Annotatsiyasi


Download 7.86 Mb.
bet27/32
Sana06.10.2023
Hajmi7.86 Mb.
#1693135
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
XOLMURZAYEV

XULOSA
Surxondaryo viloyati ekoturizm resurslaridan foydalanishning iqtisodiy, samaradorlik yo‘llari” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi bo’yicha olib borilgan tadqiqot natijasida quyidagi xulosa, ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
1.Tadqiqotlar natijasida ekologik turizmni rivojlantirish orqali xorijlik
turistlar oqimini ko‘paytirish, ichki turizmga mahalliy aholini kengroq jalb qilish, turizm xizmatlari eksportini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratishda, turistik resurslarni turlarga va tasniflanishga ajratish, ularni o’zora bog’liq holda boshqarish, xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishda imkoniyat yaratadi.
2. Ekologik turizm sohasi, tabiiy resurslariga, innovasiya, investitsiyalar jalb qilib bir vaqta katta daromad olishga imkon beradigan yo’nalishga aylanib bormoqda. Ekoturizm ob’ektlarida aholini ish bilan ta’minlash, ijtimoiy muhofaza qilish, ekologik turizm zonalarida kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish orqali qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish, turistik infratuzilmalarni jahon talablariga javob beraoladigan moddiy – texnik, axborot–tahliliy bazasini yaratish, “Yashil iqtisodiyot” texnologiyalarini sohalarga faol joriy etish orqali 2026 yilga qadar iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foizga oshirish va havoga chiqariladigan zararli gazlar hajmini 20 foizga qisqartirish choralari ko‘rishga sharoit yaratadi.
3.Tadqiqot davomida turizm infratuzilmasini shakllantirishda ekoturistik resurslarning Surxondaryo viloyati iqtisodiyotidagi o‘rni o’rganildi. O’rganish natijasida ekoturizm resusrlari shahar tashqarisida joylashganligi, bu joylardagi turizm infratuzilmalarini yagona elektron reestrga kiritish tartibini joriy etish. Mavjud salohiyatlardan to’liq foydalanilib, iqtisodiy manfaati ko’rishida, mahalliy aholi tomonidan tabiatning noyob ne’matlarini saqlab qolishga erishiladi.
4.Surxondaryo viloyatidagi tog‘ va tog‘oldi turizm zonalarida tashkil qilingan tadbirkorlik sub’ektlarida masofaviy (onlayn) faoliyat ko‘rsatish imkoniyatlarini shakillantirish, hamda ularning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, litsenziya va boshqa ruxsat etuvchi hujjatlarni olish tartib-tamoillarini inobatga 73


olgan holda soddalashtirish. Turizmning, turoperatorlik, ekskursovod (gid) ishlarini tashlil etadigan faoliyat turlariga faqat malakaviy talablarni belgilash orqali bino va inshoot, xona, asbob-uskuna, texnika vositalari, boshqa jihozlar hamda ularga bo‘lgan shartlarni bekor qilish, turizm sohasini rivojlantirish imkoniyatlarini xolis baholashni iqtisodiy SWOT tahlilini oshiradi.
5. Surxondaryo viloyatidagi ekoturistik ob’ektlarning holatini baholashda 2022—2026 yillarga mo‘ljallangan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida ishlarning bajarilishni nazarda tutuvchi yangi tartibilar tahlil qilindi.Taraqqiyot strategiyasida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dasturlar asosida har yili barcha tuman va
shaharning muammo va imkoniyatlari chuqur o‘rgangan holda hududlar kesimida taraqqiyot dasturlari ishlab chiqildi.
6. Surxondaryo viloyatida ekoturizm infratuzilmasining rivojlanishi, ichki va xalqaro turizm tahlili shuni ko‘rsatdiki. Viloyat hududidagi turizm salohiyati yuqori bo‘lgan, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha doimiy ravishda yangi-yangi turizm hududlarnni o‘rganish va tahlil qilish natijasida ularni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
7. Hududlarda, ekoturizmni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda davlat boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning ijro etilishi jarayonini jamoatchilik tomonidan kuzatib borish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida muntazam e’lon qilib borish tizimi yaratildi.
8. Ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqishda, turizm sohasi rivojlangan

mamlakatlar

tajribasini

inobatga

olgan

holda

yo‘l

infratuzilmasini

takomillashtirish va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish ishlari o’rganildi.

Transport

infratuzilmasi

(yo‘lovchi

tashish

hajmi)ning

rivojlanishi

mehmonxonalar soni ko‘payishiga, umumiy ovqatlantirish va boshqa sohalarining soni sezilarli darajada ortishiga erishiladi.
9.Ekoturizm marshurutlarni ishlab chiqishda turistlar talabi bo‘yicha turistlarning xavfsizligini yaxshilashda, marshurut harakatini xalqaro standartlarga 74


moslashtirish, harakatni boshqarish tizimini to‘liq raqamlashtirish, harakatlanish uchun barcha ishtirokchilarga munosib sharoitlarni yaratish va xavfsizlikni

taminlashda

jamoatchilikning

ushbu

sohadagi

ishlarda

keng

ishtirokini

ta’minlashgaga e'tibor qaratishi kerak. Buni mahalliy politsiya va xavfsizlik ko’chlarini yaxshiroq tayyorlash, mintaqada har qanday tibbiy favqulodda vaziyatlarda sayyohlarga yanada yaxshi tibbiy muassasalar va xizmatlar ko'rsatishga e'tibor qaratish, turizm infratuzilmasining rivojlanishi, kiruvchi turistlar oqimi hamda mahalliy aholining respublika bo‘ylab sayohatga chiqishlar soni ko‘payishga, transport infratuzilmasining yaxshilanishi asosiy omillar degan xulosaga kelindi.

Download 7.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling