Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari fanidan “Tabiatdan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari”
Download 0.71 Mb.
|
Abbos
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiiy sharoit va tabiiy resurslarga iqdisodiy geografik baho berish shkalasi.
Tabiiy sharoit va tabiiy resurslarga iqdisodiy geografik baho berish shkalasi. Izoh + +. tasir kuchli, + tasiri bor, -tasiri deyarli yo`q darajada. 2-Rasm Suv resurslarining ifloslanishi. 5. IQTISODIY–EKOLOGIK BARQAROR RIVOJLANISH 1992 yilning 3-1 iyunida Rio-de-Janeyro shaxrida jaxon davlatlari va xukumatlari raxbarlari ishtirokida BMT ning atrof - muxit va rivojlanishga bag`ishlangan konferensiyasida shunday yakdil xulosaga kelindi: agarda sivilizatsiyamizning taraqqiyot xarakteri o`zgartirilmasa, uni xalokat kutmoqda. Konferensiyada dunyoning 178 mamlakati raxbarlari qatnashdi. Konferensiya olamshumul axamiyatga ega bo`lgan »XXI asr uchun kun tartibi» nomli xujjat qabul qildi. Unda quyidagi bosh yo`nalish bayon etilgan: «1)qashshoqlik bilan kurash; 2) xozirgi texnosferada resurslardan foydalanishni kamaytirish; 3) biosferaning barqarorligini saqlab qolish; )siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy soxalarda qaror qabul qilishda tabiat qonuniyatlarini xisobga olish». Dunyo axolisining bir qismi och-yalang`och va ovqatga to`ymaydi. Ma`lumotlarga qaraganda, xozirda 1,5 mlrd. tilanchi va 0,5 mlrd. och-kambag`allar mavjud. Ularning soni yil sayin ortib bormoqda, axoli jon boshiga xar yili yetishtiriladigan g`alla miqdori kamaymoqda. Darvoqe, bu misollardan shunday xulosa chiqarish mumkin: dunyoda nafaqat ekologik tanglik xukm surmay, shuningdek, axolining iqtisodiy jixatdan ta`minlanganlik darajasi xam mutlaqo past. Rio-de-Janeyrodagi konferensiyada quyidagi so`zlar bir necha bor qaytarildi: 1)atrof - muxitga e`tibor bermagan iqtisodiy rivojlanish sayyoramizni cho`lga aylanishga olib keladi; 2) atrof - muxitni muxofaza qilishda iqtisodiy taraqqiyotga e`tibor bermaslik qashshoqlikka olib keladi, shuning uchun xam ekologik-iqtisodiy siyosatga o`tish zarur; 3) ijtimoiy adolatsiz dunyoda ekologik xavfsizlikni ta`minlash mumkin emas. Bu so`zlarning ma`nosi bitta jumla «barqaror rivojlanish» konsepsiyasida mujassamlashtirildi. «XXI asr uchun kun tartibi» dagi atrof - muxit va rivojlanish Deklaratsiyasida barqaror rivojlanish shunday ta`riflanadi: «jaxon davlatlari atrof - muxitni saqlash va rivojlantirishda xozirgi va kelajak avlodning extiyojlarini qondirish majburiyatini oladilar». Shundan kelib chiqqan xolda konferensiya Deklaratsiyasi barqaror rivojlanishni quyidagicha ifodaladi: «Xozirgi va istiqboldagi avlodni atrof muxitni saqlash va rivojlantirishda extiyojlarini qondirish barcha xududlarda bir xil darajada amalga oshirilishi strategiyasidan iborat». Mazkur konferensiya barqaror rivojlanish iqtisodiy va ekologik jixatdan taraqqiyot negizida amalga oshirilgandagina samarali bo`lishini aloxida uqtirdi. Bu tezisda katta ma`no bor, chunki agarda iqtisodiyot o`z yo`liga rivojlana bersa, ekologik muxit buzilish yo`nalishida taraqqiyot bosqichida orqaga qarab ketsa, jamiyat xalokatga yo`liqadi. Iqtisodiyot xududdagi tabiiy resurslar, mexnat boyligi –kadrlarga tayanadi, resurslar degradatsiyaga, atrof - muxit ifloslanishi natijasida mutaxassislar kasalliklarga mubtalo bo`lgan taqdirda jamiyatda qanday qilib iqtisodiy rivojlanish bo`lishi mumkin? Demak, ekologiya va iqtisodiyot xar doim bir-birini taqozo etadi, birining rivojlanishi ikkinchisini xam taraqqiyotga olib kelishi kerak. Bu tamoyil faqt unga to`g`ri, obyektiv va ishonchli tarzda qaralgandagina samarali bo`la oladi. Barqaror rivojlanishga erishish uchun olimlar quyidagilarni amalga oshirishini e`tirof etadilar: a) sayyora axolisi sonining tez fursatlarda barqarorlashuvi; b) iste`mol soxasida extiyojdan ortiqchasidan kechish; v) ishlab chiqarish soxasida xom ashyo va energiyaning o`rtacha sarfini kamaytirish; g) sanoat ishlab chiqarishi, energetika, qishloq xo`jaligi, transport va maishiy tarmoqlarni ekologiyalashtirish; d) ishlab chiqarishda qayta tiklanmaydigan resurslarni iloji boricha tiklanadigan boyliklar bilan almashtirishi; ye) atrof - muxit xolatini muttasil kuzatish; j) insoniyat oldidagi ekologik muammolarni yechish uchun fandan keng miqyoslarda foydalanish; z) yangi modeldagi taraqqiyot talablari barcha mamlakatlar tomonidan bajarilishini ta`minlash uchun ularni xalqaro (o`zaro kelishilgan tartib bo`yicha) va davlat (qonunchilik va iqtisodiy mexanizmlar yordamida) yo`li bilan tartibga solish va rag`batlantirish. Jaxon xamjamiyati doirasida resurslardan tejab-tergab foydalanish texnologiyasini tatbiq etish uchun moliyaviy, moddiy va mexnat resurslarini faqat bitta zaxirasi mavjud – bu dunyo miqyosida qurolsizlanish, barcha mamlakatlar bo`yicha xamma xarbiy sarf-xarajatlarni keskin kamaytirishdir. Ma`lumotlarga qaraganda, yiliga xarbiy xarajatlarga taxminan 1 trln. dollar sarflanadi, qo`liga qurol ushlagan eng navqiron 0 mln. kishi xarbiy xizmatda, xarbiy sanoat ishlab chiqarishida 20 mln kishi band (S.B.Shlixter,1996) . Barqaror rivojlanishga o`tishga ko`pincha Yerning mineral resurslari kamayib borayotganligi to`sqinlik qilmoqda, degan shov-shuvlar eshitilib turadi. Xaqiqatan xam dunyo iqtisodiyoti tabiiy resurslarni ko`plab ishlatadi va bu ishlatish koeffitsiyenti yildan - yilga ortib bormoqda. 1990-2010 yillar mobaynida dunyo axolisi 32 % ga ortishi va 7 mlrd. kishini tashkil qilishi bashorat qilinmoqda. Bu davrda qazilma yoqilg`iga bo`lgan talab 33 % ga ortishi, ya`ni 7,0 mlrd m3 neft ekvivalentidan 9,3 mlrd m3 ga ko`payishi taxmin qilinmoqda (B.N.Golubov, 1996). Jaxonda 90 % energiya iste`moli qayta tiklanmas xususiyatga ega mineral boyliklar xisobidan olinmoqda. Bu borada tiklanib turadigan energiya turlaridan foydalanish ekologik jixatdan to`g`ri va maqsadga muvofiqdir. Bular quyosh, daryo, shamol, dengiz to`lqinlari, suv qaytishi va ko`tarilishi, yer qa`ridagi termal suvlar energiyasi va b. . Bulardan foydalanish koeffitsiyenti xozircha ancha kichik, lekin istiqbolda ulardan foydalanish darajasi ortib borishi bashorat qilinmoqda. To`g`ri quyosh, suv, shamol energiyasi turlaridan foydalanish ayniqsa, beg`ubor, atrof - muxitga salbiy ta`siri juda xam kichik, uni xatto nazarda tutmasa xam bo`ladi, chunki ularni boshqarish inson qo`lida, eng muximi, atmosfera xavosi va suv xavzalari ifloslanmaydi, iqtisodiyot ikki tomonlama yutadi: 1) mineral resurs ishlatilmaydi; 2) atrof - muxitning musaffoligini saqlash uchun sarf-xarajatlar deyarli bo`lmaydi. Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkin, barqaror rivojlanishga faqat iqtisodiy va ekologik jixatdan tabiiy resurslardan oqilona va ilmiy asoslangan xolda chiqindisiz texnologiya, resurslarni tejab-tergab foydalanuvchi muxandislik jixozlari negizida amalga oshirilganda qadamba-qadam erishib boriladi. Eng muximi, sanoat, transport, qishloq xo`jaligi, rekreatsiya va maishiy chiqindilar me`yordan oshmasligi, ikkilamchi resurslar xam to`liq qayta ishlanib, ulardan tayyor maxsulotlar olinishi lozim. Axolining ekologik madaniyati va savodxonligi, iqtisodiy xisob-kitob, rentabellik, foyda va boshqa ko`rsatkichlar yuqori bo`lishi darkor. O`zbekistonda, umuman, Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish bo`yicha ma`lum ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada 1995 yil 10-20 sentabr kunlari BMTning «Orol dengizi xavzasining barqaror rivojlanishi» masalalariga bag`ishlangan konferensiyasida Tojikiston, Turkmaniston, O`zbekiston, Qirg`iziston va Qozog`iston Respublikalarining prezidentlari tomonidan imzolangan Nukus Deklaratsiyasi ular barqaror rivojlanish tamoyillariga sodiq ekanliklarini aniq ifodalaydi. 3-Rasm Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling