Kredit turlari va rasmiylashtirilishi
Moliyaviy vositalarning ta’minot sifatiad qabul qilinishi
Download 84.78 Kb.
|
1523418450 70954
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘yilgan ta’minot qiymatining bank tomonidan qabul qilish miqdori foizda
Moliyaviy vositalarning ta’minot sifatiad qabul qilinishi
Ta’minot turlarining baholash tamoyillari quyida o‘z ifodasini topgan. Uchinchi shaxslarning kafilligi ta’minot turi sifatida qabul qilinganda garov ob’ektini baholashga qo‘yilgan talab yuridik shaxslar uchun moliyaviy hisobotlar asosida hisob – kitoblarga asoslanishi va jismoniy shaxslar uchun doimiy daromad manbasiga ega bo‘lishi talab etiladi va qo‘yilgan ta’minot qiymatining bank tomonidan qabul qilinishi 100 foiz miqdorida bo‘lishi belgilangan; Bankning yoki sug‘urta kompaniyasining kafolati ta’minot turi sifatida qabul qilinganda garov ob’ektini baholashga qo‘yilgan talab Moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlari asosida kafolatchi reyting darajasining talab darajasida bo‘lishi talab etiladi va qo‘yilgan ta’minot qiymatining bank tomonidan qabul qilinishi 100 foiz miqdorida bo‘lishi belgilangan; Erkin er maydoni (bog‘ va qurilish maydonlari) ta’minot turi sifatida qabul qilinganda: Baholovchi agent ta’minot ob’ektining bozor bahosidan 1 yil ichida olinadigan foizlarni chegirib tashlashi lozim, chunki ta’minot xuquqini tez realizatsiya qilib bo‘lmaydi. Garov ob’ektini bank hisobiga o‘tkazish va uni sotish yuzasidan sudning qarori chiqquncha 1 yil muddat o‘tishi mumkin. Garov ob’ektini sotib olish qiymatidan (bitim 1 yil muddatdan keyin tuzilmagan bo‘lsa) 1 yil ichida olinadigan foizlarni chegirib tashlash lozim, chunki ta’minot xuquqini tez realizatsiya qilib bo‘lmaydi. Garov ob’ektini bank hisobiga o‘tkazish va uni sotish yuzasidan sudning qarori chiqquncha 1 yil muddat o‘tishi mumkin. v) bank jarayoni orqali odatiy baholash. Bunda baholash qiymatidan 1 yil ichida olinadigan foizlarni chegirib tashlash lozim, chunki ta’minot xuquqini tez realizatsiya qilib bo‘lmaydi. Garov ob’ektini bank hisobiga o‘tkazish va uni sotish yuzasidan sudning qarori chiqquncha 1 yil muddat o‘tishi mumkin. Bunda qo‘yilgan ta’minot qiymatining bank tomonidan qabul qilinishi garov bahosining maksimal 50% i miqdorida bo‘lishi belgilangan. - Tadbirkorlik faoliyatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan mulklar (do‘kon, sex va ofis binolari) ta’minot turi sifatida qabul qilinganda: Baholovchi agent ta’minot ob’ektining bozor bahosidan 1 yil ichida olinadigan foizlarni chegirib tashlashi lozim, chunki ta’minot xuquqini tez realizatsiya qilib bo‘lmaydi. Garov ob’ektini bank hisobiga o‘tkazish va uni sotish yuzasidan sudning qarori chiqquncha 1 yil muddat o‘tishi mumkin. Garov ob’ektini sotib olish qiymatidan (bitim 1 yil muddatdan keyin tuzilmagan bo‘lsa) 1 yil ichida olinadigan foizlarni chegirib tashlash lozim, chunki ta’minot xuquqini tez realizatsiya qilib bo‘lmaydi. Garov ob’ektini bank hisobiga o‘tkazish va uni sotish yuzasidan sudning qarori chiqquncha 1 yil muddat o‘tishi mumkin. v) bank jarayoni orqali odatiy baholash. Bunda baholash qiymatidan 1 yil ichida olinadigan foizlarni chegirib tashlash lozim, chunki ta’minot xuquqini tez realizatsiya qilib bo‘lmaydi. Garov ob’ektini bank hisobiga o‘tkazish va uni sotish yuzasidan sudning qarori chiqquncha 1 yil muddat o‘tishi mumkin. Bunda qo‘yilgan ta’minot qiymatining bank tomonidan qabul qilinishi garov bahosining maksimal 80% i miqdorida bo‘lishi belgilangan. - Qurilish maydonlari (tadbirkorlik maqsadlariga mo‘ljallangan) ta’minot turi sifatida qabul qilinganda: Baholovchi agent ta’minot ob’ektining bozor bahosidan 1 yil ichida olinadigan foizlarni chegirib tashlashi lozim, chunki ta’minot xuquqini tez realizatsiya qilib bo‘lmaydi. Garov ob’ektini bank hisobiga o‘tkazish va uni sotish yuzasidan sudning qarori chiqquncha 1 yil muddat o‘tishi mumkin. Garov ob’ektini sotib olish qiymatidan (bitim 1 yil muddatdan keyin tuzilmagan bo‘lsa) 1 yil ichida olinadigan foizlarni chegirib tashlash lozim, chunki ta’minot xuquqini tez realizatsiya qilib bo‘lmaydi. Garov ob’ektini bank hisobiga o‘tkazish va uni sotish yuzasidan sudning qarori chiqquncha 1 yil muddat o‘tishi mumkin. v) bank jarayoni orqali odatiy baholash. Bunda baholash qiymatidan 1 yil ichida olinadigan foizlarni chegirib tashlash lozim, chunki ta’minot xuquqini tez realizatsiya qilib bo‘lmaydi. Garov ob’ektini bank hisobiga o‘tkazish va uni sotish yuzasidan sudning qarori chiqquncha 1 yil muddat o‘tishi mumkin. Bunda qo‘yilgan ta’minot qiymatining bank tomonidan qabul qilinishi garov bahosining maksimal 80% i miqdorida bo‘lishi belgilangan. Ijaraga beriladigan ko‘chmas mulk (turar joy) ta’minot turi sifatida qabul qilinganda shartnoma asosida har yili kelishiladigan ijara xaqi uzoq muddatli investitsiyalarning kapitalizatsiya qilinadigan foiz summasi miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda, baholash summasi qiymatidan 1 yil ichida olinadigan foizlarni chegirib tashlash orqali aniqlanadi, chunki ta’minot xuquqini tez realizatsiya qilib bo‘lmaydi. Garov ob’ektini bank hisobiga o‘tkazish va uni sotish yuzasidan sudning qarori chiqquncha 1 yil muddat o‘tishi mumkin. (kapitalizatsiyaning bu omili rahbariyatning qaroriga asosan vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi) Bunda qo‘yilgan ta’minot qiymatining bank tomonidan qabul qilinishi garov bahosining maksimal 50% i miqdorida bo‘lishi belgilangan. Ijaraga berilgan ko‘chmas mulk (tadbirkorlik maqsadlariga mo‘ljallangan) ta’minot turi sifatida qabul qilinganda SHartnoma asosida har yili kelishiladigan ijara xaqi uzoq muddatli investitsiyalarning kapitalizatsiya qilinadigan foiz summasi miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda, baholash summasi qiymatidan 1 yil ichida olinadigan foizlarni chegirib tashlash orqali aniqlanadi, chunki ta’minot xuquqini tez realizatsiya qilib bo‘lmaydi. Garov ob’ektini bank hisobiga o‘tkazish va uni sotish yuzasidan sudning qarori chiqquncha 1 yil muddat o‘tishi mumkin. (kapitalizatsiyaning bu omili rahbariyatning qaroriga asosan vaqtivaqti bilan o‘zgarib turadi). Bunda qo‘yilgan ta’minot qiymatining bank tomonidan qabul qilinishi garov bahosining maksimal 80% i miqdorida bo‘lishi belgilangan. Dastgox, uskuna va jixozlar (asosiy vositalar) ta’minot turi sifatida qabul qilinganda: kompyuter vositalari. Sotib olish bahosi (uskuna) minus 20% yillik amortizatsiya (eskirish qiymati) (sotib olingan yilni hisobga olgan holda). ko‘chmas dastgox (uskuna). Sotib olish bahosi minus 20% yillik eskirish qiymati. v) transport va harakatlanuvchi vositalar. Sotib olish bahosi minus 20% (engil transport) yoki 15% (ogir transport) yillik qiymati eskirishi. Bunda qo‘yilgan ta’minot qiymatining bank tomonidan qabul qilinishi garov bahosining maksimal 80% i miqdorida bo‘lishi belgilangan. Zargarlik buyumlari va qimmatbaho metallar ta’minot turi sifatida qabul qilinganda ta’minot qiymatining bank tomonidan qabul qilinishi 60 foiz miqdorida bo‘lishi belgilangan; Olinishi kutilayotgan bank o‘tkazmalari ta’minot turi sifatida qabul qilinganda ta’minot qiymatining bank tomonidan qabul qilinishi 80 foiz miqdorida bo‘lishi belgilangan. Download 84.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling