Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan


Download 0.79 Mb.
bet98/230
Sana08.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1756344
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   230
Bog'liq
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org

Diplatsin dixlorid 
(Diplacinum dichloridum). A ro‘yxatida. 2 % li eritmasi 5 ml
dan solingan ampulalar, o‘rovida 10 dona. Katta miqdorlarda sklet muskullarining
bo‘shashib turishiga sabab bo‘ladi. Jarrohlikda muskullarni bo‘shashtirish va ixtiyoriy
nafasni to‘xtatib qo‘yish uchun qo‘llaniladi.
2 % li eritma ko‘rinishida venadan yuboroladi. 2-2,5 soat davom etadigan
operalsiyalarda 2 % li eritmasi 20-35 ml miqdorida ishlatiladi.
Nojo‘ya ta’siri. Katta miqdorlarda yuborilganda arterial bosimning salgina
ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.
Ishlatishea yo‘l qo‘ymaydigan moneliklar. Miasteniya. Jigar va buyraklar
funksiyalari sezilarli darajada buzilgan mahallarda , shuningdek keksa odaralarga
ishlatishda ehtiyot bo‘lish zarur.
Adrenergik sinapslarda qo‘zg‘alish o‘tishiga tа’sir qiladigan moddalar. 
Adrenergik sinapslarda ta’sirlanishning postganglionar simpatik nervlarning
oxirlaridan effektor hujayralarga o‘tishi noradrenalin mediatori vositasida sodir bo‘ladi.
Noradrenalin nerv impulsi o‘tishiga javoban smaptik yoriqqa ozod bo‘lib chiqadi
va adrenoretseptorlar bilan o‘zaro ta’sirga kirishib, simpatik nervlarning ta’sirlanishi
uchun xos effektlar hosil qiladi.


Kimyoviy


moddalarga
sezuvchanligi
turlicha
bo‘lishiga
ko‘ra
adrenoretseptorlarning ikki turi: α va β turlari farqlanadi. β
-adrenoretseptorlar orasida β
1
-
va β
2
- adrenoretseptorlari tafovut qilinadi. Har bir organda retseptorlarning ikkala turi
bo‘ladi, biroq ko‘pincha ulardan biri ustunlik qiladi: α -adrenoretseptorlar - teri
tomirlarida, shilliq pardalar, buyrak- ichak me’da-ichak yollari sfinkterida, rangdor parda
mushagida, β
-adrenoretseptorlar - yurakda, bronx mushaklari, skelet mushaklarining
tomirlari, jigarda bo‘ladi. Uglevod almashinuvini idora etishda qatnashadigan funksional
aktiv strukturalar p-adrenoretseptorlar tipi bo‘yicha tuzulgan.
Adrenergetik sinapslarda qo‘zg‘alish o‘tishiga ta’sir qiladigan dori moddalari ikki
asosiy gruppaga: sinapslarda qo‘zg‘alishning o‘tishini osonlashtiradigan va uni
qiyinlashtiradigan gruppalarga bo‘linadi. Birinchi gruppaga adrenomirnetiklar,
ikkinchisiga esa adrenoblokatorlar va simpatolitiklar kiradi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling