«anor bank» aj «Stimul Layt» aksiyasini o‘tkazish qoidalari «anor bank»


Download 328.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/16
Sana24.01.2023
Hajmi328.93 Kb.
#1117738
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
StimulLayt uz

Hisob-kitob davri - bu xizmatlar (mikroqarz) bo‘yicha to‘lovning boshlanishidan keyingi sanasigacha 
teng bo‘lgan davr.
Bankning ish kuni - bankning ish vaqti yoki bank hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshiradigan va 
mijozlarga xizmat ko'rsatadigan davr. Bank bank ish kunining davomiyligini mustaqil ravishda 
belgilashga haqli, uning davomida amalga oshirilgan bank operatsiyalari ushbu sanaga to'g'ri keladi. 
Bir bank kunida amalga oshiriladigan butun operatsion va buxgalteriya sikli tegishli buxgalteriya 
hujjatlarida rasmiylashtiriladi va balans va balansdan tashqari hisobvaraqlar uchun kunlik balansda aks 
ettiriladi.
2. Umumiy qoidalar 
2.1. Aksiya ommaviy oferta shartlarida o‘tkaziladigan rag‘batlantiruvchi chora-tadbir hisoblanadi, u 
(mazkur Qoida bilan belgilangan shartlarga rioya qilinganda) aksiyada ishtirok etish davrida Mijoz 
tomonidan tanlangan Xizmatlar paketiga qarab mikroqarz shartnomasining asosiy shartlaridan farq 
qiladigan shartlarda kreditlash shartlarini qo‘llashni nazarda tutadi. 
2.2. Aksiya qoidalari Aksiya o‘tkazishning butun davri mobaynida saytda hamda boshqa ochiq 
manbalarda (Bankning tanlovi bo‘yicha) joylashtiriladi. 
2.3. Aksiya o‘tkazilishini yakunlash sanasi: ko`zda tutilmagan, muddatsiz. Shu o‘rinda, Bank Saytda 
ma’lumotni joylashtirib, uni istagan paytida bekor qilishi yoki to‘xtatib turishi mumkin. 
2.4. Aksiya Bankning "Daqiqalarda" kredit mahsulotiga qo‘llaniladi. 
2.5. Mazkur Qoidalarning qo‘llanilishi Mikroqarz taqdim etilishining majburiy sharti hisoblanmaydi. 
 
 


 
 
3. Aksiyani o‘tkazish qoidalari 
3.1. Aksiyada aksiya shartlariga rozilik bergan (ixtiyoriy ravishda) va Aksiya doirasida xizmatlar 
paketidan bittasini tanlagan mijozlar ishtirok etadi.
3.2. Xizmatlar paketi mazkur qoidalarning 6-bo‘limiga muvofiq taqdim etiladi. Tanlangan xizmatlar 
to`plamiga qarab, oylik to`lov qabul qilinadi. 
3.3. Xizmatlar paketi ulanish sanasidan boshlab butun hisob-kitob davrida amal qiladi. Tanlangan 
xizmatlar paketi uchun to‘lovni hisoblash va to‘lash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
3.3.1. Paket to`lovi hisob-kitob davrining boshida hisoblanadi. Agar Mijoz birinchi hisob-kitob davri 
boshida xizmatlar to‘plamidan bir ish kunidan ortiq foydalanmasa, paket uchun to‘lov hisoblanmaydi 
va undirilmaydi.; 
3.3.2.Hisoblangan paket to`lovini so‘ndirish sanasi mikroqarz bo‘yicha to‘lov sanasidan kechikmagan 
kunda belgilanadi; 
3.3.3. Agar paket to`lovi so‘ndirish sanasi bank ish kuni bo‘lmasa, unda so‘ndirish keyingi bank ish 
kuniga o‘tkaziladi. 
3.4. Aksiyada mijozning ishtirok etishi u ushbu Qoidalarga to‘liq rozi bo‘lganligini anglatadi. 
3.5. Mijoz xizmatlar paketini tanlash yo‘li bilan aksiyada ishtirok etadi, u aksiya qoidalari bilan tanishib 
chiqqanligini va rozi ekanligini tasdiqlaydi. 
3.6. Agar mijoz taqdim etilgan to‘plam doirasida xizmatlardan foydalanishni davom etsa, to‘plam 
bo‘yicha xizmat ko‘rsatish avtomatik tarzda uzaytiriladi.
3.7. Agar Xizmatlar paketini xarid qilish bo‘yicha navbatdagi sana kelgan kunda mijoz xizmatlar paketi 
bo‘yicha xizmatlardan foydalanmasa, unda amaldagi xizmatlar paketi faqat mijozning arizasi (ushbu 
qoidaning 1 ilova) bo‘yicha uzaytiriladi. 
3.8. Mijoz bir paketdan foydalanish davrida boshqa xizmatlar paketidan xam foydalanishga xaqli.
3.9. Mijoz Bankka tegishli murojaatni yo‘llab (ushbu qoidaning 2 ilovasi), aksiyada ishtirok etishdan 
rad etishi mumkin. 
3.10. Bank Mijozning arizasini, shu jumladan Mijozning Aksiyada ishtirok etishi bilan bog‘liq nizolar 
yuzaga kelgan taqdirda ko‘rib chiqadi, shuningdek, mijozga arizani ko‘rib chiqish natijalari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shu jumladan mijozning iltimosiga binoan yozma shaklda taqdim etadi. 
Bunday arizalar kelib tushgan kundan boshlab 5 (besh) kalendar kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda 
taqdim etadi.
3.11. Mijoz aktsiyaga ulangan kundan 15 (o'n besh) kalendar kun ichida aksiya shartlarida 
qatnashishdan rad etish huquqiga ega, shu bilan birga mijoz tomonidan birinchi oy davomida aktsiyada 
ishtirok etish uchun paket to`lovi to'lanmaydi. 
Mijozning Aksiyada ishtirok etishdan rad etilganda, Mikroqarz berishning individual shartlarida 
ko‘zda tutilgan asosiy shartlari qo‘llaniladi. 
Aksiya shartlariga ulangan kundan boshlab 15 (o'n besh) kalendar kun muddati tugagandan so'ng, 
aksiyada ishtirok etish uchun to'lov qaytarilmaydi va belgilangan tartibda to'lanadi. 
3.12. Quyidagi hollarda Bank aksiya va tanlangan xizmatlar paketi bo‘yicha xizmatlarni taqdim etishni 
rad etib, kreditlashning asosiy shartlarini qo‘llashi mumkin: 
3.12.1. qarzdor tomonidan bank paket to`lovlari va/yoki Mikroqarz to‘lovlari bo‘yicha 60 (oltmish) 
kalendar kunidan ortig‘iga muddati o‘tib ketgan qarzdorlikka yo‘l qo‘yilganida;
3.12.2. agar mikroqarzning yakuniy muddatidagi kun oxirida mikroqarz bo‘yicha so‘ndirilmagan 
qarzdorlik bo‘lsa; 
3.12.3. ulangan xizmatlar paketi doirasida berilgan mikroqarz bo‘yicha qarzdor tomonidan 
majburiyatlar buzilganda; 
3.12.4. Aksiya o‘tkazish davrida qarzdorning Bankdan olgan boshqa kreditlari/mikroqarzlari bo‘yicha 
muddati o‘tib ketgan qarzdorligini yuzaga kelganida. 
3.13. Aksiyaga Qo‘shilish/rad etish mijoz tomonidan shaxsan imzolangan arizalar shaklida (1-Ilova), 
SMS-xabarni tasdiqlash yo‘li bilan yoki Bank tomonidan taklif etilgan boshqa usulda 
rasmiylashtiriladi.



Download 328.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling