Nonarkotik analgetiklarning og`riq koldiruvchi mexanizmida markaziy nerv
sistemasiga ta`siri ham ahamiyatga ega. Bular
Nonarkotik analgetiklar markaziy ta`sir ko`rsatadigan trankvilizator, narkotik
analgetiklar ta`sirini oshiradi.
Nonarkotik analgetiklarning og`riq qoldirish xususiyatlari narkotik analgetiklarga
nisbatan kamroq, bular asosan yallig`lanish bilan bog`liq bo`lgan og`riqlarda, nevrit,
miozit, mialgiya, artralgiya bosh og`rig`i, tish og`riqlarida yaxshi ta`sir qiladi.
Og`rik qoldirish xususiyati bo`yicha nonarkotik analgetiklarni
kuyidagi qatorga
qo`yish mumkin: analgin, amidopirin,
butadion, atsetilsalitsilat kislota, paratsetamol.
Yallig`lanishga qarshi ta`sir qilishi bo`yicha birinchi o`rinda butadion, keyin
salitsilatlar turadi.
Nonarkotik analgetiklar haroratni tushiradi, normal haro ratga deyarli ta`sir
qilmaydi.
Haroratni tushirishda moddalarni quyidagi qatorga qo`yish mumkin: analgin,
atsetilsatsilat kislota, paratsetamol, fenatsetin.
Salitsilatlar (natriy
salitsilat, metilsalitsilat, atsetilsaliho
silat kislota)ning
yalliglanishga qarshi, haroratni tushirish va
:
og`riqni qoldirish hususiyati bor.
Salitsilatlar kattalar va bolalarda o`tkir
va surunkali revmatizm, revmatik poliartrit,
revmatik miokardit, endokardit, nevrit, miozit, artritlarni davolashda qo`llanadi.
Bolalarda o`pka
va yuqori nafas yo`llari yallig`lanishida ham qo`llanadi. So`nggi yillarda
atsetilsalitsilat kislota qonning quyulish jarayonlari oshganda
antiagregant sifatida
qo`llanib kelmoqda. Umuman olganda atsetilsalitsilat kislota tibbiyotda eng keng
qo`llanadigan modda hisoblanadi,
Og`iz orqali yuborilgan atsetilsalitsilat kislota oshqozonda
so`rila
boshlaydi, lekin
modda asosan ichakda so`riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: