Polimerlanish. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar


Download 48.35 Kb.
bet1/3
Sana10.11.2023
Hajmi48.35 Kb.
#1763974
  1   2   3
Bog'liq
UMIDJON 7


Polimerlanish va polikondensatlanish jarayonlari. Tabiiy va sintetik polimerlar.

Reja:

  1. Polikondensatlanish jarayonlari.

  2. Polimerlanish.

  3. Xulosa.

  4. Foydalanilgan adabiyotlar.


Polikondensatlanish jarayonlari.
Polikondensatlanish (yunoncha: polys — koʻp sonli va kondensatsiya) — bi - yoki polifunksional monomer va (yoki) oligomerlar taʼsirida poli-merlar sintez qilish jarayoni. Bunda polimer bilan bir qatorda suv, spirt, ammiak, vodorod galogenid, tegishli tuzlar va shunga oʻxshash quyi molekulali moddalar ajralib chiqadi.
P. reaksiyasi gomopolikondensatlanish va geteropolikondensatlanishga boʻlinadi. Gomopolikondensatlanish da bir moddaning 2 xil funksional guruhi oʻzaro reaksiyaga kirishib, polimer hosil qiladi. Bunday reaksiyaga aminokislotalar, amino-spirtlar va oksikislotalarning polikondensatlanishi misol boʻla oladi (mas, aminokapron kislotadan poli-kaprolaktam hosil boʻlishi). Getero-polikondensatlanish reaksiya-sida funksional guruxlari bir xil boʻlgan bifunksional guruxli 2 modda qatnashadi. Geksametilendiamin va adipin kislotadan poligeksametilen-adipinamid hosil boʻlishi bunday reaksiyaga misol boʻla oladi. Bifunksional birikmalarning polikondensatlanishi natijasida faqat chiziqsimon polimerlar hosil boʻladi. Bunday ja-rayon chiziqsimon polikondensatlanish deyiladi. Reaksiyaga kirishayotgan monomerlarning birida 3 va undan ortiq funksional guruxlar boʻlishi polikondensatlanish reak-siyasini murakkablashtiradi va toʻrsimon hamda fazoviy tuzilishga ega boʻlgan makromolekulalar hosil qiladi. Bujarayon fazoviy polikon-densatlanish deyiladi. P. jarayo-nining tabiat va texnikadagi ahamiya-ti katta. P. va unga oʻxshash reaksiyalar muhim biopolimerlar — oqsillar, nuklein kislotalar, sellyuloza va h.k. biosintezining asosini tashkil etadi.
P. reaksiyalari yuqori molekulali birikmalar (poliamidlar, poliefirlar, polikarbonatlar, fenol-formaldegid, mochevina-formaldegid, melamin-formaldegid smolalar, kremniy organik va maxsus xossali polimerlar) olishda qoʻllanadi.
Polikondensatlanish — bu quyi molekular moddalardan yuqori molekular birikmalar hosil bo‘lish jarayoni bo‘lib, unda qo‘shimcha modda (suv, ammiak, vodorod xlorid va b.) ajralib chiqadi.
M a’lumki, polikondensatlanishdan farq qilib, polimerlanishda qo‘shimcha moddalar ajralib chiqmaydi. Polikondensatlanish mahsulotlari ham (qo‘shimcha moddalardan tashqari) polimerlanish mahsulotlari kabi polimerlar deyiladi.
Polikondensatlanish reaksiyalarida zanjir asta-sekin o‘sib boradi: dastlab boshlang'ich monomerlar bir-biri bilan reaksiyaga kirishadi, so‘ngra hosil bo‘lgan birikma o‘sha monomerlarning molekulalari bilan navbatma-navbat reaksiyasiga kirishadi va natijada polimer birikma hosil bo‘ladi. Polikondensatlanish reaksiyasiga plastmassalar tayyorlash uchun ishlatiladigan fenolformaldegid smolalarning hosil bo‘lishi misol bo‘la oladi. Reaksiya katalizatorlar ishtirokida (kislota yoki ishqor) qizdirish bilan boradi.
Fenol molekulasida vodorod atomlari harakatchan (ayniqsa, 2,4 va 6 -holatlardagi), aldegidning karbonil gruppasi > C = 0 esa biriktirib olish reaksiyalariga kirishuvchan bo‘lgani uchun dastlab fenol bilan formaldegid o‘zaro ta’sirlashadi:
Hosil bo‘lgan birikma keyin fenol bilan reaksiyaga kirishadi va suv molekulasini ajratib chiqaradi:
Fenolning formaldegid bilan katalizatorlar ishtirokida polikondensatlanishi natijasida fenolformaldegid smolalar hosil bo‘ladi, ulardan plastmassalar — fenoplastlar (bakelitlar) olinadi. Fenoplastlar — sanoatning ko‘pchilik tarmoqlarida rangU va qora metallar o'rnida ishlatiladigan juda muhim materiallardir. Ulardan ko‘p miqdorda keng iste’mol buyumlari, elektr izolatsiya materiallari va qurilish detallari tayyorlanadi



Download 48.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling