Anorganik kimyo 3-daraja X tuzini suvda eritganimizda M


Download 0.85 Mb.
bet10/11
Sana17.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1544286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Zeyfman(Hoshimov H)

A1 va B1 ni hosil qiladi. Ushbu xloridlarda ham Me ning massa ulushi bir xil. Faqat suyuqlanish temperaturasi bilan farq qiladi. O2 atmosferasida qizdirganimizda A va B oksidlari oksidlanishga moyil. Lekin, B oksidini qizdirganimizda, dastlab tarkibida 90,08% Me bo’lgan B2 oksidi, keyinchalik tarkibida 88.61% Me bo’lgan B3 oksidini hosil qiladi. A oksidi oksidlanish jarayonida oraliq moddani hosil qilmaydi. Birikmalarni toping. Sanoatda olingan A oksidining tarkibida 91,35% gacha Me bo’ladi. Me ning miqdori ko’pligi sababini tushuntiring.

48.


ANORGANIK KIMYO 2-DARAJA

  1. Me galogenid na’munasini har xil X gazlarining to’ki ostida qizdirildi va qoldiq tortib ko’rildi. Quyidagi jadvalda qoldiq massasi dastlabi modda massasini necha foizini tashkil etishi berilgan.

Gaz X

Cl2

O2

HF

Ar

H2O

NH3

Qoldiq(%)

0

12,94

67,96

38,51

51,78

40,13

Dastlabki galogenidni toping va reksiya tenglamalarini yozing.

Yechish: Galogenid Cl2 bilan ta’sirlashmagan. Demak, u metall xlorid bo’lgan. Bu metall xloridni HF bilan reaksiyasini quyidagicha yozish mumkin:

MeClx + xHF = MeFx + xHCl

Ekvivalentlar qonunidan foydalanib, Me ning ekvivalentini topamiz:



Me+19/Me +35.5=0,6796 Me =16. Bu metall 3 valentli bo’lsa, Ti ga to’g’ri keladi. Boshqa gazlar bilan quyidagicha reaksiyaga kirishadi:

4TiCl3 + O2 = TiO2 + 3TiCl4


2TiCl3 + Ar = TiCl2 + TiCl4 + Ar
2TiCl3 + 4H2O = 2TiO2 + H2 + 6HCl
TiCl3 + NH3 = TiN + 3HCl
Javob: TiCl3



  1. Suvda erimaydigan X modda issiq konsentrlangan HCl bilan reaksiyaga kirishib, 3 xil mahsulot hosil qiladi. 6,06gr X moddadan 0,96 gr erimaydigan A qoldig’i, 1,01L B gazi va erimaydigan V moddasi hosil bo’ladi. Qizdirilganda X moddasi konsentrlangan NaOH bilan reaksiyaga kirishadi. Bunda 6,06gr X moddasidan 2,78gr erimaydigan G moddasi va D eritmasi hosil bo’ladi. B gazi NaOH da eriydi. Olingan eritma X moddasini to’liq eritib, D ni hosil qiladi. Moddalarni toping va reaksiya tenglamalarini yozing.

Yechish: Agar A qoldig’i S bo’lsa, ekvivalentlar qoidasidan foydalanib, X moddani aniqlaymiz:

0,96gr______________6,06gr
16ekv______________X ekv X = 101ekv.
Bu modda Sb2S5 ga to’g’ri keladi. Bu reaksiyada Sb ning valentligi 2 ga o’zgarmoqda. Sb ikkita bo’lgani uchun 101 ni 4 ga ko’paytirsak, Sb2S5 ning massasi kelib chiqadi. Qolgan reaksiyalar quyidagicha ketadi:
Sb2S5 + 6HCl = 2SbCl3 + 3H2S + 2S
4Sb2S5 + 18NaOH = 3Na[Sb(OH)6] + 5Na3[SbS4]
H2S + 2NaOH = Na2S + 2H2O
3Na2S + Sb2S5 = 2Na3[SbS4]

Javob: X – Sb2S5; A – S; B – H2S; V – SbCl3


G – Na[Sb(OH)6]; D – Na3[SbS4].


  1. Sxemani yeching. Rus harflari bilan belgilangan hamma moddalar tarkibida X elementi mavjud. Б moddasi Cl2 bilan 1:1 mol nisbatda reaksiyaga kirishadi. Г moddasining to’g’ridan-to’g’ri konsentrlangan KOH bilan ishlovi Ж ni hosil qilmaydi.


Yechish:

SCl2F2 + ZnF2 = SF4 + ZnCl2
SF4 + Cl2 = SF4Cl2
SF4Cl2 + CaF2 = SF6 + CaCl2
SF6 + 2CaCl2 = SF2Cl4 + 2CaF2
SF2Cl2 + Cl2 = SF2Cl4
SF4Cl2 = [SF3Cl2]+[F]-
[SF3Cl2]+[F]- + KOH = SF3Cl2OH + KF
2SF3Cl2OH + 2KF = SF2Cl4 + 2KOH + SF6

Javob: A - SCl2F2 Б - SF4 В - SF2Cl4 Г - SF4Cl2


Д - SF6 Е - [SF3Cl2]+[F]- Ж - SF3Cl2OH


  1. M metall sulfatining suvli eritmasini past temperaturada (xona temperaturasidan yuqori bo’lmaganda) elektrolizi natijasida katodda M metali hosil bo’ladi. Lekin, agar elektrolizni sovuq sharoitda 40% li H2SO4 da o’tgazsak, katodda H2, anodda esa tarkibida 18,2% metall bo’lgan X cho’kma hosil bo’ladi. Agar X moddasidan 10 gramini suvda eritsak, xona temperaturasida turganda sekingina to’q rangli cho’kma hosil bo’ladi. Gaz ajralmaydi. Eritmada esa dastlabki M metal sulfati qoladi. Ushbu reaksiya natijasida 1,44gr to’q rangli cho’kma hosil bo’ladi (2000C gacha qizdirishdan ke yin). Eritmada esa 2,5gr dastlabki sulfat qoladi. Moddalarni toping va reaksiya tenglamalarini yozing.

Yechish: Agar metallni Mn deb olsak, X moddaning Mr i 302(55/0.182) gr ga to’g’ri keladi. Bu cho’kma HMn(SO4)2*3H2O ga to’g’ri keladi. Elektroliz reaksiyasi quyidagicha:

2MnSO4 + 2H2O = 2Mn + O2 + 2H2SO4 ( 400C gacha )
MnSO4 + H2SO4(40%li) =


  1. 100gr metall oksidini Al bilan 12000C da qaytarganimizda 53,57gr Me hosil bo’ldi. Reaksiya unumi miqdoriy bo’lsa, metalni toping.



  1. Qattiq A oddiy moddasi mol miqdorda olinganda 1000C temperaturada ushbu haroratda gazsimon bo’lgan B H2 li birikma bilan reaksiyaga kirishadi. Olingan gazlar aralashmasining hajmi reaksiyaga kirishgan H2 li birikma hajmining 75% ini tashkil etadi[D(H2)=18]. Qizdirish davom ettirilganda gazlar aralashmasi ortiqcha miqdordagi A moddasi bilan 11000C dan boshlab reaksiyaga kirisha boshlaydi. 14000C ga kelib, reaksiya tugaydi. Hosil bo’lgan gazlar aralashmasining vodorodga nisbatan zichligi 17 ga teng. Hajmi esa, dastlabki H2 li birikma hajmiga teng. Moddalarni toping va reaksiya tenglamalarini yozing.



  1. A elementi 3 ta xlorid (X1–X3 gacha) va 4ta oksoxlorid (OX1 –OX4 gacha) hosil qiladi.


Qaysi o’zgarishlar haqida gap bormoqda?




  1. A qora oksidi yashil rangli B moddasining ishqoriy eritmasi bilan reaksiyaga kirishganda, sariq rangli eritma hosil qiladi. Olingan eritmani ortiqcha miqdorda sirka kislota bilan reaksiyasi natijasida massasi reaksiyaga kirishgan A moddani massasini 90% ini tashkil etuvchi sariq rangli cho’kma hosil qiladi. Moddalarni toping va reaksiya tenglamalarini yozing.



  1. Ikkita binar H2 li birikma bir xilsifatiy tarkibga ega. Birinchisi qizdirilganda hajmiy nisbati 3:2:1 bo’lgan 3 ta A, B , V gazlarini hosil qiladi. Ikkinchisi qizdirilganda hajmiy nisbati 1:1 bo’lgan A va B gazlarini hosil qiladi. Birikmalarni toping va parchalanishda har xil moddalar hosil bo’lish sababini tushuntiring.



  1. Massasi 2 gramm bo’lgan tuzsimon A moddasi ortiqcha miqdorda suv bilan reaksiyaga kirishib, cho’kmani va kislotali eritmani hosil qiladi. Cho’kmani qizdirganimizda massasi 0,555gramm bo’lgan oq uchuvchan bo’lmagan B kukunini hosil qiladi. Cho’kmadan filtrlangan kislotali eritma Na2CO3 bilan neytrallandi va hosil bo’lgan eritmaga cho’kma tushishi tugaguncha AgNO3 qo’shildi. Bunda 7,74 gramm sarg’ish rangli cho’kma hosil bo’ldi va cho’kmaning ustidagi eritmadan faqat NaNO3 qoldi. Hosil bo’lgan sarg’ish rangli cho’kma NaCl eritmasi bilan ta’sirlashdi. Bunda cho’kma rangsizlandi. Lekin, judayam oz miqdorda ya’ni 0,62% ga ko’paydi. Bu ta’sirlashuvdan olingan cho’kma toza AgCl ekanligi aniqlandi. Moddalarni toping va reaksiya tenglamalarini yozing.



  1. Metall nitrat(beshta suvli kristalogidrat)ning parchalanishi ikki bosqichda boradi. Dastlab 150 – 2000C da boshlang’ich massaning 40,82% i kamayadi. 500 – 6000C da esa, yana boshlang’ich massani 11,13% i kamayadi. Metalni toping, reaksiya tenglamalarini yozing. 2000C da ortiqcha miqdordagi gazsimon H2S bilan reaksiyasini yozing.



  1. 6,54 gramm Zn kukuni tarkibida 15,207 gramm X birikmasi bo’lgan eritmaga tushurildi. Barcha Zn reaksiyaga kirishib ketdi. Gaz hosil bo’lmadi. 6,54 gramm to’q kukun hosil bo’ldi. Bu qora kukunni suv bilan yuvib, CuSO4 eritmasiga tushirildi. Kukun qizil qatlam bilan o’raldi. Reaksiya oxirida Cu ning massa ulushi 27,86% bo’lgan, massasi 8,957 gramm bo’lgan ikkita metall aralashmasiga aylandi. Noma’lum moddalarni toping va jarayonlarni tushuntirib bering.



  1. Ikkita oddiy moddani tigelda K2CO3 qavati ostida va O2 siz sharoitda qotishtirib, X birikmasi olinadi. Hosil bo’lgan qotishma ortiqcha miqdordagi suv bilan cho’kmada suvda erimaydigan metall yaltirog’iga ega bo’lgan binafsharang X birikmasi qolmaguncha ta’sirlashadi. X ning sintezi uchun olingan ikkita elementning X dagi massa ulushi 35,22% va 40,25%. Qotishma reaksiyasida bu ikkala modda 48:13mol nisbatda olinadi. Moddalarni toping va reaksiya tenglamalarini yozing.



  1. Metalning massa ulushi 41,67% bo’lgan binary birikma suv bilan ta’sirlashganda kuchli ishqoriy eritma hosil bo’ladi va sarg’ish cho’kma tushadi. Bu sarg’ish cho’kmani vakum eksikatrda quritsak, tarkibi quyidagicha: H – 7,44%, O – 46,28% qolgani metalmas. Birikmani toping va cho’kmani syrukturasini yozing. Cho’kmani a) xlorid kislota b) sirka kislota bilan reaksiyasida nima hosil bo’ladi?



  1. 5gr Fe(OH)3 ni X kislotasining spirtli eritmasida eritildi. Hosil bo’lgan eritmadagi reaksiya mahsuloti efir orqali cho’ktirildi. Bu reaksiyada 10,05gr jigarrang kristall modda olindi. Bu kristallar termik parchalanganda ko’k modda va H2 ga nisbatan zichligi 14,64 bo’lgan ikkita gazlar aralashmasiga parchalanadi. Ushbu gazlar aralashmasi Fe(OH)2 bilan reaksiyasida mahsulot ko’karadi va gazlar to’liq yutiladi. Fe(OH)3 bilan reaksiyasida faqat bitta gaz yutiladi va gazlar aralashmasi hajmi 11 marta kamayadi. Masalada qaysi jarayonlar haqida gap bormoqda?



  1. 2 ta oddiy moddani konsentrlangan HNO3 da eritilganda hosil bo’lgan eritmalar suv bilan suyultiriladi, aralashtiriladi va sovutilib, gidrazin xlorid qo’shiladi. Bu reaksiya jarayonida N2 ajralib chiqadi va bir vaqtning o’zida qora cho’kma hosil bo’ladi. Cho’kmaning massasi dastlabki oddiy moddalar massasi yig’indisiga teng. Qaysi moddalar va qaysi o’zgarishlar haqida gap bormoqda? 6 gramm qora kukundan 0,705 litr (n.sh.da) N2 ajraladi.



  1. X modda eritmasi bor. Bu eritmani 10 ml ini titrlash uchun 50 ml 0,5M li HCl eritmasi kerak (metiloranj bo’yicha). Agar 30 ml dastlabki eritmadan olib, uni ustidan neytral sharoitda (metiloranj bo’yicha) Cl2 o’tkazsak, bu reaksiyaga 112 ml Cl2 sarflanadi. X ni toping.



  1. X qattiq moddani mol nisbati 1:1:1 bo’lgan uchta gazdan olishimiz mumkin. Bu moddaga suv ta’sir ettirsak, shu gazlarning bittasini O2 bilan hajm jihatdan 2:1 bo’lgan aralashmasi va kislotali eritma hosil bo’ladi. Ushbu gazlar orasida eng og’irini H2O bilan reaksiyasi natijasida qattiq moddani suvda eritsak hosil bo’ladigan kislotali eritma hisil bo’ladi. Bu eritmalarni sifatiy tarkibi bir xil. Lekin, miqdoriy tarkibi har xil. Agar qattiq moddada elementlarning massa ulushi 5%, 68,1%, 26,9% bo’lsa, moddalarni toping.


  1. 5 gr X oddiy moddasi qaynash temperaturasida ortiqcha miqdordagi CuSO4 eritmasi bilan reaksiyaga kirishib, 25,8 gr Cu ni hosil qiladi. Agar ushbu reaksiyani xona temperaturasida o’tkazsak, 5 gr X moddasidan sekinlik bilan 16,35gr Y cho’kma hosil bo’ladi va bu cho’kma CuSO4 eritmasi bilan qaynatilganda huddi shuncha massa Cu ajralib chiqadi. Moddalarni toping va reaksiya tenglamalarini yozing.

20. 2 gr tabiiy mineral


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling