Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet92/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Quyuq belladonna ekstrakti 
(Extractum Belladonnae spissum). В ro‘yxatida.
Ichishga pilyula, kukun, miksluralarda, rektal suppozitoriylarda 0,01-0,02 g dan
tayinlanadi.
Krasavka (belladonna) nastoykasi 
(Tinctura Belladonnae). В ro‘yxatida.
Ichishga bir qabulga 5-10 tomchidan. Zelenin tomchilari tarkibiga kiradi.
Quruq belladonna ekstrakti 
(Extractum Belladonnae siccum). В ro‘yxatida.
Belladonnaning suyuq ekstraktiga nisbatan ta’sir etadigan boshlang‘ich qismlari
(alkaloidlari) kam, shuning uchun uni quyuq ekstraktga nisbatan ikki baravar ko‘p
miqdorda qo‘llaniladi.
Belladonnaning nastoykasi va ekstrakti farmakologik ta’siri bo‘yicha atropinga
o‘xshash, biroq bu preparatlarda bo‘ladigan skopolamin hisobiga markaziy nerv
sistemasiga bir qadar tinchlantiruvchi ta’sir kursatadi.
Me’daning yara kasalligida, o‘tkir gastritda, ichak, buyrak va jigar sanchigida,
bavosil, orqa chiqaruv yo‘li yorilganda, bronxial astmada boshqa moddalar bilan birga
qo‘llaniladi.
Glaukomada qo‘llash mumkin emas.
«Aeron» tabletkalari 
(tabulettae «Acronum»). В ro‘yxatida. Tabletkalar tarkibiga
M-xolinolitiklar: skopolamin kamforat (0.001 g) va giostsiamin kamforat (0,0004 g)
kiradi.
Dengiz va uchish kasalligini profilaktika qilish va davolash uchun yo‘lga
chiqishdan 30-60 minut oldin 1-2 labletkadan qo‘llaniladi. Zarurat bo‘lganda «Aеrоn»
tabletkalarini ichishni 6 soat o‘tgach takrorlanadi.
Ishlatib bo‘lmaydigan hollar atropinni qo‘llashdagi kabidir.




Platifillin gidrotartrat 
(Platyphyllini hydrotartras). A ro‘yxatida. Keng yaproqli
sariqtosh o‘simligida bo‘ladigan alkaloid.
Kukunda, tabletkalarda 0,005 g dan va 0,2% li eritma holida ampulalarda 3 ml dan
chiqariladi.
Vegetativ nerv sistemasiga ta’siri bo‘yicha atropinga o‘xshash, biroq bezlar
sekrelsiyasiga va yurak qisqarishlari soniga kamroq darajada ta’sir qiladi. Ko‘zga ta’siri
atropindan farqli ravishda qisqa muddalli (alropin 6-7 sutka, platifillin 5-6 soat),
akkomodatsiyaga va ko‘z ichi bosimiga ta’siri kam. Markaziy nerv sistemasiga
tinchlantiruvchi ta’sir qiladi.
Me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligida, gipertoniya kasalligida,
miya tomirlari spazmida, bronxial astmada va qorin bo‘shlig‘i organlarining mushaklari
spazmida qo‘llaniladi.
Ichishga 0,003-0,005 g dan va 0,5% li eritmasi 10-15 tomchidan kuniga 2-3 marta,
leri ostiga -0,2 % li eritma holida 102 ml dan, rektal suppozitoriylar 0,01 g dan kuniga 2
marta tayinlanadi. Ko‘z kasalliklari amaliyotida 1% va 2% li eritmalari qo‘llaniladi.
Glaukomada ishlatish mumkin emas.
Yuqori bir martalik dozasi: 0.01 g (0,03 g).
Metatsin 
(Methacinum). 0,002 g li tabletkalar, o‘rovida 10 dona, 0,1 % li eritmasi
1 ml dan solingan ampulalar, o‘rovida 10 donadan chiqariladi.
Silliq muskullarning tortishib lurishi bilan birga davom etadigan kasalliklar
(mc’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, surunkali gastrit, jigar va buyrak
sanchiqlari va boshqalar); anesteziologiyada so‘lak bezlari bilan bronx bezlarining
sckretsiyasini kamaytirish uchun qo‘llaniladi.
0,00-0,004 g dan kuniga 2-3 mahal ichiladi, 0,1 % li eritmasi 0,5-2 ml dan
parenteral yo‘l bilan yuboriladi.
Katta yoshli odamlarning ichishi uchun bir martalik eng yuqori dozasi 0,005 g,
kundalik dozasi 0,015 g, parenteral yo‘l bilan ishlatish uchun bir martalik dozasi 0,006 g.
Nojo‘ya ta’siri: Dozasi oshirib yuborilganda og‘iz qurib, ich qotadi, peshob
qiyinlashib qoladi.
Ishlatishga yo‘l qo‘ymaydigan moneliklar. Glaukoma, ya’ni ko‘ksuv kasalligi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling