Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan
Download 0.79 Mb.
|
Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ula-www.hozir.org
Benzogeksoniy
(Benzohexonium). В ro‘yxatida. Tabletkalarda 0,1 g dan 2 % li erilma holida va ampulalarda 1 ml dan. Gipertoniya kasalligi, endarteriit, me’daning yara kasalligi, bronxial astmaning ayrim formalarida qo‘llaniladi. Ichishga tabletkalarda 0,1 g dan sutkasiga 3-6 marla, teri ostiga va mushak orasiga 2 % li eritma holida sutkasiga 1-1,5 ml dan tayinlanadi. Gigroniy (Hygronium). Ta’siri qisqa davom eladigan ganglioblokator. Kukuni 10 ml li ampulalarda 0,1 g dan chiqariladi, o‘rovida 10 dona bo‘ladi. Sun’iy gipotoniya yuzaga keltirish uchun anesteziologiyada ishlatiladi. 0,1 % li eritmasi izotonik natriy xlorid eritmasida yoki 5 % li glyukoza eritmasida venadan yuboriladi . Nojo‘ya ta’siri. Qon bosimini birdan pasaylirib yuboradi. - Pirilen (Pirilenum). Ganglioblokator. 0,005 g dan tabletkalar, o‘rovida 20 dona. Gipertoniya kasalligi, gipertonik ensefalopatiya, periferik tomirlar spazmi, me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, homiladorlar toksikozida ishlatiladi. 0,0025- 0,005 g dan kuniga 3-4 mahal ichiladi. Bir martalik eng yuqori dozasi 0,01 g, kundalik dozasi 0,03 g. Nojo‘ya ta’siri. Ich qotib qolishi, dam bo‘lishi mumkin. Ishlatishga yo‘l qo‘ymaydigan moneliklar. Glaukoma, jigar va buyrak funksiyasi buzilgani, sezilarli darajadagi ateroskleroz, me’da va ichak atoniyasi. Pentamin (Pcntaminum). В ro‘yxatida. 5 % li eritmasi 1 ml dan ampulalarda chiqariladi, o‘rovida 10 dona. Faol ganglioblokator. Giperloniya kasalligi ( 1-11 bosqichlari ) va krizlari, periferik tomirlar, ichak va o‘t yo‘llari spazmlari, buyrak sanchig‘i, bronxial astma xurujlari. 5 % li eritmasi kuniga 2-3 marla 0,5-3 ml miqdorida muskullar orasiga yuboriladi. 1 martalik eng yuqori miqdori 5 % li eritmasidan 3 ml, kundalik miqdori 5 % li eritmasidan 9 ml. Nojo‘ya ta’siri. Umumiy darmonsizlik, bosh aylanishi, katta miqdorlarda ortostatik kollaps, og‘iz qurib turishi, qovuq atoniyasiga sabab bo‘lishi mumkin. Ishlatishga yo‘l qo‘ymaydigan moneliklar. Gipotoniya, jigar, buyrakning og‘ir parenximaloz kasalliklari, markaziy nerv sistemasidagi degenerativ o‘zgarishiar, tromboflebitlar. Kvateron ( Quateronum ). В ro‘yxatida. Faol ganglioblokator. Kukun, 0,02 g li tabletkalar, o‘rovida 50 dona. Gipertoniya kasalligi, endarteriit, me’daning yara kasalligi, bronxial astmaning ayrim shakllarida qo‘Ilaniladi, shuningdek stenokardiya xurujlarining oldini olish uchun ham ishlatiladi. Ovqatdan keyin 0,02-0,04 g dan kuniga 3-5 mahal ichish uchun buyuriladi. Katta yoshli odamlar uchun bir martalik eng yuqori miqdori 0,05 g, kundalik miqdori 0,2 g. Nojo‘ya ta’siri. Umumiy darmonsizlik, bosh aylanishi, katta miqdorlarda ortostatik kollaps, og‘iz qurib turishi, qovuq atoniyasiga sabab bo‘lishi mumkin. Ishlatishga yo‘l qo‘ymaydigan moneliklar. Gipotoniya, jigar, buyrakning og‘ir parenximatoz kasalliklari, markaziy nerv sistemasidagi degenerativ o‘zgarishiar, tromboflebitlar. Temexin ( Temechinum ). В ro‘yxatida. 50 donadan o‘ralgan 0,001 g li tabletkalar. Ancha kuchli ganglioblokator, gipotenziv ta’siri ham bor. Gipertoniya kasalligi va krizlari, perifcrik tomirlarning spazmlari, me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalliklarida ishlatiladi. Kuniga 2-4 mahal 0,001 g dan ovqatdan keyin ichiladi. Nojo‘ya ta’siri va ishlatishga yo‘l qo‘ymaydigan moneliklari gangliyalarni bloklovchi boshqa vositalar bilan bir xil. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling