Anorganik birikmalarning sinflariga doir mashq va masalalar
Anorganik moddalarning eng muhim sinflari
Download 196 Kb.
|
2-amaliy mashgulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kislota, asos va tuzlarning formulalarini tuzish Kislotalar
- Mustaqil yechish uchun mashq va masalalar.
- Oksid H 2 0 Na0H H 2
- «ChARXPALAK»
- Oksid,asos.kislota,tuz Formulalari Anorganik birikmalar siniflari
- Oksid Asos kislota
Anorganik moddalarning eng muhim sinflari
orasida genetik bog‘lanish 7-misol. Quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun zarur reaksiya tenglamalarini yozing: FeCl2 Fe(OH)2 FeO Fe Fe FeCl3 Fe(OH)3 Fe2O3 Yechish: Fe + 2HCl = FeCl2 + H2 FeCl2 + 2NaOH = Fe(OH)2 + 2NaCl Fe(OH)2 FeO + H2O FeO + H2 = Fe + H2O 2Fe + 3Cl2 = 2FeCl3 FeCl3 + 3KOH = Fe(OH)3 + 3KCl 2Fe(OH)3 Fe2O3 + 3H2O Fe2O3 + 3CO = 2Fe + 3CO2 8-misol . Kaliy, fosfor, mis (II)-nitrat, suv va bu moddalarning o‘zaro ta’siridan olingan moddalardan foydalanib o‘ndanortiq turli xildagi moddalar hosil qilish uchun zarur reaksiya tenglamalarini yozing. Yechish:Topshiriqni bajarish uchun quyidagi jadvalni tuzib olish maqsadga muvofiq.
Kislota, asos va tuzlarning formulalarini tuzish Kislotalar. Metallarga o‘rnini beradigan vodorod atomlari va kislota qoldiqlaridan iborat murakkab moddalardir. Vodorod atomi bir valentlik, kislota qoldig‘i esa shu kislotadagi vodorod atomlari soni barobarida valentlikka ega.
Asoslar.Metall atomlariga birikkan gidroksid guruhlari (OH) dan iborat murakkab moddalardir. Gidroksid guruhlari bir valentlik. Metall atomlarini valentliklari nechaga teng bo‘lsa o‘shancha gidroksil guruhlarini biriktirib oladi. Me(OH)n---- KOH, Mg(OH)2, Al(OH)3
Masalan: Aluminiy sulfatning formulasini tuzishdaaluminiyning uch valentliligini, kislota qoldig‘i (SO4) ikki valentli ekanligini bilish zarur. AlSO4 Al(SO4) AlIII(SO4)II Al2(SO4)3
Mustaqil yechish uchun mashq va masalalar. 1.Ohaktoshni qizdirish yo‘li bilan olinadigan oksidning ishlatilish sohalarini ko‘rsating. 2.Quyidagi oksidlarning qaysi birida kislorodning massa ulushi eng ko‘p? Cu2O, CuO, (CuOH)2CO3. 3.Quyidagi jadval asosida berilgan oksidlarning kimyoviy hossalarini ko‘rsating. Reaksiya tenglamalarini yozing. Har bir reaksiyani izoxlang.
4.Quyidagi moddalar yondirilganda qanday oksidlar hosil bo‘ladi? CH4, H2S, PH3, C2H2, NH3. 5.Quyidagi oksidlarga mos keluvchi asoslarning formulasini yozing va nomlang? Li2O, BaO, SrO, SnO, Mn2O3, PbO2, Fe2O3. 6.Tarkibi quyidagicha bo‘lgan asoslarni formulalarini yozing va nomlang: a) Mn - 61,8%, O - 36,0%, H - 2,3% b) Pb - 75,3%, O - 23,2%, H - 1,5% 7.Kaliy gidroksidni qanday usullar bilan olish mumkin? Zarur reaksiya tenglamalarini yozing. Cu(0H)2 ni ham shu usullar bilan olsa bo‘ladimi? Cu(0H)2 ni qanday usullar bilan olish mumkin? 8.Quyidagi oksidlarga mos keluvchi asoslarning formulasini yozing va nomlang? Li2O, BaO, SrO, SnO, Mn2O3, PbO2, Fe2O3. 9.Tarkibi quyidagicha bo‘lgan asoslarni formulalarini yozing va nomlang: a) Mn - 61,8%, O - 36,0%, H - 2,3% b) Pb - 75,3%, O - 23,2%, H - 1,5% 10Kaliy gidroksidni qanday usullar bilan olish mumkin? Zarur reaksiya tenglamalarini yozing. Cu(0H)2 ni ham shu usullar bilan olsa bo‘ladimi? Cu(0H)2 ni qanday usullar bilan olish mumkin? 11.Tarkibi quyidagicha bo‘lgan kislotalarning formulalarini toping va nomlang. a) H - 2,1%, N - 29,8%, O - 68,1% b) H - 2,4%, S - 39,1%, O - 58,5% 12.Quyidagi oksidlarga muvofiq keladigan kislotalarni formulalarini yozing va nomlang. SiO2, As2O5, CrO3, Mn2O7 13.Quyidagi jadvalda belgilangan moddalarning o‘zaro ta’sirlashuv reaksiyasi tenglamasini yozing:
14.Sulfid kislotani olinish usullari qanday? Zarur reaksiya tenglamalarini yozing. 15.Quyidagi fosforli o‘g‘itlarni qaysi birida ozuqa elementi P2O5 ni massa ulushi kop? CaHPO4 va Ca(H2PO4)2 16.Rux sulfat tuzini qanday usullar bilan olish mumkin. Mumkin bo‘lgan barcha usullarni amalga oshirish uchun zarur reaksiyalarning tenglamalarini yozing. 17.Tarkibi quyidagicha bo‘lgan tuzning formulasini keltirib chiqaring va nomlang. Ca – 29,7%, H – 0,735%, P – 22,77%, O – 47,05% 18.Quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun zarur reaksiya tenglamalarini yozing: a) CuSO4 Cu(OH)2CuO Cu b) Fe FeCl2 Fe(NO3)2 Fe(OH)2FeO Fe d) FeFeCl3 Fe(OH)3 Fe2O3 FeFeSO4 e) P P2O5 H3PO4 Ca3(PO4)2 g) CCO2 CaCO3 CaOCa(OH)2 Ca(HCO3)2 h) CaCO3 Ca(HCO3)2 CuCO3 CO2 CaCO3 i) NaNaHNaOHNaNO3 j) (CuOH)2CO3 CuOCuSO4 Cu(OH)2 CuOCu AlCl3 k) AlAl2(SO4)3 Al(OH)3 Na3AlO3 19.Ammoniy xlorid tuzini kamida to‘rt xil usul bilan hosil qilishga imkon beruvchi reaksiya tenglamalarini yozing.
Download 196 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling