Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet122/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Fenobarbital
kuchli talvasaga qarshi ta`sir etadi va uxlatuvchi xususiyati bor.
Tutqanoqda ko`pincha dastlab shu modda bilan davo qila boshlanadi. Asosan katta
xurujli tutqanoqni davolashda qo`llanadi. Epileptogen o`choqda talvasaning tarqalishini
chegaralaydi, Natriy ionlarining neyronlarga o`tishiga to`sqinlik ko`rsatib, neyronlar
qo`zg`aluvchanligini kamaytiradi. Fenobarbital presinaptik tolalardan atsetilxolinning
ajralishini kamaytirib, epileptogen o`choqdan qo`zg`aluvchanlikni tarqalishiga to`sqinlik
qiladi, miyada GAMK miqdorini oshiradi. Fenobarbital qo`llanishining birinchi
haftalarida uyquchanlnk, bo`shashish, mushaklar bo`shashishi kabi noxush hollar
kuzatiladi, keyinchalik bu alomatlar yo`qola boshlaydi.
Ko`pchilik bemorlar fenobarbital bilan uzoq vaqt davolanishni yaxshi o`tkazadilar,
Ba`zi bemorlarda dermatitlar, terida toshmalar, jigarda, buyrakda o`zgarishlar paydo
bo`ladi, gapirish qiyinlashadi. Geksamidin kimyoviy jihatdan fenobarbitalga yaqin, lekin
uxlatuvchi xususiyati yo`q. Organizmda geksamidin metabolizmga uchrab, uning 20 % i
fenobarbitalga aylanadi, ana shu fenobarbital geksamidinni tutqanoqqa qarshi ta`sir
mexanizmida katta ahamiyatga ega. Geksamidin tutqanoqning katta talvasali xurujlarida
ta`siri yaxshi bo`ladi. Kichik xurujlarda deyarli ta`sir ko`rsatmaydi, bolalarda hatto kichik
talvasali xurujlarni tezlashtirib yuboradi. Geksamidin unchalik zaharli bo`lmasa ham,
bosh og`rig`i, ko`ngil aynishi, qusish, ko`rishning o`zgarishi kabi nojo`ya ta`sirlar paydo


qilishi mumkin. Uzok vaqt mobaynida qo`llanganda ruhiy o`zgarishlar, leykopeniya ro`y


berishi mumkin. Geksamidinni jigar, buyrak, qon kasalliklarida qo`llash man etiladi.
Difenin 
— katta tutqanoqlarda qo`llanadi, giperkinezlar (tirishish) ni ham
kamaytiradi, epileptogen o`choqlarda natriy ionlar o`tishiga to`sqinlik qiladi. Difenin
glyukortikoidlar hosil bo`lishini kamaytiradi, glyukokortikoidlar esa markaziy nerv
sistemasining ko`zg`aluvchanligini oshiradi. Difenin oshqozon-ichak shilliq qavatini
ta`sirlash xususiyatiga ega, jigar va buyrak kasalliklarida organizmda to`planishi
mumkin, shuning uchun bu moddani ushbu kasalliklarda qo`llash man etiladi. Uzoq vaqt
qo`llanganda oyoqqo`llar qaltirashi, ko`z og`rishi mumkin, bezovtalik, uyqusizlik yoki
uykuchanlik paydo bo`ladi. Milklar shishib ketishi mumkin, bunday hol paydo bo`lsa
difenin qo`llashni to`xtatish kerak. Qonda leykotsitoz hamda megaloblastik anemiya
hosil bo`lishi mumkin.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling