Polimerlanish. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar


Download 48.35 Kb.
bet2/3
Sana10.11.2023
Hajmi48.35 Kb.
#1763974
1   2   3
Bog'liq
UMIDJON 7

Polimerlanish.

Yuqori molekulyar birikmalarga murakkab kimyoviy tuzilishga ega bo’lgan va molekulyar massasi 104—106 atrofida bo’lgan moddalar kiradi. Tarkibi va tuzilishiga ko’ra yuqori molekulyar birikmalar organik, anorganik va element-organik birikmalarga bo’linadi.


Eng oddiy organik yuqori molekulyar birikmalarga polietilenni misol qilib keltirish mumkin. Etilenning polimerlanishi natijasida hosil bo’lgan bu birikma juda keng qo’llaniladi. Bunda bir nechta etilen molekulalari o’zaro birikish reaksiyasiga kirishib, molekulyar massasi katta bo’lgan birikma hosil qiladi. Yuqori molekulyar birikmalarning hosil bo’lishini quyidagi umumiy formula bilan ifodalash mumkin:
nM → Mn
Bunda, M- bir-biri bilan birikib, katta molekulyar massali polimer modda hosil qiluvchi boshlang’ich kichik molekulyar massali modda, ya’ni monomer: n- bir-biri bilan birikkan monomer molekulalar soni. Bu sonni polimerlanish darajasi deb ataladi. Polimerlanish bir xil molekulalaming o’zaro ketma-ket birikib, yirik o’lchamli molekulalarga aylanishidir.
Ikkita monomer molekulasi o’zaro biriksa dimer, uchta monomer molekulasi o’zaro biriksa trimer, ko’p monomer molekulalari o’zaro biriksa polimer hosil bo’ladi. Polimerlanish reaksiyasi ikki qo’shni uglerod atomi o’zaro qo’sh bog’ bilan birikkan moddalar orasida sodir bo’ladi. Polimerlanish dara­ jasi 5000 dan 10000 gacha va undan ham yuqori bo’lishi mumkin.
Polimerlanish darajasi yuqori bo’lgan birikmalar yuqori polimerlar deb ataladi, polimerlanish darajasi past bo’lgan birikmalar oligomerlar deb ataladi. Yuqori polimerlar juda katta — 104—106 mole­ kulyar massaga egadirlar. Molekulyar massasi katta bo’lganda birikmalaming tuzilishini yozishda boshlang’ich zvenolami hisobga olmay turib, bir necha yoki hatto bitta doimiy takrorlanuvchi zvenoni ko’rsatish mumkin. Masalan, etilenning polimerlanish mahsulotini quyidagicha yozish mumkin:
CH3-CH2-CH2-CH2— yoki [— CH2-CH2—]
Polimerlarni nomlashda monomer nomi oldiga “poli” so‘zi qo’shib aytiladi. Masalan, polietilen, polipropilen va hokazo.
Molekulyar massasi ortib borayotgan makroradikalga navbatdagi monomerlar turlicha kelib birikishi mumkin. Bunda chiziqli, tarmoqlangan va to’rsinion tuzilishli polimerlar hosil bo’ladi.
Chiziqli polimerlar hosil bo’lishida barcha monomerlar to‘g‘ri chiziq bo‘уlab ketma-ket kelib birikadi. Agar monomer zvenosini A harfi bilan belgilasak, chiziqli polimeming hosil bo’lishi quyidagicha amalga oshadi:

Download 48.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling