Kredit turlari va rasmiylashtirilishi
Download 84.78 Kb.
|
1523418450 70954
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kreditning ta’minlanganlik tushunchasi va uning ahamiyati.
Kredit turlari va rasmiylashtirilishi Reja: Kreditning ta’minlanganlik tushunchasi va uning ahamiyati. Kredit qaytarilishida garovning to’tgan o’rni. Kredit ta’minlanganligining asosiy shakllari Garovga olingan mulkni baholash va sug’urtalash. Kreditning ta’minlanganlik tushunchasi va uning ahamiyati. Iqtisodiy kategoriya sifatida kredit bir necha tamoyillarga ega Bular kreditning qaytib berishliligi kreditning muddatliligi kreditning ta’minlanganligi maqsadliligi va to‘lovlilik tamoyillaridir Biz ko‘rib o‘tmoqchi bo‘lgan tamoyili kreditning ta’minlanganligidir Bu tamoyil yordamida kreditning iqtisodiyotni rivojlanishida qiymat va moddiy ishlab chiqarish o‘rtasidagi bog‘liqlik ta’minlanadi Bu tamoyilning asosiy mohiyati shundaki bunda xo‘jalik aylanishida ishtirok etuvchi bank mablag‘larining har bir so‘miga muayyan miqdorda moddiy boyliklar qarama-qarshi turishi kerak Banklar tomonidan iqtisodiyot tarmoqlariga berilgan har qanday kreditlar to‘liq tovar-moddiy boyliklari bilan yoki ma’lum xarajatlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak Tarmoqlarga ta’minlanmagan kreditlarning berilishi bank kreditlarining bankka qaytib kelmasligiga asos bo‘ladi Bu o‘z navbatida bankning likvidligiga va pul muomalasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin SHuning uchun ham bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar tomonidan beriladigan kreditlarning tovar moddiy-boyliklari va xarajatlar bilan ta’minlangan bo‘lishiga alohida e’tibor berilmoqda Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar faoliyatidagi eng asosiy muammolardan biri berilgan ssudalarning qaytarilmasligidir Ushbu muammoni qisman hal etish ya’ni mijoz tomonidan kreditni qaytara olmaslik riskini kamaytirish yo‘llaridan biri mijoz mulkining ma’lum qismini berilgan kredit uchun garov sifatida talab qilishdir O‘zbekiston Respublikisining bank qonunchiligi tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar turli shakldagi ta’minlanganlikka ega bo‘lishi ko‘zda tutiladi. O‘zbekiston Respublikisining Fuqarolar kodeksining 259- moddasiga asosan qarzdorning majburiyatlarini garov, qarzdorning mulkini ushlab qolish, kafolat, va qonun bo‘yicha yoki shartnomada ko‘rsatilgan boshqa usul bilan ta’minlangan bo‘lishi mumkin. Bu ta’minotning qaysi birini tanlash majburiyat turiga bog‘liq. Aksariyat hollarda kredit va qarz shartnomasini bajarish bo‘yicha garov, kafolat qulay hisoblanadi. Qarz oluvchi kreditning ta’minlanganligi sifatida bir yoki bir necha turdagi ta’minlanganlikni qo‘yishi va uni kredit shartnomasida ko‘rsatishi mumkin. Kreditning ta’minlanganligi bo‘yicha garov kredit shartnoma bilan bargalikda rasmiylashtiriladi va unga albatta ilova qilinishi lozim. Jahon amaliyotida bank ssudalarini ta’minlashning o‘ta keng tarqalgan turlari quyidagilar hisoblanadi: er uy-joy; qimmatli qog‘ozlar; debitorlik qarzlari yig‘indilari; tegishli hujjatlar bilan birga taqdim etilgan tovarlar; sug‘urta polislari va boshqalar Er uy-joy va boshqa ko‘chmas mulk muhim ta’minlash ob’ekti bo‘lib hisoblanadi U hech qachon o‘z qiymatini to‘la yo‘qotmaydi SHu sababli, er uyjoy ishonchli garov hisoblanadi Qimmatli qog‘ozlar bank uchun ma’qulroq ta’minlash turi hisoblanadi CHunki qimmatli qog‘ozlarni fond bozorida osongina sotish mumkin bankda saqlash uchun xarajatlar talab qilinmaydi SHular bilan bir qatorda ularni sotish va sotib olishda ortiqcha rasmiyatchilikning yo‘qligi qimmatli qog‘ozlarning ta’minlanganlik ob’ekti sifatida ahamiyatini oshiradi Ayni vaqtda shuni esda tutish lozimki agar ta’minlanganlik sifatida aksiya olinayotgan bo‘lsa uning kursi keskin tebranishi mumkinligini kurs pasayganda zarar ko‘rishligini albatta inobatga olish lozim Debitor qarzdorlik yig‘iindisi deganda bu erda ochiq schyotlar bo‘yicha hisob-kitoblardagi qarzdorlik yig‘indisi tushuniladi Bu pul bankning mijozi jo‘natgan tovarlari uchun haridorlardan olishi lozim bo‘lgan puldir Bu turdagi ta’minlash ob’ekti jahon amaliyotida keng qo‘llaniladi Xom-ashyo materiallar va tayyor mahsulotlar ko‘pchilik davlatlarda xususan respublikamizdagi kreditning keng qo‘llaniladigan ta’minlanish ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi Sug‘urta qilinuvchi sug‘urta kompaniyasiga badal to‘lab boradi Sug‘urta muddati tugashi bilan mablag‘ to‘lagan shaxsga qaytarilishi mumkin Bank sug‘urta polisini yig‘ilgan badallar yig‘indisi mikdorida ta’minlanganlik uchun qabul qiladi Ishonchli kreditlar va ularning qaytarilishini ta’minlovchi birdan-bir garov shakli kredit shartnomasi bo‘lib hisoblanadi Kredit shartnomasi shartlarining bajarilishini kredit ta’minlanganligining sharti sifatida qabul qilish xorijiy banklar tomonidan cheklangan hajmda ishonchga sazovor bo‘lgan doimiy mijozlarni qisqa muddatda kreditlash jarayonida qo‘llaniladi O‘rta va uzoq muddatli kredit berishda ham berilgan kreditlarni sug‘urta qilish sharti bilan istisno tariqasida qo‘llanilishi mumkin Odatda sug‘urta qilish qarz oluvchi hisobidan amalga oshiriladi Bizning amaliyotimizda ba’zi hollarda tijorat banklari tomonidan o‘z sho‘‘balarini va muassasalarini kredit berishda shu usul qo‘llanilishi mumkin YAxshi ta’minlangan kreditlar Bunday kreditlar zamonaviy bank kreditining asosiy turi sifatida ta’minlangan ssudalar hisoblanadi Ta’minlanganlik sifatida qarz oluvchining har xil shakldagi mulki ko‘proq ko‘chmas mulki va uning ixtiyoridagi qimmatli qog‘ozlar boshqa mulk shakllari bo‘lishi mumkin qarz oluvchi o‘z majburiyatlarini bajara olmagan hollarda ta’minlanganlik asosi bo‘lgan mulk bank ixtiyoriga o‘tadi va bank uni sotib etkazilgan zararlarni qoplash huquqiga ega bo‘ladi Bank tomonidan berilayotgan kredit miqdori taklif etilayotgan ta’minlanganlikning o‘rtacha bozor narxidan past bo‘ladi va mulk bahosi tomonlarning kelishuvchi natijasida aniqlanadi Kreditlar sifatli aktivlar bilan aytaylik er yoki hukumatning qimmatli qog‘ozlari ya’ni davlat zayomlari bilan ta’minlangan bo‘lsa u holda ularning foiz stavkasi ta’minlanmagan kreditlarnikiga nisbatan past bo‘lishi mumkin CHunki bunda kreditni qaytarmaslik riski minimallashtirilgan bo‘ladi Xalqaro kreditlar oltin olmos platina kabi nodir metallar bilan ta’minlangan bo‘lsa ularning foiz stavkasi sezilarli darajada past bo‘ladi Kreditning ta’minlanganligi uchun qabul qilinadigan mulk tez sotiladigan oldin biror majburiyat bo‘yicha garovga qo‘yilmagan korxonaga tegishli bo‘lgan mulkni o‘z ichiga olishi kerak Bank ssudalarini tovar-moddiy boyliklari bilan to‘liq ta’minlanganligi pul muomalasining barqarorligini ta’minlaydi chunki bank mablag‘larining aylanishi ya’ni pullari naqd pulga va aksincha transformatsiyalanib turadi Ta’minlanganligi bo‘yicha kreditlar ta’minlanmagan va ta’minlangan kreditlarga bo‘linadi. Ta’minlangan kreditlar ta’minlanganlik xarakteriga qarab garovli, kafolatlangan, sug‘urtalangan va hokazolarga bo‘linadi. Ta’minlanmagan kreditlar ishonchli (blankali) deb ham ataladi va odatda faqat solo - veksel (qarz oluvchining ssudani qaytarish majburiyati) orqali taqdim etiladi. Ta’minlanmagan kreditlar qarz oluvchining obro‘sini hisobga olgan holda va uning daromadlari darajasini baholashdan so‘ng‘ina beriladi. Kreditning sifati past bo‘lganda ham u ta’minlanmagan kredit deb yuritiladi va bunda kreditlar bo‘yicha kreditning qaytmaslik riski yuqori bo‘ladi. Kreditning ta’minlanganlik tushunchasi, bu xujalik aylanmasida ishtirok etuvchi bank mablaglarining xar bir sumiga muayyan moddiy boyliklarning bir sumi karama-karshi turishi kerak. Banklar tomonidan xalk xujaligi tarmoklariga berilgan kreditlar tulik tovar moddiy boyliklari va ma’lum xarajatlar bilan ta’minlangan bulishi kerak. Tarmoklarga ta’minlanmagan bank kreditlarining berilishi bank kreditlarining bankka kaytib kelmasligiga asos hisoblanadi. Bu uz navbatida, bankning likvidligiga va pul muomalasiga katta ta’sir kursatadi. SHuning uchun xam, bozor iktisodiyoti sharoitida banklar tomonidan beriladigan kreditlarning tovar moddiy boyliklar va xarajatlar bilan ta’minlangan bulishiga muxim e’tibor berilmokda. Xozirgi sharoitda bu jarayonning amalga oshirilishini kuyidagicha ifodalash mumkin: Kredit olayotgan korxona bankka tovar yoki tovar xujjatlarini, boshka biror shakldagi mulkni garovga kuyadi. Agarda bank bergan kredit karz oluvchi tomonidan uz vaktida bankka kaytarilmasa, bank tovarni sotish hisobidan karz urnini koplash xukukiga ega buladi. Ba’zida kredit varrant asosida xam berilishi umkin. (Varrant – garov uchun xizmat kiluvchi xujjat). Bunda kreditor berayotgan krediti tovar modiy boyliklar bilan ta’minlanganligiga ishonch xosil kilishi kerak. Bank ssudalarining tovar moddiy boyliklar bilan ta’minlanganligi pul muomalasining barkarorligini ta’minlaydi, chunki bank aylanmasidagi pullar nakd pulga transformatsiyalanib turadi. Xulosa kilib aytganda, kreditning ta’minlanganligi karz oluvchi uziga olgan majburiyatlarni buzish sharoitida karz beruvchining mulkdorlik manfaatlarini ximoya kilishni ta’minlaydi va kreditni biror garov yoki moliyaviy kafolat asosida berishda uzining amaliy aksini topadi. Bu umumiktisodiy barkarorlik davrida, ayniksa, muximdir. Kreditning ta’minlanganligi deyilganda, berilgan kreditning qaytarilishi aniq moddiy kiymatliklar, pul xarajatlari yoki pul mablag‘larini olishga bo‘lgan huquq bilan kafolatlanganlik bulishi tushuniladi. Kreditning ta’minlanganligi amaliyotda garov ob’ektini tegishli tartibda rasmiylashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ayrim xollarda, masalan, yirik mijozlarga kredit berilayotganida garov sifatida anik shaklga ega bulgan garov ob’ekti emas, balki aktivlarning umumiy summasi olinishi mumkin. Rivojlangan xorijiy davlatlar bank amaliyotida asosan ta’minlanmagan kreditlar beriladi. Ular blankli kreditlar deb ataladi. Blankli kreditlar berishni keng tarkalganligining asosiy sababi kuyidagilar: Tijorat banklarida mijozlarning mulkiy va moliyaviy xolatini baxolash tizimi yukori darajada rivojlangan. Kreditlarni garov ta’minoti bilan ta’minlash ortikcha xarajatlarni va kushimcha vaktni talab kiladi. Garov ta’minoti sifatida olingan ob’ektlar baXosining pasayish xavfi doimo sakalnib koladi Kreditlarni garov ta’minoti bilan ta’minlashning asosiy sababilari, bu mamlakatlardagi iktisodiy va siyosiy nobarkarorlik tufayli mijozlarning pul okimi zaif va nobarkarordir. Bizga ma’lumki, kredit garov ob’ekti bilan ta’minlanmagan takdirda, uni kaytarishning yagona manbai bo‘lib mijozning pul okimi hisoblanadi. Pul okimi kanchalik zaif va nobarkaror bulsa, kreditning kaytmaslik extimoli shunchalik yukori buladi. Mijozlarning kredit tarixini urganish amaliyoti shakllanmaganligi sababli kredit riski yukori buladi. tijorat banklarida mijozlarning moliyaviy va mulkiy xolatini baxolash tizimi rivojlanmagan buladi. Download 84.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling