlar, me’da-ichak yo‘llari, o‘t
yo‘llari, o‘t qopchasi, siydik yo‘llari, qovuqning silliq mushaklari tonusini pasaytiradi.
M-xolinoblokatorlar markaziy nerv sistemasi sinapslarida xolinni blokada qilish ta’sirini
yuzaga chiqaradi. Shu tariqa ular Parkinson kasalligida harakat buzilishlari ro‘y bergan
taqdirda shifobaxsh ta’sir ko‘rsatadi. Atropinning katta dozalari bosh miya po‘stlog‘iga
qo‘zg‘atuvchi ta’sir qiladi, bu hoi nutq va harakat qo‘zg‘alishiga, talvasalarga sabab
bo‘ladi. Skopolamin va platifillin markaziy nerv sistemasini susaytiradi.
M-xolinoblokatorlarning dozasini oshirib yuborish og‘iz qurishiga, yurakning tez
urishiga, qorachiqlarning kengayishiga, bosh aylanishiga sabab bo‘ladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling