«ANOR BANK» AJ «Stimul Layt» aksiyasini o‘tkazish qoidalari
«ANOR BANK» AJdan «Stimul Layt» aksiyasini o‘tkazishning ushbu Qoidalari (keyinchalik -
"Qoidalar") «ANOR BANK» AJning "Stimul Layt" aksiyasiga jismoniy shaxslarni qo‘shilishi va ishtirok
etishining umumiy tartibini belgilab beradi.
1. Atamalar va tushunchalar
Aksiya - «ANOR BANK» AJ kredit mahsulotlari bo‘yicha "Stimul layt" rag‘batlantiruvchi aksiyasi, u
yangi mijozlarni jalb qilishga va aksiyaning amal qilish davrida Bankning
mikroqarz olgan mavjud
mijozlarining sodiqligini oshirishga hamda bank xizmatlari iste’molchilarining
moliyaviy savodini
oshirishga qaratilgan. Aksiyada ishtirok etish davrida mikroqarzning
asosiy shartlardan farqlik
shartlarda mijozga xizmat ko`rsatish amalga oshiriladi.
Kreditlashning asosiy shartlari – bu aksiya shartlarini
hisobga olmagan holda,
mikroqarz
shartnomasi shartlari bilan belgilanadigan bank mijozlariga taqdim etiladigan asosiy (asosiy)
kreditlash shartlari.
Bank – «ANOR BANK» AJ aksiyadorlik jamiyati (litsenziya O‘zR MB №87 22 avgust 2020 y.,
joylashgan joyi: Toshkent, Mirzo Ulug‘bek tumani, Sayram 5-tor ko‘chasi, 4 uy).
Sayt – Bankning rasmiy internet-sayti www.anorbank.uz
Xizmatlar paketi - bu Aksiya amal qilishi davrida taklif qilinadigan rag‘batlantiruvchi shartlar, limitlar
va tariflar jamlanmasi.
Paket to‘lovi - ulanadigan to‘plam qiymatini belgilovchi, oldindan berilgan rozilik bo‘yicha Mijozning
hisobidan yechib olinadigan summa.
Aksiya ishtirokchisi - mazkur qoida tomonidan belgilangan mezonlarga muvofiq bo‘lgan xizmatlar
paketiga ulangan jismoniy shaxs, Bank mijozi.
Mikroqarz - bu
tuzilgan shartnomaga muvofiq, qonunchilikka zid bo‘lmagan
shartlarda,
Aksiya
doirasida to‘plamlar bo‘yicha
xizmatlarga kiritilgan, bank tomonidan Qarzdorga
- jismoniy shaxsga
beriladigan pul mablag‘lari.