.. —A—A—A—A—A—A—…
Tarmoqlangan tuzilishli polimerlaming hosil bo’lishi:
Fazoviy yoki to‘rsimon polimerlar bir-biri bilan fazoda ko’ndalang kimyoviy bog’lar orqali birikkan zanjirlardan hosil bo’ladi:
Polimerlar makromolekulalari bir xil tarkibli monomerlardan tashkil topgan bo‘Isa, ulami gomopolimerlar, agar har xil tarkibli zvenolardan tashkil topgan bo‘Isa, ulami aralash polimerlar yoki sopolimerlar deyiladi.
Agar polimer zanjiri har xil monomerlardan tashkil topgan bo’lib, bu monomer zvenolari bir-biri bilan tartibsiz ravishda birikkan bo’lsa, bunday polimerlar statistik (tartibsiz) tuzilishli sopolimerlar deyiladi:
—А—В—А—А—А—В—А—В—В—В—B—A—
To‘g‘ri chiziq.bo’ylab bir necha monomer zvenolarining doimiy ravishda bir xilda takrorlanib keluvchi polimer tuzilishi
bloksopolimerlarga xosdir:
—А—А—А—В—В—А—А—А—В—В—А—А—А-В—B—
Agar polimer makromolekulasi tuzilishi tarmoqlangan bo’lib, asosiy zanjirda bir xil monomer zvenolari, yonaki zanjirlarda ikkinchi xil monomer zvenolari bor bo‘Isa, bunday polimerlar payvandli sopolimerlar deyiladi:
Agar polimeming asosiy zanjirini bir xil atomlar tashkil etgan bo‘Isa, bunday polimer gomozanjirli polimer deyiladi. Masalan, asosiy zanjirni faqat uglerod atomlaridan tashkil etsa, bu polimer
karbozanjirli polimer deyiladi.
C—C—C—C—C—C
Agar asosiy zanjir turli elementar atomlardan iborat bo’lsa, bu polimer geterozanjirli polimer deyiladi:
C—C—C—C—O—O—O
Polimerlar, shuningdek, tuzilishiga ko‘ra regulyar, noregulyar va stereoregulyar polimerlarga bo’linadi. Polimer makromolekulasini tashkil etuvchi monomer zvenolari bir-biriga birikayotgan paytda “boshi oxiriga” prinsipi bo’yicha birikkanda, regulyar tuzilishli polimer hosil bo’ladi.
Stereoregulyar polimerlar shunday polimerlarki fazoviy tuzilishga ega bo’lgan polimerlarda barcha zvenolar va tarmoqdagi o’rinbosarlar o’zaro qat’iy bir tartibda joylashadi. Agar zvenolar va o’rinbosarlar tartibsiz joylashgan bo’lsa, bunday polimerlar
stereonoregulyar polimer deyiladi.
Xulosa.
Yuqori molekulyar birikmalarga murakkab kimyoviy tuzilishga ega bo’lgan va molekulyar massasi 104—106 atrofida bo’lgan moddalar kiradi. Tarkibi va tuzilishiga ko’ra yuqori molekulyar birikmalar organik, anorganik va element-organik birikmalarga bo’linadi.
Eng oddiy organik yuqori molekulyar birikmalarga polietilenni misol qilib keltirish mumkin. Etilenning polimerlanishi natijasida hosil bo’lgan bu birikma juda keng qo’llaniladi. Bunda bir nechta etilen molekulalari o’zaro birikish reaksiyasiga kirishib, molekulyar massasi katta bo’lgan birikma hosil qiladi. Yuqori molekulyar birikmalarning hosil bo’lishini quyidagi umumiy formula bilan ifodalash mumkin:
Polikondensatlanish — bu quyi molekular moddalardan yuqori molekular birikmalar hosil bo‘lish jarayoni bo‘lib, unda qo‘shimcha modda (suv, ammiak, vodorod xlorid va b.) ajralib chiqadi.
M a’lumki, polikondensatlanishdan farq qilib, polimerlanishda qo‘shimcha moddalar ajralib chiqmaydi. Polikondensatlanish mahsulotlari ham (qo‘shimcha moddalardan tashqari) polimerlanish mahsulotlari kabi polimerlar deyiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Askarov M. A., Jalilov A. T., Sintez ionogennix polimerov, T., 1978; Ismoilov I. I., Jalilov A. T., Askarov M. A., Ximicheski aktivnie polimeri i oligomeri, T., 1993; Maxsumov A. S, Ismoilov I. I., Polimernie soli: sintez, svoystva, primeneniye, T., 2002.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |