Annotatsiyasi


Download 15.9 Kb.
Sana23.09.2023
Hajmi15.9 Kb.
#1685331
Bog'liq
ANNOTATSIYASI Esonturdiyev Jahongir


Plazmada ion tovushli to’lqinlarni sonli modellashtirish
mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi
ANNOTATSIYASI
Tayanch so‘zlar: Plazmada ion-tovushli to‘lqinlar, matematik modellashtirish,sonli hisoblash, gazlar dinamikasi, gidroaerodinamika, akustika, optika, plazma fizikasi, radiofizika, elektronika,Jahonda fizik, biologik
Tadqiqotning ob’yekti. sifatida sifatida plazmada ion-tovushli to‘lqinlar, shuningdek ko‘ndalang chegaralangan plazmadagi lengmur to‘lqinlari harakati tenglamasi olingan.
Ishning maqsadi: plazmada ion-tovushli to‘lqinlar, shuningdek ko‘ndalang chegaralangan plazmadagi lengmur to‘lqinlari harakatini ifodalovchi tenglamalar uchun qo‘yilgan boshlang‘ich-chegaraviy masalalarni sonli modellashtirish, spektral metod yordamida sonli yechish algoritmini ishlab chiqish va dasturiy ta’minotini yaratishdan iborat.
Tadqiqot metodlari: Dissertatsiyada Chebishev qatorlari bilan approksimatsiyalash, matritsalar nazariyasi, approksimatsiyalash va optimallash, differensial tenglamalarni sonli yechish, to‘r tenglamalarini yechish usullaridan foydalanilgan.
Olingan natijalar va ularning yangiligi: Tadqiqot natijalarining nazariy ahamiyati plazmada ion-tovushli to‘lqinlar, shuningdek ko‘ndalang chegaralangan plazmadagi lengmur to‘lqinlari harakatini ifodalovchi tenglamalar tadqiq etilganligi, evolyutsion tenglama uchun spektral metodning algoritmi ishlab chiqilganligi, differensial masalani modellashtirishda Chebishev ko‘phadlari qo‘llanilganligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati spektral metodning qurilganligi, sonli hisoblash sxemasi va dasturiy ta’minotining yaratilganligi, ulardan to‘lqinlarning turli muhitlarda tarqalishi, solitonlar nazariyasi, akustika, optika, plazmalar fizikasi, radiofizika, gazlar dinamikasi kabi nochiziqli masalalar uchun effektiv hisoblash tajribalarini o‘tkazishga imkon berishi bilan izohlanadi.
Plazmada ion-tovushli to‘lqinlar harakati dinamikasini tadqiq etilgan;
Plazmada ion-tovushli to‘lqinlar, shuningdek ko‘ndalang chegaralangan plazmadagi lengmur to‘lqinlari harakatini ifodalovchi tenglamalarni yechishda spektral metod algoritmi ishlab chiqilgan;
Amaliy ahamiyati Plazmada ion-tovushli to‘lqinlar harakati dinamikasini tadqiq etilgan;
Plazmada ion-tovushli to‘lqinlar, shuningdek ko‘ndalang chegaralangan plazmadagi lengmur to‘lqinlari harakatini ifodalovchi tenglamalarni yechishda spektral metod algoritmi ishlab chiqilgan;
Plazmada ion-tovushli to‘lqinlar, shuningdek ko‘ndalang chegaralangan plazmadagi lengmur to‘lqinlari harakatini ifodalovchi tenglamalar uchun tuzilgan spektral metod algoritmi asosida dasturiy ta’minot yaratilgan hamda hisoblash eksperimenti olib borilgan.

Tadqiq etish darajasi va iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotning ishlab chiqilgan ilmiy takliflari va amaliy tavsiyalari spektral-to'r metodining qurilganligi, sonli hisoblash sxemasi va dasturiy ta’minotining yaratilganligi, ulardan to'lqinlaming turli muhitlarda tarqalishi, solitonlar nazariyasi, akustika, optika, plazmalar fizikasi, radiofizika, gazlar dinamikasi kabi nochiziqli masalalar uchun effektiv hisoblash tajribalarini o'tkazishga imkon berishi bilan izohlanadi.
Qo‘llash sohasi: Jahon miqyosida olib borilayotgan ko‘plab ilmiy-amaliy tadqiqotlar, aksariyat hollarda, bino va inshootlarning konstruksiyalarini loyihalash, loyihalash jarayonida obyektga ta’sir etuvchi kuchlar natijasida bino hamda inshootlarning barqarorligini tahlil etish uchun turli matematik modellar qurishga to‘g‘ri keladi. Bu jarayonlar chiziqli yoki chiziqsiz bo‘lishi mumkin, bunday masalalarni sonli modellashtirish va taqribiy yechimlarini qurish, taqribiy yechimlarning aniqligi darajasini oshirish masalalari bino va inshootlarning konstruksiyalarini loyihalash, qurilish kabi sohalaradagi tadqiqotlaming obyektidir.
Download 15.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling