Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet125/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Midantan
dofaminning neyronlardagi deposidan chiqishini, dofaminergik
reseptorlarning dofaminga nisbatan sezuvchanligini oshiradi. Ba`zi ma`lumotlarga ko`ra
midantan markaziy nerv sistemasining motor neyronlaridan impulslar tarqalishini
kamaytiradi. Midantan qo`llangach ta`siri birinchi kunlardanoq boshlanadi, akineziya va
qaltirash kamayadi. Bemorlar midantanni yaxshi ko`taradilar. Ba`zi bemorlarda bosh


og`rig`i, uyqusizlik, bosh aylanishi, dispeptik holatlar sodir bo`ladi. Midantanni jigar,


buyrak kasalliklarida, homiladorlikda qo`llash man etiladi.
Xolinergik ta`sirlarni kamaytiradigan moddalar.
Xolinergik ta`sirlarni
kamaytirish uchun atropinsimon moddalar qo`llanib kelingan, lekin bu moddalar chetda
(periferiyada) joylashgan xolinoreseptorlarga ham ta`siri kuchli bo`lgan. Shuning uchun
asosan markaziy xolinoreseptorlarga tasir etadigan sintetik moddalar . olingan. Bulardan
parkinsonizmni davolash uchun siklodol qo`llanadi.
Siklodol markaziy xolinolitiklardan bo`lib, markaziy nerv sistemasida joylashgan
xolinorepeptorlarni falajlab, atsetilxolin ta`sirini kamaytiradi, ikkita mediator — dofamin
hamda atsetilxolin ta`siri tenglashadi, xolinergik ta`sirot kamayadi. Natijada mushaklar
tortilishi, harakatlar cheklanishi kamayadi, siklodol qaltirashga deyarli ta`sir qilmaydi.
Siklodol parkinsonizm kasalligida, neyroleptiklar uzoq muddat mobaynida
ko`llanganda kelib chiqadigan parkinsonizm holatlarida ham qo`llanadi.
Siklodolning 
nojo`ya ta`sirlari
bu moddaning periferik xolinoreseptorlarga ta`siri bilan bog`liq: og`iz
qurishi, akkomodatsiyaning o`zgarishi, pulsning tez urishi kuzatiladi. Miqdori
oshirilganda psixomotor qo`zg`alish, gallyutsinatsiyalar yuzaga keladi. Glaukoma,
taxiaritmiyalarda siklodolni qo`llash man etiladi. Siklodol levodopa bilan birga
qo`llanishi mumkin.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling