Naftizin
(Nafthyzinum). В ro‘yxatida. 0,05% va 0,1% li eritma ko‘rinishida
flakonlarda 10 ml dan chiqariladi. CHSSRdan 0,1% li emulsiya shaklida flakonlarda 10
ml dan «Sanorin» nomi bilan keltiriladi.
Mahalliy lomir toraytiruvchi va antiallergik ta’sir ko‘rsatadi. Tomirlarga ta’siri
noradrcnalin va mezatonga qaraganda uzoqroq davom qiladi. Rinit va gaymoritlarda
qo‘llaniladi (1-2 tomchidan burun yo‘llariga kuniga 2-4 marta, allergik
kon’yunktivitlarda 1-2 tomchidan 0,05% li eritmasi kiritiladi). Burundan qon oqishini
to‘xtatish uchun tamponni 0,05%
li eritmasida ho‘llanadi va burun yo‘liga kiritiladi.
Qo‘shimcha ta’siri: bosh og‘rishi va yurakning tez urishida (taxikardiya) yuzaga
chiqadi.
Ishlatib bo‘lmaydigan hollar: arterial gipertoniya va ateroskleroz.
Asosan β-adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atadigan moddalarga izadrin kiradi (9-
rasmga q).
Izadrin
(Isadrinum). В ro‘yxatida (Novodrin, Euspiran, Izoprenalin gidroxlorid).
Tabletkalarda 0,005 g dan va 0,5-1% li eritmalar holida flakonlarda 20-25 ml dan
chiqariladi. β-adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atadi, buning natijasida yurak mushagi
qisqarishlarini
tczlashtiradi
va
kuchaytiradi,
yurakning
atrioventrikulyar
o‘tkazuvchanligini osonlashtiradi (sistolik bosim oshadi). Tomirlarni, ayniqsa skelet
mushaklarini kengaytiradi, bu diastolik arterial bosimning pasayishiga olib keladi.
Bronxlar tonusini anchagina pasaytiradi. Shuningdek boshqa organlar silliq
muskulaturasi tonusini pasaytiradi.
Bronxlarni kengaytiradigan vosita sifatida bronxial astma xurujlarini to‘xtatish
uchun va bronxlarning yomon o‘tkazuvchanligi bilan o‘tadigan kasalliklarda,
bronxografiy va bronxoskopiyada 0,5-1% li eritmalar holida ingalyatsiyalar uchun,
atrioventrikulyar blokadada 0,0025- 0,005 g dan sublingval (til ostiga) to‘liq so‘rilib
bo‘lguncha qo‘llaniladi.
Qo‘shimcha hodisalar: og‘iz qurishi, ko‘ngil aynishi, yurakning tez urishi
(taxikardiya), tremor (mushaklarning titrashi).
Astmopent
(Astmopent). Sin: Alupent. В ro‘yxatida. Aerozol uchun 1,5 % li
eritmasi 20 ml dan qilib chiqariladi. β-adrenoretseptorlarni jonlantiradigan modda.
Bronxlarni tanlab turib sezilarli darajada kengaytiradigan ta’siri bor. Bronxial astma
xurujlarini bartaraf etish uchun atrioventrikulyar blokada paytida ishlatiladi.
Astma xuruj qilib turgan paytda aerozol ko‘rinishidagi preparat 1-2 marta nafasga
olinadi.
Nojo‘ya ta’siri. Og‘iz qurib, ko‘ngil aynib turishi mumkin, venadan yuborilganda
arterial bosim pasayishi mumkin.
0,05 % li eritmasi 1 ml li ampulalarda
alupent
nomi bilan Yugoslaviyadan
keltiriladi.
α- va β-adrenoretseptor]arni qo‘zg‘atadigan moddalarga adrenalin va efedrin
kiradi (9-rasmga q.).
Do'stlaringiz bilan baham: |