Mavzu: yevropada neolit davri madaniyati
Download 147 Kb.
|
Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
- Kuro-Araks madaniyati. .(M.a. 29-23 my.)
- Korbun xazinasi
- SHulaveri-SHomutepa madaniyati
MAVZU: YEVROPADA NEOLIT DAVRI MADANIYATI REJA: Kirish 1.Yevropada ishlab chiqaruvchi xo’jalikning shakllanishi. 2. Shimoliy Yevropa dexqonchilik madaniyati. 3. Yevropaning qo’lda yasalgan mehnat qurollari. 4. Altamet va lasko g’orlari haqida Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Bu madaniyatga oid yodgorliklar qisman manzilgohlarda, ko‘proq qabr-qo‘rg‘onlardan iborat. Maykop madaniyatining so‘nggi bosqichlarida tuproq-qo‘rg‘on tagida toshdan qurilgan qabr va dolmenlar paydo bo‘ladi. Dolmen yirik toshlardan yasalgan, inshoot bo‘lib, tikka joylashtirilgan to‘rta toshning ustidan beshinchi tosh yotqib qo‘yilgan. Maykop madaniyatining ilk bosqichiga oid qabr-qo‘rg‘onlardan biri Kuban daryosining irmog‘i Beloy daryosi bo‘yidan topib o‘rganilgan. 11 metrdan iborat baland tuproq uyumi tagida yirik qabr joylashgan bo‘lib, O‘lchami 5,3 x 3,73 m, chuqurligi- 1,4 m. Iborat yog‘och devor bilan janubiy, sh-g‘. va sh-sh. qismlrdan iborat uchta xonaga ajratilgan. Janubdagi katta xonada erkak, qolgan xonalarda ayollar dafn qilingan. Ularning barchasi bukchaygan holatda yotqizilgan va ustidan qizil oxra sepilgan. Bu madaniyatning xo‘jaligi dehqonchilikdan iborat bo‘lib, bug‘doyning barcha turlari, arpa, suli, no‘xat, chechevitsa, uzum etishtirilgan. Erlarga motiga bilan birgalikda hayvon shoxdan foydalangilgan. Qurg‘oqchil hududlarda sun’iy sug‘orish tizimi rivojlanadi. Dehqonchilikga qo‘shimcha chorvachilik (qo‘y, echki, qora mol, cho‘chqa) tashkil etib, odatda haydama shakda bo‘lgan va yoz oylarida tog‘da boqishgan. Mahalliy madaniyat an’analari asosida taraqqiy etgan eneolit davri madaniyati sivilizatsiya taraqqiy etgan qo‘shnilari Mesopotamiya madaniy ta’sirida taraqqiy etadi.Kuro-Araks madaniyati. .(M.a. 29-23 my.) Janubiy va Markaziy K., Dog‘iston, CH-I, SHim. Osetiyaning bir qismi, SH. Anatoliya, SH-G‘.Eron hududlarida tarqalgan madaniyat. Manzilgohlar tekistliklardan tashqari tog‘oldi va hatto baland tog‘ tizmalarida ham tarqalgan. Uylari aylana shaklda, tomi konussimon shaklda yopilib, ustidan shag‘al tosh to‘shalgan. Uylarning o‘rtasida aylana o‘choq joylashgan. Ular juda tig‘is joylashgan. Aylana uylardan tashkil topgan Erevan yaqinidagi SHengavit manzilgohining atrofi toshdan qurilgan aylana devor va xandak bilan muhofaza qilingan. Sopol buyumlari ko‘kimtir, qora va qizil rangda pardozlangan sopollardan iborat. Sopollar tuxumsimon shakda. Xo‘jaligi dehqonchilik va chorvachilikdan iborat bo‘lgan. Bug‘doy, arpa, tariq etishtirgan. Kanop ham eqilgan bo‘lib, matolar o‘qishda foydalanilgan. Hattoki baland tog‘li hududlardagi (Dog‘istondagi Galgalatli) manzilgohlarda bir necha o‘n kilogramm don saqlanganligi aniqlangan. Dehqonchilik tog‘ hududining dengiz sathidan 2500 metr balandlik qismilarida ham etishtirilgan. Tog‘ hududlarida sug‘orishning murakkab tizimi joriy qilingan. Bu hududlarda terrasa usulidagi sug‘orish tizimi mavjud bo‘lgan. Erlarni shudgor qilishda shoxidan yasalgan omochdan hayvon kuchidan foydalanganidan guvohlik beradi (Gruziyadagi Kvatsxelebe manzilgohi). CHorvachilik yarim ko‘chmanchi, haydama shaklida bo‘lib, asosan kichik tuyoqli hayvonlar boqilgan. Qisman ot boqilgan. Ot SHKga shimolda yashaydigan dasht xalqlaridan kirib kelgan bo‘lsa kerak. Kuro-Araks madaniyati egalari mishyakli bronzadan foydalanilgan. Metallar Kavkazning o‘zidan qazib olingan. Bolta, tesha, o‘roq, pichoq, nayzaning uchi, taqinchoqlar va boshqalar topilgan. Kuro-Araks madaniyati sohiblar marhumlarni manzilgohlari yaqinidagi qabrlarda va qo‘rg‘onlarda dafn qilganlar. Qabrlarning shakli turlicha (to‘rtburchak, g‘isht va tosh terilgan) bo‘lgan. KA madaniyati mahalliy eneolit an’analari asosida shakllangan.Shimoliy Kavkazda Kuro-Araks madaniyati bilan bir davrda Maykop madaniyati ham rivojlangan. Bu madaniyat Taman yarim oroli va Kuban bo‘yi hududlaridan CHechniya va Ingushetiyagacha bo‘lgan erlarga tarqagan. Bu madaniyat 1897 yili Maykop shahri yaqinida o‘rganilga qabr qo‘rg‘ondan olingan. 1.Yevropada ishlab chiqaruvchi xo’jalikning shakllanishi. Sharqiy Evropaning Tripoli-Kukuteni madaniyati (mil. avv. IV ming yillikning oxiri-III ming yillikning oxirgi choragigacha) Sharqiy Evropada faoliyat yuritgan. G‘arbiy Ukraina, Moldova hududida-Tripoli, Sharqiy Ruminiyada unga yaqin Kukuteni madaniyati tarqalgan. Tripole madaniyatining uch bosqichi ajralib turadi. Tripole madaniyatiga oid yodgorliklar bitta madaniy qatlamli dehqonchilik qishloqlaridan iborat. Bu madaniyat egalari ekin maydonlarining unumsizligi sababli bir joyda uzoq yashamasdan, yashash manzillarini o‘zgartirib turgan. Arxeologlarning taxminiga qaraganda Tripoli madaniyati egalari har 50-70 yilda yangi erga ko‘chib o‘tgan. Qishloqlar daryo qayirlari, keyingi bosqichlarida daryo bo‘yi tepaliklarida qurilgan. Ayrim manzilgohlar yog‘och devor, val va xandak bilan o‘rab olingan. Ilk bosqichida erto‘la uylar qurilgan. Keyingi bosqichlarida er ustida qurilgan uylar ikki, hatto uch qavatdan iborat bo‘lgan. Alohida ajratilgan xonalarda o‘choq, don saqlash uchun mo‘ljallangan yirik sopol idish, yorg‘uchoq o‘rin olgan. Ayrim xonalarning o‘rtasida loydan yasalgan ayol haykalchasi o‘rin olgan. Bu xona diniy marosimlar o‘tkazish joyi-sajdagoh hisoblanib, haykalcha ayol mubudasini aks ettirgan. Tripoli-Kukuteni madaniyati oid alohida qabristonlar uchramaydi. Marhumlar uylarning ichkarisida joylashgan qabrlarda dafn qilingan. Mehnat qurollar chaqmoqtosh, suyak va qisman misdan yasalgan. Misdan bigiz, qarmoq va taqinchoqlar yasalgan. Tripole madaniyatiga oid bir necha yuzga yaqin mis buyumlar topilgan. Moldovo Respublikasidagi Korbun qishlog‘i 400 dan ortiq mis buyumlar topib o‘rganilgan. Korbun xazinasi nomi bilan mushhur ushbu xazinada sof misdan ishlangan ikkita bolta, spiral va plastinkasimon bilakuzuklar, baldoqlar, antropomorf shakllar, eritib ishlangan mis munchoqlar jamlangan. Tripoli-Kukuteni madaniyati taraqqiyotida Balqon-Karpat konlaridan qazib olingan mis rudasi asoslangan. Xo‘jaligi dehqonchilikdan iborat bo‘lib, bug‘doy, arpa, no‘xat tariq ekishgan. Janubiy hududda yashagan aholi bog‘dorchilik bilan ham shug‘ullangan. Uzum, o‘rik, olxo‘ri eqilgan. Erga tosh, suyakdan yasalgan motiga bilan ishlov berilgan. Ehtimol, ho‘kkizga qo‘shilgan shox omochlar bilan ishlov berilgan. Hosil tosh o‘roq, keyinchalik misdan quyilgan pichoqlarda o‘rilgan. G‘alla donlari tosh yorg‘uchoqlarda maydalangan. CHorvachilik xo‘jalikning ikkinchi tarmog‘ini tashkil etib, asosan qora mol boqilgan. CHo‘chqa, qo‘y va echki keyingi o‘rinlarni egallagan. Tripoli-Kukuteni madaniyatining oxirida yilqi xonakilashtiriladi. Ovchilik xo‘jaligi ahamiyatini yo‘qotmagan. Ov o‘ljasini bug‘i va cho‘chqa tashkil etgan. Sopol buyumlari qo‘lda yasalgan. Sirtiga qizil, qora va oq rangda geometrik, zoomorf va antropomorf naqshlar chizilgan. Ayol haykalchalari dastlab o‘tirgan holatda, keyingi bosqichlarida tik turgan holatda tasvirlangan. Tripoli-Kukuteni Sharqiy Evropaning eneolit davri ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka asoslangan madaniyat hisoblanib, mintaqaning keyingi davr jamiyati taraqqiyotida muhim o‘ringa ega bo‘lgan. Eneolit davrida dastlabki metall-misdan foydalanishning boshlanishi kishilik jamiyati taraqqiyotida tub burilish davrini boshlab beradi. Bu davrda er yuzining sug‘orma dehqonchilik yuritish uchun qulay bo‘lgan hududlarida xo‘jalikning ilg‘or shakllariga o‘tishi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida ulkan o‘zgarishlarga va ilk sivilizatsiya shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Evrosiyoning shimoliy dasht hududlarida o‘zlashtiruvchi xo‘jalik shakllarini yuritgan qabilalar hayotida ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakllarining rivojlanish jarayoni kechadi. Drevneyamnыy (qadimgi chuqur) madaniyatiga oid chorvador qabilalar (mil. avv. III ming yillikning boshidan oxirgi choragigacha) yashagan. Bu madaniyatga oid yodgorliklar Janubiy Uralbo‘yidan Moldovagacha bo‘lgan hududlarda tarqalgan. Yodgorliklar asosan qabr-qo‘rg‘onlardan iborat bo‘lib, ularning o‘n minga yaqini o‘rganilgan. Tuproq-qo‘rg‘on tagida murakkab qurilmaga ega inshoot joylashgan. Ularning atrofida xandak qazilgan. Tuproq-qo‘rg‘on markazidagi chuqurda mayit joylashgan. Mayit chalqancha yotqizilib, ustidan oxra sepilgan. Ayrim tuproq-qo‘rg‘onlar tagida bir nechta mayit joylashgan bo‘lishi mumkin. Kuzatuv buyumlari unchalik ko‘p emas. Ular asosan tosh qurollar, sopol buyumlari va kam sonli metall buyumlardan iborat. Sopollarning tagi dumaloq, tuxumsimon shaklda bo‘lib, sirtiga uyib naqshlar chizilgan. Drevneyamniy madaniyatiga oid qabrlardan yog‘ochdan yasalgan arava g‘ildiraklari topilgan. Aravalarning ikki xili ajralib turadi. Bir turi ikki yoki to‘rt g‘ildirakli, boshqasi tshrt g‘ildirakli bo‘lib, usti chodir bilan yopilgan. Ikkinchisi ko‘chib yurish jarayonida odamlar yashaydigan kulba vazifasini bajargan. Aravaning kashf etilishi ko‘chmanchi chorvador aholisi xo‘jaligining rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Xo‘jaligi asosan chorvachilik. Qora mol, qo‘y va yilqi boqilgan. Drevneyamnыy madaniyatiga oid ilk Aleksevka qabrlarining ayrimlarida marhumlar dafn etilgan. Qabrlarda kuzatuv buyumlari qo‘lda yasalgan sopol idishlar, bronzadan yasalgan turli xil buyumlardan iborat. Ayrim qabrlarda kulolchilik charxida yasalgan chetdan keltirilgan sopol buyumlari mavjud. Ba’zi bir qabrlardan ochib o‘rganilgan marhumlarning qiyofasi Andronovo madaniyatiga aholisi o‘xshashlik alomatlari mavjud. Manzilgohlardan bir necha yarim erto‘la uy-joylarning o‘rni ochib o‘rganilgan. Ulardan birida arxeologik qazish ishlari amalga oshirilib, 86 kv. m. maydonni egallagan yarim erto‘la uy-joy to‘liq ochilgan. Uylarning sathida yog‘och ustunlarining o‘rni saqlanib qolgan. Uylarning ichida o‘choq va ichki tomondan loysuvoq qilingan xo‘jalik o‘rasi joylashgan. Moddiy topilmalar chaqmoqtoshdan ishlangan o‘roq qadamalari, yorg‘uchoq bo‘laklari, sopol parchalari va hayvon suyaklaridan iborat. Kesaklarda bug‘doy va arpa donlarining izlari saqlanib qolgan. Hayvon suyaklarining asosiy qismni xonaki-qo‘y, echki, qora mol va eshak, qisman yovvoyi hayvonlar-to‘qay bug‘isi, cho‘chqa va jayronlar suyaklari tashkil etadi. Ikkinchi manzilgoh madaniy qatlami deyarli saqlanmagan. Terma buyumlari birinchi manzilgoh va qabrlarnikidan farq qilmaydi. Qabristonda o‘rganilgan marhumlar bukchaytirib yon tomoniga yotqizib holda ko‘milgan. Erkaklarning qabrlarida sopol buyumlari, chaqmoqtoshdan ishlangan kamon o‘qlari, nayza paykonlari va boshqa turdagi buyumlar, ayollarnikida esa qimmatbaho toshlardan (agat, feruza, lazurit, serdolik) va oltindan yasalgan munoqlar, misdan ishlangan ko‘zgu, ayol haykalchalari topilgan. Sopol buyumlari qo‘proq ko‘lda, qisman charxda yasalgan. Ayrim qabrlardan charxida yasalib, sirtiga naqsh solingan sopol buyumlarining kam sonli nusxalari ham topilgan. Drevniyamniy madaniyatiga oid yodgorliklardan tosh, suyak va metallardan yasalgan buyumlar topilgan. Tosh, suyak va misdan uy-ro‘zg‘or, xo‘jalik buyumlari, oltin, turli qimmatbaho toshlar, xususan lazuritdan zeb-ziynat buyumlari yasalgan. Bronzadan yasalgan bir tomonida tig‘iga ega bo‘lgan pichoq va dastasi suyakdan yasalgan to‘rt qirrali iskanalar topilgan. Ayollar dafn qilingan qabrda bronzadan yasalgan bilakuzuk uchraydi. Drevniyamniy madaniyati aholisi hayotida metallga ishlov berish hunarmandchiligi yaxshi rivojlangan. Alekseevka makonidan bronza quyish va qurollar yasash ustaxonasining izlari saqlangan. Bu metall quyish uchun mo‘ljallangan qolip, metall bo‘laklari va qurollarning parchalari topib o‘rganilgan. Toshdan nayzaning uchi, yorg‘uchoq va boshqa anjomlar yasalgan. O‘rta Osiyo hududida bronza davri jamiyati mahalliy eneolit davri madaniyatlari davomida rivojlangan. O‘rta Osiyoning janubiy hududlarida o‘troq dehqonchilik madaniyati zaminida ilk sivilizatsiya shakllangan bo‘lsa, shimoliy, shimoli-sharqiy erlarida ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakllariga o‘tilgan. Afanasev madaniyati (mil. avv. III-II ming yillikning boshlari) Enesey daryosining yuqori oqimi va Oltoy dashtlarida eneolit va bronza davrlarida faoliyat yuritgan madaniyat. Xakasiyadagi Afanasev tog‘i nomi bilan ataladigan bu madaniyatga oid qabrlar dastlab 1920 yilda o‘rganilgan. Tog‘li Oltoy, Xakasiya, Minusiy botig‘i, Sharqiy Qozog‘iston, G‘arbiy Mongoliya va Sinsizyan hududlarida tarqalgan. Afanasev madaniyati ayrim tadqiqotchilarning taxminlariga qaraganda Sharqiy Evropadagi Drevneyamnaya madaniyatiga mansub aholining kelib joylashishi natijasida shakllangan. Asosiy arxeologik yodgorliklar qabr-qo‘rg‘onlar va kam sonli manzilgohlardan iborat. Ularidan Balituyul, Elo, Qora Tenish, Tenga, Katta Tolgoek, Aragol, Kurota va boshqa yodgorliklar yaxshi o‘rganilgan. Mozor-qo‘rg‘onlari pastqam tuproq uyumidan iborat yoki atrofiga aylantirib tosh terib chiqilgan. Pastida bir-ikki yoki bir nechta chuqurdan iborat qabrlar joylashgan. Qabrlarning ichki tomoniga yog‘och terib chiqilgan, tomi ham yog‘och bilan yopilgan. Marhumlar gujanak holatda yotqizilgan. Erkaklar bir va bir necha ayol bilan birga dafn etilgan. Marhumlarning bosh va oyoq tomoniga sopol buyumlar, mehnat qurollari va hayvonlarning go‘shti qo‘yilgan. Marhumni dafn etish marosimida, uning xotirasiga bag‘ishlab olov yoqilgan va qurbonlik keltirilgan. Qabrlarning ko‘pchilligidagi kuzatuv buyumlari o‘g‘irlangan. Saqlanib qolgan qabrlardan topilgan moddiy manbalar qo‘lda va qisman charxda yasalgan sopol buyumlari va bronzadan yasalgan uy-ro‘zg‘or anjomlari, oyna, zeb-ziynat buyumlari: bilakuzuk, uzuk, munchoqlardan iborat. Aholi yashaydigan manzilgohlar qisman o‘rganilgan. Ulardan erto‘la uy-joylarning o‘rni ochilgan. Ayrim uylarining ichki tomoniga yog‘och terib chiqilgan. Rangli metallarga ishlov berish yaxshi rivojlangan, mis qazib olingan konlar ham o‘rganilgan. Mehnat qurollari asosan toshdan yasalgan. Misdan yasalgan zeb-ziynat buyumlari, igna, bigiz, kichik pichoq kabi uy-ro‘zg‘or anjomlarining nusxalari topilgan. Kumush va oltindan yasalgan buyumlar ham mavjud. Mis buyumlari urib ishlash usulida yasalgan. Afanasev tog‘ida joylashgan qabrlarning biridan meteorit temirdan yasalgan bilakuzuk nusxasi topilgan. Sopol buyumlari mato qolipda tagi tuxumsimon yoki dumoloq shaklida yasalgan, turli xil o‘lchamga ega. Bo‘yi baland sapol buyumlar ko‘pchillikni tashkil etadi. Sopollar sirtiga geometrik va archa bargi shaklli naqshlar o‘yib chizilgan. Afanasev madaniyati egalari xo‘jaligining asosini chorvachilik tashkil etgan. Qo‘y, qora mol va yilqi boqilgan. Baland tog‘ yaylovlariga chorva otarlarini mavsumiy boqa boshlaydi. Bu bevosita chorvachilik xo‘jalik bilan hayot kechiradigan chovador (nomad) qabilalar shakllanayotganidan darak beradi. Ovchilik ahamiyatini saqlab qolgan. Bronza davrida insoniyat tomonidan qo‘lga kiritilgan ulkan texnologik yutuqlar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotining jadallashib ketishiga olib keladi. Evrosiyoning ilk shahar markazlari erta qaror topgan janubiy qismidagi podsholiklar o‘rtasida hududiy hukmronlik uchun harbiy qarama-qarshilik kuchaygan davrda shimoliy xalqlar hayotida ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakliga o‘tish jarayoni kechayotgan edi. Andronovo madaniyati nomi Minisuy (Oltoy) o‘lkasidagi A.YA.Tugarinov tomonidan dastlabki qabr topib o‘rganilgan shu nomli qishloq nomi bilan bog‘liq. Keyinchalik olib borilgan tadqiqot ishlari natijasida juda ko‘plab yodgorliklar o‘rganilgan. Sintashta-Arkaim majuasi manzilgohlari mudofaa devori va xandaklar bilan o‘rab olingan. YAgodыy Dol va Arkaim manzilgohlarini o‘rab turgan mudofaa devorlari xom g‘isht, devg‘ish va chimdan qurilgan. Kuysak manzilgohi esa devg‘isht, qumoq tuproq va toshdan qurilgan. Adland va Oligino (Tosh ombor) manzilgohlarining loydan qurilgan mudofaa devorlarining sirtiga tosh terib chiqilgan. Xandaklarning eni 2,5x5,0 m., chuqurligi 1,2-1,5 m.ni tashkil etgan. Sintashta jamiyati dafn inshootlari sun’iy tepaliklarda, ayniqsa, daryolar qo‘shilgan joydagi tepaliklarda joylashgan. Qabr inshootlari qabr-qo‘rg‘onlardan iborat. Qisman o‘ra qabrlar ham mavjud. Mozor-qo‘rg‘onlari pastqam tuproq uyumidan iborat yoki atrofiga aylantirib tosh terib chiqilgan. Pastida bir-ikki yoki bir nechta chuqurdan iborat qabrlar joylashgan. Qabrlarning ichki tomoniga yog‘och terib chiqilgan, tomi ham yog‘och bilan yopilgan. Marhumlar gujanak holatda yotqizilgan. Erkaklar bir va bir necha ayol bilan birga dafn etilgan. Marhumlarning bosh va oyoq tomoniga sopol buyumlar, mehnat qurollari va hayvonlarning go‘shti qo‘yilgan. Marhumni dafn etish marosimida, uning xotirasiga bag‘ishlab olov yoqilgan va qurbonlik keltirilgan. Aholi yashaydigan manzilgohlar qisman o‘rganilgan. Ulardan erto‘la uy-joylarning o‘rni ochilgan. Ayrim uylarining ichki tomoniga yog‘och terib chiqilgan. Rangli metallarga ishlov berish yaxshi rivojlangan, mis qazib olingan konlar ham o‘rganilgan. Mehnat qurollari asosan toshdan yasalgan. Misdan yasalgan zeb-ziynat buyumlari, igna, bigiz, kichik pichoq kabi uy-ro‘zg‘or anjomlarining nusxalari topilgan. Kumush va oltindan yasalgan buyumlar ham mavjud. Mis buyumlari urib ishlash usulida yasalgan. G‘arbiy Sibirdagi qabrlarning biridan meteorit temirdan yasalgan bilakuzuk nusxasi topilgan. Topilmalar sopol buyumlari, tosh qurollari, bronza buyumlari va hayvon suyaklaridan iborat. Sopollar qo‘lda tagi tekis qilib yasalgan. Ularning loyiga somon va maydalangan chig‘anoq qo‘shilgan. Idishlar tuvaksimon shaklida yasalib, bo‘g‘zi biroz toraygan. Ulardan ayrimlarining sirti silliqlangan. Geometrik shaklli uyib chizilgan naqshlar yuqoridan pastga tomon bir qator bo‘lib joylashgan. Bronzadan yasalgan bir tomonida tig‘iga ega bo‘lgan pichoq va dastasi suyakdan yasalgan to‘rt qirrali iskanalar topilgan. Ayollar dafn qilingan qabrda bronzadan yasalgan bilakuzuk uchraydi. Andronovo madaniyati aholisi hayotida metallga ishlov berish hunarmandchiligi yaxshi rivojlangan. Andronovo makonidan bronza quyish va qurollar yasash ustaxonasining izlari saqlangan. Bu metall quyish uchun mo‘ljallangan qolip, metall bo‘laklari va qurollarning parchalari topib o‘rganilgan. Toshdan nayzaning uchi, yorg‘uchoq va boshqa anjomlar yasalgan. Andronovo yodgorligi yaqinida qadimgi dehqon jamoalari tomonidan foydalanilgan ekin maydonlarining o‘rni saqlanib qolgan. Andronovo madaniyati egalari sun’iy qurilgan erto‘la uylarda istiqomat qilib, xo‘jalikning chorvachilik va dehqonchilik shakllarini yuritgan. Bu madaniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichda xo‘jalikda chorvachilikning mavqei yuqori bo‘lgan. Bu erda qoramol, qo‘y va ot boqilgan. Keyinchalik aholining o‘troqlash jarayoni chuqurlashib borishi natijasida dehqonchilik xo‘jaligi ahamiyati o‘sadi. Bug‘doy, arpa, tariq va poliz ekinlar dehqonchilikning asosini tashkil etgan. Sopol buyumlari mato qolipda tagi tuxumsimon yoki dumoloq shaklida yasalgan, turli xil o‘lchamga ega. Bo‘yi baland sapol buyumlar ko‘pchillikni tashkil etadi. Sopollar sirtiga geometrik va archa bargi shaklli naqshlar o‘yib chizilgan. Andronovo madaniyati egalari xo‘jaligining asosini chorvachilik tashkil etgan. Qo‘y, qora mol va yilqi boqilgan. Baland tog‘ yaylovlariga chorva otarlarini mavsumiy boqa boshlaydi. Bu bevosita chorvachilik xo‘jalik bilan hayot kechiradigan chovador (nomad) qabilalar shakllanayotganidan darak beradi. Ovchilik ahamiyatini saqlab qolgan. Bronza davrida insoniyat tomonidan qo‘lga kiritilgan ulkan texnologik yutuqlar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotining jadallashib ketishiga olib keladi. Evrosiyoning ilk shahar markazlari erta qaror topgan janubiy qismidagi podsholiklar o‘rtasida hududiy hukmronlik uchun harbiy qarama-qarshilik kuchaygan davrda shimoliy xalqlar hayotida ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakliga o‘tish jarayoni kechayotgan edi. Kavkazorti hududining neolit davri arxeologik yodgorliklarning etarli va notekis o‘rganganligi sababli bu hududda ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakllarining qaror topishiga doir masalalar echimini qiyinlashtiriladi. Hududda ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shaklining qaror topishi mil.avv. VI ming yillikda mahalliy so‘nggi paleolit va mezolit davri madaniyatlari tadrijiy taraqqiyoti ta’siri natijasida shakllanganligi, tabiiy. Neolit davrining ilk bosqichlarida mintaqaning barqa hududlarida ovchilik va termachilik bilan kun kechiruvchi qabilalar tarqalgan. Davrning oxirlariga kelib aholi tog‘ hududlari g‘orlarida ham, tekislikdagi daryo vohalari bo‘ylarida manzilgohlari paydo bo‘ladi. Mintaqa toshga ishlov berishning mikrolit texnikasi keng taraladi. Pichoqsimon yirik plastinalar, boltalar, motigalar, havvoncha, yorg‘uchoq, o‘roq dastasi kabi topilmalar mazkur hududda ilk dehqonchilik shakllarining paydo bo‘layotganidan dalolat beradi. Sapol buyumlar paydo bo‘lib keng tarqala boshlaydi. Mazkur hududda dehqonchilik madaniyatining shakllanishida Yaqin Sharq bilan ma’lum madaniy aloqalar muhim ahamiyati haqida fikr yuritish mumkin. Dengiz atrofi hududlarida o‘ziga xos xususiyatlari bilan Zavkazning ilk dehqonchilik madaniyatidan farq qiladi. Ilk dehqonchilik madaniyati markazlaridan birinchi guruhdagi yodgorliklardan biri Adlerda daryo sohili hududida joylashgan Nijeshilov yodgorligi muhim o‘rin egallaydi. Yodgorlikdan topib o‘rganilgan topilmalar orasida trapetsiya, sigmentlardan iborat geometrik shakllardan tashkil topgan tosh qurollar ustunlik qiladi. Ular pichoqsimon va o‘roqsimon qurollar uchun qadama vazifasini bajargan. SHuningdek, silliqlash texnikasi takomillashadi. Yodgorlikdan silliqlangan bolta aniqlangan. Kamon uchlari uchramaydi. Qadimgi qurol yarog‘lardan biri otish uchun mo‘ljallangan sharsimon toshlar topilgan. Sapol idishlarida naqshlar uchramaydi. Hayvon suyaklari uchramasligi o‘lkada asosan dehqonchilk bilan shug‘ullanganligidan dalolat beradi. Ikkinchi guruhdagi makonlar so‘nggi neolit davriga oid manzilgohlarda o‘z aksini topgan bo‘lib, ular mil.avv. V ming yilliklarga tegishli. Bu turdagi yodgorliklar Adler va Abxaziya hududlarida aniqlangan. Bu davrda geometrik shaklli tosh qurollar uchramaydi. Topilmalar orasida motiga va yorg‘uchochlar soni ko‘pchillikni tashkil etadi. Bu esa dehqonchilik madaniyati taraqqiyotining yuksalishidan dalolat beradi. Kavkazorti hududining keyingi bosqich taraqqiyoti eneolit davri SHulaveri-SHomutepa madaniyati doirasida taraqqiy etadi. (mil.avv. V ming-IV ming yillikning birinchi yarmi) Kura daryosi o‘rta oqimi hududida shimoliy varianti tarqalgan (Gruziyadagi SHulaverisgora, Xramis Didigora, Aruxlo; Azorbayjondagi SHomutepa) va Araks daryosi vodiysida joylashgan janubiy lokal madaniyati (Naxichavan Kultepasi, Alikemektepasi va boshqalar). Uy-joylari tomi gumbaz shaklli yopilgan aylana shaldagi imoratlar va xo‘jalik qurilishlaridan iborat. Ayrim manzilgohlar pastqam devorlar bilan o‘ralgan bo‘lib, ularda aylana shakdagi hovlilar joylashgan. Imoratlar paxsa va xom g‘ishtdan barpo etilgan. Gumbaz tepasida qolldirilgan teshiklar xonada havo aylanishini va o‘choq tutunlarining chiqib ketishini ta’minlashga xizmat qilgan. Uylar orasi va uylarning ichki tomonida bir mayitli qabrlar aniqlangan. Murdalar yon tomoniga g‘ujanak va chalqancha holda ko‘milgan. Ayrim hollarda murdalarga oxra sepilgan. Ayrim qabrlarda sapol idishlari, tosh munchoqlar va obsidiandan yasalgan qurollardan iborat. Sapol buyumlarining shakli sodda va ishlanishi qo‘pol. Buyumlar bankasimon shaklda, ko‘pchilligi bochkasimon buyumlar va kosachalardan iborat. Kura guruhining sapollari qoramtir, Araksniki esa yorqin rangda. Yodgorliklar taraqqiyotining oxirida qizi va jigarrangli bo‘yoqlarda yo‘l-yo‘l va to‘lqinsimon naqlar bilan bezatilgan sapol buyumlarining paydo bo‘lishi tadqiqotchi olimlar tomonidan Mesopotamiya bilan madaniy aloqalardan dalolat berishi ta’kidlanadi. Qisman loydan yasalgan haykalchalar uchraydi. Ular asosan Gruziyaning Xramis Didigora yodgorligida aniqlangan. Suyak va shoxlardan motiga, bigiz, juvoldiz, igna sapollarni pardozlagichlar va qoshiqlar tayyorlangan. Kremen va obsidiandan pichoq, to‘g‘nog‘ich, teshgich, o‘roq qadamalari va boshqalar yasalgan. Metal buyumlar faqat davrning oxirgi bosqichida uchraydi. Ular asosan munchoqlar, bigiz va qisman pichoqlardan iborat. Bu madaniyatning xo‘jaligi dehqonchilikdan iborat bo‘lib, bug‘doyning barcha turlari, arpa, suli, no‘xat, chechevitsa, uzum etishtirilgan. Erlarga motiga bilan birgalikda hayvon shoxdan foydalangilgan. Qurg‘oqchil hududlarda sun’iy sug‘orish tizimi rivojlanadi. Dehqonchilikga qo‘shimcha chorvachilik (qo‘y, echki, qora mol, cho‘chqa) tashkil etib, odatda haydama shakda bo‘lgan va yoz oylarida tog‘da boqishgan. Mahalliy madaniyat an’analari asosida taraqqiy etgan eneolit davri madaniyati sivilizatsiya taraqqiy etgan qo‘shnilari Mesopotamiya madaniy ta’sirida taraqqiy etadi.Kuro-Araks madaniyati. .(M.a. 29-23 my.) Janubiy va Markaziy K., Dog‘iston, CH-I, SHim. Osetiyaning bir qismi, SH. Anatoliya, SH-G‘.Eron hududlarida tarqalgan madaniyat. Manzilgohlar tekistliklardan tashqari tog‘oldi va hatto baland tog‘ tizmalarida ham tarqalgan. Uylari aylana shaklda, tomi konussimon shaklda yopilib, ustidan shag‘al tosh to‘shalgan. Uylarning o‘rtasida aylana o‘choq joylashgan. Ular juda tig‘is joylashgan. Aylana uylardan tashkil topgan Erevan yaqinidagi SHengavit manzilgohining atrofi toshdan qurilgan aylana devor va xandak bilan muhofaza qilingan. Sopol buyumlari ko‘kimtir, qora va qizil rangda pardozlangan sopollardan iborat. Sopollar tuxumsimon shakda. Xo‘jaligi dehqonchilik va chorvachilikdan iborat bo‘lgan. Bug‘doy, arpa, tariq etishtirgan. Kanop ham eqilgan bo‘lib, matolar o‘qishda foydalanilgan. Hattoki baland tog‘li hududlardagi (Dog‘istondagi Galgalatli) manzilgohlarda bir necha o‘n kilogramm don saqlanganligi aniqlangan. Dehqonchilik tog‘ hududining dengiz sathidan 2500 metr balandlik qismilarida ham etishtirilgan. Tog‘ hududlarida sug‘orishning murakkab tizimi joriy qilingan. Bu hududlarda terrasa usulidagi sug‘orish tizimi mavjud bo‘lgan. Erlarni shudgor qilishda shoxidan yasalgan omochdan hayvon kuchidan foydalanganidan guvohlik beradi (Gruziyadagi Kvatsxelebe manzilgohi). CHorvachilik yarim ko‘chmanchi, haydama shaklida bo‘lib, asosan kichik tuyoqli hayvonlar boqilgan. Qisman ot boqilgan. Ot SHKga shimolda yashaydigan dasht xalqlaridan kirib kelgan bo‘lsa kerak. Kuro-Araks madaniyati egalari mishyakli bronzadan foydalanilgan. Metallar Kavkazning o‘zidan qazib olingan. Bolta, tesha, o‘roq, pichoq, nayzaning uchi, taqinchoqlar va boshqalar topilgan. Kuro-Araks madaniyati sohiblar marhumlarni manzilgohlari yaqinidagi qabrlarda va qo‘rg‘onlarda dafn qilganlar. Qabrlarning shakli turlicha (to‘rtburchak, g‘isht va tosh terilgan) bo‘lgan. KA madaniyati mahalliy eneolit an’analari asosida shakllangan.Shimoliy Kavkazda Kuro-Araks madaniyati bilan bir davrda Maykop madaniyati ham rivojlangan. Bu madaniyat Taman yarim oroli va Kuban bo‘yi hududlaridan CHechniya va Ingushetiyagacha bo‘lgan erlarga tarqagan. Bu madaniyat 1897 yili Maykop shahri yaqinida o‘rganilga qabr qo‘rg‘ondan olingan. Bu madaniyatga oid yodgorliklar qisman manzilgohlarda, ko‘proq qabr-qo‘rg‘onlardan iborat. Maykop madaniyatining so‘nggi bosqichlarida tuproq-qo‘rg‘on tagida toshdan qurilgan qabr va dolmenlar paydo bo‘ladi. Dolmen yirik toshlardan yasalgan, inshoot bo‘lib, tikka joylashtirilgan to‘rta toshning ustidan beshinchi tosh yotqib qo‘yilgan. Maykop madaniyatining ilk bosqichiga oid qabr-qo‘rg‘onlardan biri Kuban daryosining irmog‘i Beloy daryosi bo‘yidan topib o‘rganilgan. 11 metrdan iborat baland tuproq uyumi tagida yirik qabr joylashgan bo‘lib, O‘lchami 5,3 x 3,73 m, chuqurligi- 1,4 m. Iborat yog‘och devor bilan janubiy, sh-g‘. va sh-sh. qismlrdan iborat uchta xonaga ajratilgan. Janubdagi katta xonada erkak, qolgan xonalarda ayollar dafn qilingan. Ularning barchasi bukchaygan holatda yotqizilgan va ustidan qizil oxra sepilgan. Download 147 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling