Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari fanidan “Tabiatdan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari”
Insoniyatning tabiatga tasirining geografik oqibati, kesilgan daraxtlar, yerning o`pkasi zarar ko`rmoqda
Download 0.71 Mb.
|
Abbos
Insoniyatning tabiatga tasirining geografik oqibati, kesilgan daraxtlar, yerning o`pkasi zarar ko`rmoqda.
XULOSA Tabiatni muxofaza qilish va boyliklardan foydalanish ilmiy asosda boshqariladigan tabiat majmualarida amalga oshirilsa samaradorlikka erishiladi. Ekologik samaradorlikni ta`minlovchi qator tabiiy omillar mavjud. U xududning tabiiy sharoiti va resurslarining xususiyatlari bilan bog`liq. Iqtisodiy samaradorlikni ko`pincha sarf-xarajat va samara orasidagi o`zaro nisbat aniqlaydi. Tabiatdan noto`g`ri foydalanishning ekologik oqibati mavjud qulay vaziyatning jiddiy vaziyat bilan almashishida aniq ifodalanadi. Buning oqibatidagi iqtisodiy zararni, odatda, tabiiy resurslarning qashshoqlanishi, muomaladan chiqib ketishini pul vositasida belgilash katta axamiyatga molik. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirish xududning tabiiy-ekologik sharoitiga mos tushishi va uning xususiyatlaridan kelib chiqishi shart. Aks xolda turli nomatlub antropogen xodisa va jarayonlar avj oladi. Endilikda tabiatdan foydalanishning an`anaviy usulini qayta qurish vaqti yetdi. Shu bois geotizimli tamoyilga o`tish xar tomonlama kutilgan samara beradi. Ekologik vaziyat jiddiy bo`lgan xolatda jamiyatda iqtisodiy rivojlanish bo`lishi qiyin masala. Barqaror rivojlanishga erishish uchun qator muammolar, jumladan ekologik muammolarni yechish darkor. Tabiatdan foydalanishning asosiy maqsadi tabiiy muhitga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, aholining hayotiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida majmuali ta’sir ko‘rsatishni amalga oshirishdan iborat. Tabiatdan foydalanishning asosiy vazifalarini quyidagilar tashkil etadi: jamiyatning tabiiy resurslarga bo‘lgan va uzluksiz oshib borayotgan ehtiyojlarini qondirish; tabiiy resurslarni qayta tiklash, tabiiy muhitning mahsuldorligini oshirish uchun sharoitlar yaratish; tiklanmaydigan tabiiy resurslardan tejamkorona, oqilona foydalanish; atrof muhitni ifloslanishdan saqlash; landshaftlarni maqsadli o‘zgartirish. Tabiatdan foydalanishga doir vazifalarni amalga oshirish tabiatdan foydalanishning quyidagi eng muhim geografik tamoyillariga asoslanadi: 1) tabiiy resurslardan foydalanish sajiyasi va usullarining muayyan mahalliy sharoitlarga, ya’ni landshaft xususiyatlariga mosligi; 2) tabiatdan foydalanishning nomaqbul (noxush) oqibatlarini oldindan anglab yetish va imkoni boricha oldini olish; 3) tabiiy resurslarni o‘zlashtirishni intensivligini oshirish; 4) tabiatning (landshaftlarning) ilmiy va estetik qiymatini asrash; 5) tabiiy resurslardan xo‘jalikda maqsadga muvofiq, iqtisodiy jihatdan asoslangan navbatli foydalanishni saqlash; 6) tabiiy resurslardan xo‘jalikda foydalanishning majmuali sajiyasini e’tiborga olish; 7) qazib olishda, boyitishda va qayta ishlashda foydali qazilmalarni miqdor jihatdan yo‘qotilishini kamaytirish yoki bartaraf qilish; 8) ishlab chiqarishni har tomonlama “ekologiyalashtirish”ni ta’minlash. Adabiyotlarda “tabiatdan oqilona foydalanish” yoki “tabiatdan foydalanishni optimallashtirish tushunchalari keng qo‘llaniladi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling