Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet121/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Natriy oksibutirat 
markaziy nerv sistemasida susaytirish jarayonlari mediatori
GAMK uiumi hisoblanadi, kisqartirilgan holda GOMK (gamma oksimoy kislotaning
natriy tuzi) deb ataladi. GAMK gematoensefalik to`siqdan GAMK
ga nisbatan
oson
o`tib, markaziy nerv sistemasiga GAMK ga o`xshash ta`sir ko`rsatadi, ya`ni susaytirish
jarayonlarini oshiradi.
Natriy oksibutirat yuborilgan miqdoriga qarab uxlatuvchi, talvasaga qarshi va
narkotik ta`sir ko`rsatadi. Shu bilan birga GAMK miyaning qon aylanishiga ijobiy ta`sir
ko`rsatadi, u yerdagi tomirlarning qisqarishini olib tashlaydi hamda moddalar
almashinuvini normallashtiradi. Miyada, yurak to`qimalarida kislorodning o`zlashtirilishi
yaxshilanadi, kreatin fosfat va ATF ning hosil bo`lishi oshib boradi. GOMK venalarga
sekin yuborilgandan 10—15 daqiqadan keyin talvasaga qarshi ta`siri boshlanib, 2 soatlar
ichida davom etadi. Bu moddani ikki barobar, kam miqdorda droperidol (neyroleptik)
bilan talvasaga qarshi qo`llash mumkin. Bolalarda talvasaga qarshi fentanil (narkotik
analgetik)
bilan
droperidol
(neyroleptik),
ya`ni
neyroleptoanalgeziya
uchun
qo`llaniladigan moddalarni yuborish mumkin.
Tutqanoqqa qarshi moddalar 
Tutqanoq (epilepsiya) — asabiy ruhiy kasallik, axoli o`rtasida ko`p uchraydi (100
aholiga 2 ta bemor). Bolalar kasalliklari ichida 1 % ni tashkil qiladi. Tutqanoq kasalligida
miyada alohida o`choqlar paydo bo`ladi, ularning tuzilishi yoki faoliyati o`zgargan, juda
qo`zgaluvchan bo`ladi, vaqti bevaqt tashqi jaroxatlovchi omillar shu razryadli
o`choqlarni qo`zg`atadi va qo`zgaluvchanlik, impulslar tarqaladi (irradiatsiya bo`ladi),
shu tufayli talvasali yoki talvasasiz hurujlar paydo bo`ladi. Tutqanoq surunkali kasallik
bo`lib, asosan 4 turi kuzatiladi:
1) katta tutqanoqlar — bunda katta xurujli talvasalar bo`ladi;
2) kichik tutqanoqlar — bunda bemor juda oz vakt, bir necha dakiqa talvasada
bo`ladi, hushidan ketadi, savollarga javob bermaydi, qimirlamasdan bir joyga tikilib
qoladi, yuz mushaklarida tez o`tadigan tortishish, uchish bo`lishi mumkin;
3) psixomotor ekvivalentlar, bunda umumiy talvasa bo`lmaydi, bemor o`zi bilmagan
holda ayrim murakkab kutilmagan harakatlar qiladi, lekin xuruj tamom bo`lgandan keyin
qayerga borganini, qanday harakat qilganini esidan chiqaradi;
4) es hushi yo`qolmagan holda mushaklarning kam muddatli talvasali tortishishlari,
mioklonus epilepsiya.
Tutqanokning qaysi turda kechishi tutqanoq o`choqlarining miya to`kimalarida
qayerda joylashishi va tarqalishiga bog`lik bo`ladi.
Tutqanoq sabablari, kelib chiqishi, rivojlanish mexanizmlari juda aniq emasligi
uchun bunday bemorlarni davolash ancha qiyin. Tutqanoqqa qarshi moddalar ushbu
kasallikning oldini olish va tutqanoq xurujlarini kamaytirish uchun qo`llanadi.


Tutqanoq kasalliklari tinchlantiruvchi moddalar — bromidlar bilan davolab


kelingan. Bromidlar unchalik zaharli bo`lmasa ham ta`siri yetarli bo`lmaydi. Tutqanoqqa
qarshi yuqori ta`sir qiladigan modda — fenobarbital (barbiturat unumlaridan) birinchi
marta 1912 yilda olingan. Fenobarbital uxlatuvchi modda bo`lgani uchun fenobarbitalga
o`xshash, lekin uxlatuvchi ta`siri kamroq moddalar — difenin, trimetan, geksamidin,
xlorakon va boshqalar sintez qilinadi.
Yuqorida keltirilgan tutqanoqka qarshi moddalarning ta`sir mexanizmi to`la-to`kis
aniqlangan
emas.
Ushbu
moddalar
epileptogen
o`choqdagi
neyronlar
qo`zg`aluvchanligini, impulslarning tarqalishini kamaytiradi. Tutkanoqqa qarshi
moddalar neyronlarning membranalarini mustahkamlab, ularning reflektor davrini
oshiradi, neyronlararo o`tkazuvchanlikni, epileptik o`choqdan o`tadigan impulslarning
tarqalishini kamaytiradi. Neyronlararo o`tkazuvchanlik, qo`zgaluvchanlik jarayonlarining
kamayishi bu moddalarning tormozlovchi jarayonlarni kuchaytirishiga ham bog`liq. Bu
moddalar talvasani ishga soladigan soxani susaytiradi, Ba`zi ma`lumotlarga ko`ra
tutqanoqka qarshi moddalar bosh miyada GAMK miqdorini oshirishi, miya xujayralarida
natriy ionlarini kamaytirishi mumkin.
Tutqanoqli dori moddalar bilan davolaganda quyidagi qoidalarga rioya qilinadi:
1. Tutqanoq xurujlarining turiga qarab davo qilish.
2. Davolash uzluksiz va davomli bo`ladi, moddalar tutqanoq xurujlari yo`qolgandan
keyin yana 3—5 yil davomida qo`llanadi.
3. Bolalarda tutqanokqa qarshi moddalarga o`rganib qolish hollari kam uchraydi,
shuning uchun qo`llanib turilgan moddani boshqasiga almashtirish maqsadga muvofiq
emas.
4. Bemorga ambulatoriya sharoitida, o`zi o`rgangan ish va uy sharoitida davo
qilinadi.
Tutqanokka qarsh.i moddalar shu kasallik turiga qarab qo`llanadi. Tutqanokning
katta xurujlarida — fenobarbital, geksamidin, difenin, xlorakon, karbamazepin; kichik
xurujlarida — etosuksemid, trimetin; psixomotor ekvivalentlarda — karbamaze.pin,
difenin, geksamidin, xlorakon; mioklonus epilepsiyada sibazon, nitrazepam qo`llanadi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling