Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet129/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Kodein
(metilmorfin),
dionin
(etilmorfin)ning og`riq, qoldirish xususiyatlari
morfinga nisbatan 5—7 marta kamroq, ular ko`proq yo`tal markazini susaytiradi—
yo`talga qarshi markazny ta`sir etuvchi modda sifatida qo`llanadi. Dionin
oftalmologiyada ham keng qo`llanadi. Ko`zga tomizilganda oldin giperemiya, keyin
anesteziya paydo qilib, og`riqni qoldiradi va yallig`lanishlarda ekssudativlarni yo`qotadi.
Promedol
sintetik modda bo`lib, nisbatan og`riq qoldirish xususiyatiga kura
morfinga yaqinlashib qoladi, nafasni susaytirishi, spazmogen ta`siri, tobelik kamroq
hollarda kuzatiladn, shuning uchun promedol bolalar amaliyotida keng qo`llanadi, hatto
bu modda «bolalar analgetigi» deb ataladi.
Promedolning 
nojo`ya ta`sirlari kam, ko`ngil aynishi, bosh aylanishi mumkin. Bu
moddaga kamroq bo`lsa ham o`rganish, qaramlik paydo bo`lishi mumkin.




Fentanil
ham sintetik analgetik, juda kuchli modda va tez o`tib ketadigan og`riq
qoldirish xususiyatiga ega. Fentanil o`tkir og`riqlarni yo`qotish uchun — miokard
infarqti, stenokardiya, buyrak, jigarning o`tkir sanchiqlarida mushak orasiga va venaga
yuboriladi.
Fentanil
neyroleptiklar
bilan,
masalan,
droperidol
bilan
birga
neyroleptoanalgeziya paydo qilish uchun qo`llanadi. Fentanil bilan paydo qilinadigan
neyroleptonalgeziya oson boshqariladi.
Fentanil venaga tez yuborilganda nafasni susaytiradi, hatto nafas qisqa muddatga
to`xtab qolishi ham mumkin. Shuning uchun bolalar amaliyotida kam qo`llash tavsiya
etiladi:
Pentazotsin
kimyoviy tuzilishi va ta`siri bo`yicha morfinga yaqin turadi. Kuchli
og`riq qoldirish xususiyati bilan birga bu modda nafas susayishi, eyforiya, shu moddaga
qaramlik, spazmogen, siydikning to`xtalishi hollari kamroq uchraydi. Pentazotsinni
ayollarga tug`ish davrida qo`rqmasdan qo`llash mumkin, chunki bu modda platsentar
to`siqdan yaxshi o`tolmaydi, homila va yangi tug`ilgan chakaloqqa deyarli ta`sir
qilmaydi. Pentazotsinning nojo`ya ta`sirlari kamroq, jigar va buyrak kasalliklarida bu
modda ehtiyotlik bilan qo`llanishi lozim.
Narkotik analgetiklarning katta kamchiligi shuki, ularga odam o`rganib, tobe bo`lib
qoladi. Yuqorida keltirilganidek, bu moddalar markaziy nera sistemasining ruhiy
markazlariga ta`sir ko`rsatib, eyforiya, alohida o`ziga xos kayf paydo qiladi.
Narkotik analgetiklar qo`llanila borgan sari.ular organizmning tabiiy metabolitlari
qatoriga kirib qoladi, biokimyoviy jarayonlarga aralashib qoladi. Moddaga jismoniy
tobelik paydo bo`lldi.
Demak narkomanlar organizmi narkotiklarga chidamli ham bo`lib qoladi. Lekin
organizm tobora ular bilan zaharlanib boradi — surunkali zaharlanish paydo bo`ladi.
Bemorlar yopiq psixiatrik klinikalarda, ya`ni narkotiklarni yetkazib bo`lmaydigan
klinikalarda davolanadi. Narkotiklar miqdori kamaytiriladi, keyin undan mutlaqo
mahrum qilinadi.
Avvalo narkotik analgetiklarni zaruriyat bo`lgandagina qo`llash va buni 3—4
martadan oshirmaslik kerak. Narkotiklarni saqlash va qo`llash hamda hisobdan chiqarish
qonun-qoidalariga rioya qilish zarur. Narkotiklar A ro`yxatli moddalarga kirib,
dorixonalarda signalizatsiya bor joylarda saqlanadi. Ular saqlanadigan joylar ichki ishlar
bo`limlarida ro`yxatga olingan bo`ladi. Reseptlar alohida pushti rang varaqalarga
yoziladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling