Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari fanidan “Tabiatdan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari”


TABIATDAN FOYDALANISH KONTSEPSIYASINI QAYTA QURISH


Download 0.71 Mb.
bet6/10
Sana05.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1273461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Abbos

4. TABIATDAN FOYDALANISH KONTSEPSIYASINI QAYTA QURISH
Tabiat bilan jamiyat o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni optimallashtirish masalalari naqadar murakkab va chigalligi fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishni muntazam taraqqiy qildirishga tatbiq etilishi bilan bog`liq. Inson tabiatdan keragicha va xatto undan xam ko`p xom ashyo xamda boyliklar olishga xarakat qiladi, lekin ularning o`rnini nima bilan to`ldirish lozimligini ko`p xollarda xayoliga xam keltirmaydi. Boz ustiga mineral xom ashyolarni qazib olish va ulardan zarur bo`lgan oz miqdordagi, aytaylik, metallarni ajratib olgandan so`ng bo`sh tog` jinslarini ma`lum joylarda yig`ib qo`yaveradi, keyin ulardan sun`iy «tog`lar» vujudga keladi. Yoki daryo suvlarini sug`orish maqsadlarida xaddan tashqari ko`p xajmda olib, extiyojdan ortiq qismi qaytgan, sifati buzilgan suvlar sifatida berk botiqlar va yana o`sha daryolarga qaytariladi. Binobarin, tabiatda mavjud bo`lgan birlamchi ekologik muvozanat buziladi, yangi vaziyat tarkib topadi. Albatta, bu jarayonda inson o`zi uchun zarur bo`lgan yutuqqa ega bo`ladi, ya`ni tayyor maxsulot yetishtiradi, ma`lum tovarlarni ishlab chiqaradi va xokazo. Lekin tabiiy muxit avvalgi xolatiga nisbatan jiddiy zarar ko`radi, chunki ko`p asrlik muvozanat va vaziyat buziladi, tabiatning qulay bo`lib kelgan sharoitlari izdan chiqadi, o`z-o`zini idora qilish xususiyatlariga ziyon yetadi. Bu insonning xo`jalikni yuritish an`anaviy usullari bilan obyektiv ravishda mavjud bo`lgan tabiiy muxit (biosfera) o`rtasidagi ziddiyatdir.
Aslini olganda tabiat ko`rayotgan zararning bir uchi insonga xam salbiy ta`sir etadi. Buni, odatda, tabiatning aks ta`siri, deb xam yuritiladi. Ma`muriy-buyruqbozlik xukm surgan tizimda paxta yakkaxokimligi sug`orma dexqonchilikka katta ziyon yetkazdi. Surunkasiga katta maydonlarda paxta yetishtirish tufayli yerning maxsuldorligi kamayib bordi. Chunki xar ga maydondan eng ko`p xosil yetishtirish maqsadida tuproqqa mineral o`g`itlar (500-600 kg gacha), xasharotlar, begona o`tlarga qarshi zaxarlilik darajasi yuqori bo`lgan turli pestitsidlar (xar ga ga 0-50 kg gacha) xaddan tashqari ko`p va muntazam ishlatildi. Natijada tuproqdagi gumus miqdori 0-50% ga kamaydi, chuvalchang va boshqa foydali mikroorganizmlar butunlay qirildi, tuproq o`z-o`zini tozalash va maxsuldorligini tiklash qobiliyatini yo`qotdi. Bu xususiyatlarni sun`iy ravishda tiklab turish uchun dexqonlar yerga ko`plab mineral o`g`it va boshqa kimyoviy ashyolar solishni kuchaytirdilar. Shu zayilda 60-80 - yillarda paxta va boshqa ekinlardan tegishli xosil olindi, davlat rejalari bajarildi. Jamiyat bu bilan o`z maqsadiga erishdi, lekin tabiiy muxit ulkan darajada ziyon ko`rdi.
Chunonchi, tekislikdagi voxalarda grunt suvlari satxi keskin ko`tarilib, yer betidan uning chuqurligi 1-3 m ni tashkil qildi. Grunt suvlari minerallashganligi tufayli tuproqda tuz to`planishi kuchaydi. Tog` oldi tuproqlari, ayniqsa och va oddiy bo`z tuproqlar mintaqasi qashshoqlashdi, eroziya va deflyatsiyaning xarakat maydonlari kengaydi. Voxalarda daryo va sug`orish kanallari, quduqlarning suvlari axoli ichishi uchun mutlaqo yaroqsiz xolga keldi. Boz ustiga daryolarga voxalarning qaytgan suvlari tashlanishi sug`orish jarayonida tuproqda tuz to`planishini tezlashtirishdi. Orolbo`yida esa xavodan tuz yog`ila boshladi.
Bu tabiiy-iqtisodiy o`zgarishlar xo`jaliklarga, xususan, davlatga qimmatga tushadi. Chunki yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash uchun tegishli uzunlikdagi kollektor-zovurlar tizimini bunyod etish, mavjudlarini muntazam tozalab, ishchi koeffitsiyentini rostlab turish taqozo etiladi. Umuman, sug`orma irrigatsiya massivlarini barqaror boshqarish uchun murakkab sug`orish-meliorativ tizimlarni bunyod etish, ulardan oqilona va samarali foydalanish lozim. Chunki boshqaruv darajasi va uning sifati, muntazamligi xamda keng qamrovligi voxaning qulay meliorativ rejimi (maromi)ni bir xil tarzda yoki sun`iy ravishdagi ekologik muvozanat xolida saqlashga xizmat qiladi. Zotan, bu murakkab muxandislik inshootlari va tadbirlari muayyan darajada sarf-xarajatlarni talab etadi. Agarda sarf qilinayotgan xarajatlar yig`indisini olinayotgan daromadlar bilan solishtirilsa buning nisbati unchalik katta ko`rsatkichdan iborat bo`lmasligi o`z-o`zidan ayon. Bunday xolni, ayniqsa, mashina usulida sug`orish tashkil qilingan xududlarda, masalan, Qarshi dashti, Buxoro va Qorako`l voxalari va boshqa suv nasos stansiyalari asosida tortib olinayotgan sug`orma yerlarda paxta va ekinlar tannarxi ancha qimmatga tushayotganligida yaqqol ko`rish mumkin. Inson ishlab chiqarish jarayonida tabiiy boyliklardan foydalanishning turli muddatlarga mo`ljallangan strategik rejalariga amal qilmasligi tufayli nobudgarchilikka yo`l qo`yishi oqibatida ancha pand yeydi, lekin vaqt o`tganligi sababli yuzaga kelgan nomaqbul xodisalar bilan murosa qilishga to`g`ri keladi. Resurslardan oqilona foydalanmaslik va uzoqni ko`ra olmaslik, puxta xisob - kitoblarga ega bo`lmay sodir bo`layotgan murakkab tabiiy-xo`jalik xodisalaridan boshqa resurslar xisobiga osonlik bilan tezda qutilishga inson o`rganib qolgan. Bu xol aslida keyinchalik boshqa xunuk bir (yoki guruxli) keng miqyosli xodisalarni keltirib chiqarishini u to`g`ri bashorat qila olmaydi. Tabiiy xodisalarning bir-birlari bilan uzviy bog`iqligini oldindan ko`ra olmaslik jamiyatga katta kulfatlar keltiradi, iqtisodiyotga jiddiy zarar yetkazadi, axolining sog`lig`ini yomonlashtiradi.
Masalan, 70-80 - yillarda Markaziy Osiyoda ko`plab yangi yerlar o`zlashtirilib, sug`orma dexqonchilik muomalasiga kiritildi. 1960 yilda jami sug`oriladigan yerlar 106 ming ga ni tashkil qilgan edi. Endilikda xammasi bo`lib 7,1 mln ga dan ziyod maydonda sug`orma dexqonchilik bilan shug`ullanilmoqda. Shuncha yerni sug`orish uchun o`lkada 105,2 km3 suv daryolardan olinmoqda, kollektor-zovurlar oqimi esa jami 33,9 km3 ni tashkil qiladi. O`rtacha xar gektar sug`oriladigan maydonga sarf qilinayotgan suv miqdori O`zbekistonda 1980 yildagi o`rtacha 18,7 ming m3 dan 1986 yilga kelib 13, ming m3 ga, 1996 yilda 12, ming m3 ga kamaydi. Lekin bu ko`rsatkich xali xam talabga javob bermaydi, paxta uchun sug`orish me`yori o`rtacha 7-8 ming m3 bo`lishi amalda tasdiqlangan.
Sug`oriladigan dexqonchilikning muttasil va keng miqyosda rivojlantirilishi natijasida O`zbekistonda kutilmagan tabiiy-antropogen xodisalar tarkib topa boshladi. 70-yillarda voxalarda vujudga kela boshlagan qaytgan suvlar irrigatsiyada asosiy muammo darajasiga ko`tarildi, chunki ularning xajmi yil sayin progressiv ravishda orta bordi. Qaytgan suvlar minerallashganligi tufayli sug`orishda foydalanishga yaroqsiz, daryolarga yana qaytadan tashlansa, ularning suvini ifloslaydi va sho`rligi oshishiga sabab bo`ladi, berk botiqlarga yuborilsa, suv bug`lanishga sarf bo`lib, isrofgarchilikka yo`l qo`yiladi. Shuning uchun xam qaytgan suvlar muammosi o`ta murakkab, xozirgi fan va texnika yutuqlari doirasida bu muammoni ijobiy xal qilish mushkul. Shuni xisobga olib, Respublika melioratsiya va suv xo`jaligi vazirligi (sobiq, xoxirgi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi) mutaxassislari ularning katta qismini Amudaryo va Sirdaryoga, kamroq qismini esa berk botiqlarga tashlashga jazm qilishdi. Shu tariqa daryolar suvining ifloslanish va minerallashuv darajalarining oshishi boshlandi, Markaziy Osiyoning tekislik qismidagi sho`rxokli botiqlarda sho`r ko`llar tarkib topa boshladi, Turon pasttekisligining qoq markazida joylashgan ulkan va noyob Orol dengizi quriy boshladi. Chunki unga daryolardan suvning kelishi borgan sari kamayib bordi.
Xullas, Turon o`lkasida 60-yillardan boshlab sug`orish ishlari mislsiz katta sur`atlarda taraqqiy qilishining ekologik oqibati shularga olib keldi. Bu xususda so`z ketganda, shunday tang, xalokatli ekologik vaziyatlarni tarkib topishini mutaxassislar bashorat qila olishgan edimi, degan mantiqiy savol tug`ilishi turgan gap. Eslatib o`tish kerakki, o`sha paytlarda Orol dengizi xavzasi suv resurslari bo`yicha ko`zga ko`ringan mutaxasssislar (V.L. Shuls, S.Y. Geller, V.N. Kunin, L.S. Litvak va b.) Orolning qurishi o`lka uchun unchalik qo`rqinchli emas, uning satxidan suv bug`lanishga bekorga sarf bo`lganidan ko`ra, sug`orma dexqonchilikni rivojlantirish afzalroq, shu boisdan dengizning mavjud bo`lishi shart emas, degan fikri asosida Orol muammosi xas-po`shlangan edi. Orolbo`yida axolining sotsial-iqtisodiy oqibatlarga duch kelishi, sanitariya-gigiyenik sharoitlarning og`irlashishi, turli kasalliklar va go`daklar o`limi keskin darajada ortishi kabi masalalar bo`yicha esa ekologik va sotsial-iqtisodiy bashorat ishlab chiqilmagandi. Amudaryo va Sirdaryoga kollektor suvlari tashlanishi natijasida sifati keskin o`zgarishi va ichish uchun mutlaqo yaramas xolga kelishi xam avvaldan chuqurroq xisob-kitob qilingan, ekologik ekspertiza ishlarini o`tkazish xech kimning xayoliga xam kelmagandi.
Berk botiqlarga tashlama suvlarning yuborilishi ularda baliqchilik taraqqiy etishiga asos bo`ladi, degan xayolda ish tutilib, katta maydonlardagi tabiiy yaylovlar suv ostida qolib ketishi bilan xech kim qiziqmagan. Faqatgina Aydar ko`li o`rnida xozirda 600 ming ga dan ziyod yaylov suv ostida qoldi. O`sha vaqtlarda sobiq Ittifoq xukumatiga jaxon bozorlarida chaqqon bo`lgan paxta tolasini ko`plab sotish va undan mo`may daromad olish xar qanday boshqa yumushlardan afzalroq edi, uni maxalliy axolining ichimlik suvisiz qolishi xech qiziqtirmagan, Orolning qurishi va uning ekologik xamda sotsial-iqtisodiy oqibatlariga mutlaqo e`tibor bermagan.
Endilikda sayyoraviy, xududiy va maxalliy ekologik muammolar tobora keng miqyosda shakllanayotgan bir paytda tabiatdan foydalanishning an`anaviy usulini qayta ko`rish vaqti yetdi, deb xisoblash maqsadga muvofiq. Avvalo, ekologik qayta qurish konsepsiyasi nimaga asoslanishi lozim? Bu borada ilmiy asoslangan konsepsiya mavjudmi? Bizningcha, bu borada quyidagi tamoyillarga asoslanish yuqori samara beradi.
Butun biosferani makro-geotizim deb qaralsa, uning bo`laklari (quruqliklar, okeanlar) mezotizimlar, quruqlikning ayrim bo`laklari xududiy geotizimlar, ularning qismlarini provinsiyali geotizim, undan so`ngra okrugli, rayonli, landshaftli geotizimlar va xokozolarga ajratish mumkin. Binobarin, biosfera bexisob geotizimlardan iborat, bu Yer kurasini geotizimlardan tashkil topganidan darak beradi. Xar bir geotizim yaxlit (o`sha xududda) tabiat, axoli va xo`jalik integratsiyasidan tashkil topgan. Boshqacha aytganda, xar bir geotizimdagi tabiiy sharoit va resurslar, axoli va xo`jalik bir-birlariga mos keladigan xususiyatlarga ega. Mazkur geotizim mikromajmua (fatsiya, maydon va joy) va makromajmua (landshaft, rayon) dan iborat bo`lishi mumkin, binobarin, geotizim mavqei, miqyosi va xususiyatlariga qarab uning resurslaridan faqat oqilona foydalanishni yo`lga qo`yish, bu borada ishlab chiqarishni berk yoki chiqindisiz texnologiya asosida rivojlantirish, tabiiy sharoit va resurslarning maxalliy xamda xududiy xususiyatlarini, albatta, xisobga olish zarur.
Bu geotizimli tamoyil tabiatdan foydalanishni bir xil tabiiy va ekologik xususiyatlarga ega bo`lgan xudud (geotizim) larda amalga oshirishni taqozo etadi. Ishlab chiqarishni deyarli bir xil tabiiy (ekologik) sharoitlarda amalga oshirishning ko`p afzalliklari bor; masalan, maxsulot ishlab chiqarishda ixtisoslashish, resurslarning bir-birlariga yaqinligi yoki bir xilligi, axolining joylashishi sanoat korxonalarini joylashtirishda, qishloq xo`jaligining ma`lum bir tarmoqlarini rivojlantirishda asqotadi. Tabiiy jarayon va xodisalarning barqaror boshqaruvida xam qulayliklar mavjud. Xullas, ishlab chiqarishni xududiy takomillashtirish borasida tabiatdan foydalanishning bu yangi konsepsiyasi o`ziga xos xususiyatlarga egaki, uni amalda sinab ko`rish va ijobiy xulosaga kelingan taqdirda istiqbolda keng miqyosda qo`llash maqsadga muvofiq.
1-Jadval


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling