Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari fanidan “Tabiatdan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari”
Download 0.71 Mb.
|
Abbos
- Bu sahifa navigatsiya:
- TerDU__2022-2023 Topshirdi: ______________ Qabul qildi: ______________ REJA: KIRISH
- XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI GEOGRAFIYA TA`LIM YO`NALISHI 4-BOSQICH G319-GURUH TALABASI RO`ZIYEV ABBOSNING TABIATDAN FOYDALANISHNING GEOGRAFIK ASOSLARI FANIDAN “Tabiatdan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari” MAVZUSIDA YOZGAN KURS ISHI TerDU__2022-2023 Topshirdi: ______________ Qabul qildi: ______________ REJA: KIRISH 1. Tabiatdan foydalanishning ekologik va iqtisodiy samaradorligi 2.Tabiatdan noto'g'ri fodalanishning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash 3. Xududiy-ishlab chiqarish majmualari rivojlanishining iqtisodiy-ekologik strategiyasi 4. Tabiatdan foydalanish kontsepsiyasini qayta qurish 5. Iqtisodiy–ekologik barqaror rivojlanish XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Jamiyatning tabiatga ta’siri tobora kuchayib borayotgan sharoitlarda atrof tabiiy muhitni optimallashtirish (lot. optimus eng yaxshi) hamda inson va uning muhiti orasidagi o‘zaro ta’sir strategiyasini ishlab chiqish asosida tabiatdan foydalanish tizimini shakllantirish muammolari muhim ahamiyatga ega. Tabiiy resurslarning yalpi unumdorligi ularning rivojlanishi va tabiat bilan bo‘lgan aloqalarining asosini tashkil etadi. Muayyan landshaft doirasida amalga oshiriladigan tabiatdan foydalanish ijtimoiy ishlab chiqarish va tabiy muhit ta’siri hamda modda almashinuvini amalga oshirishning asosiy shaklidir. Tabiatdan foydalanish – tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, muhofaza qilish va qayta tiklashga qaratilgan turli faoliyatlar majmuasi bo‘lib, pirovardida atrof muhitga ta’sir ko‘rsatadigan hamda sanoat, qishloq xo‘jaligi, noishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik tadbirlarining keng va murakkab tizimidir. Bu tadbirlar tizimi inson xo‘jalik faoliyatining ham foydali, ham nomaqbul oqibatlarini o‘z ichiga oladi. Geografik qobiq doirasidagi tabiiy muhit - tabiatdan foydalanishning asosiy ob’yektidir. Tabiiy muhit kishilik jamiyati yashaydigan va inson xo‘jalik faoliyati jarayonida o‘zgartiriladigan muhit, ya’ni geografik qobiqning ijtimoiy rivojlanishining bevosita sharoiti bo‘lgan qismidir. Tabiatdan foydalanish muammosining o‘ziga xosligi uning ularning salohiyatini oshirishga doir tadbirlar bilan birga bo‘lishi zarur. Bu vazifa muammolarning ikkinchi majmuasiga – landshaftning mavjudligi jarayonlarini boshqarishga o‘tishni taqoza etadi. Chunki, tabiiy jarayonlarni uzluksiz ravishda qo‘llabquvvatlab turish va maqbul yo‘nalishda va zarur holatda tartibga solish madaniy landshaftni buzilgan landshaftdan farq qilishiga imkon beradi. P.N. G‘ulomovning fikricha madaniy landshaftlar bunyod etish uchun quyidagi talablar bajarilishi lozim: 1. Madaniy landshaftlar jamiyatning iqtisodiy, rekreatsion va estetik talablariga to‘liq javob berishi kerak. Kishilarning yashashi uchun ekologik sharoit eng qulay va atrof muhit musaffo bo‘lishi lozim. 2. Madaniy landshaft bir xil manzarali bo‘lmasligi kerak. Uning ichki xilma – xilligi landshaftda barqarorligi uchun muhim shartdir. Shuning uchun madaniy landshaftda ekinzorlar bilan daraxtzorlar va boshqa geosistemalar bo‘lishi zarur. Shunday qilib, madaniy landshaftlarda unumdorlik, iqtisodiy samaradorlik zarur shart – sharoit qulay, tabiiy muhit sog‘lom, musaffo va rangbarang bo‘lishi kerak. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling