Anorganik moddalarning eng muhim sinflari


Eng muhim asoslar va ularning ishlatilishi


Download 334.36 Kb.
bet6/14
Sana25.01.2023
Hajmi334.36 Kb.
#1120408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Mavzu Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari. Reja


Eng muhim asoslar va ularning ishlatilishi


Natriy va kaliy ishqorlari kimyo sanoatining eng muhim mahsulotlari hisoblanadi.
NaOH — o'yuvchi natriy sanoatning juda ko'p tarmoqlarida ishlatiladi. U «kaustik soda» deb ham ataladi.
Natriy ishqori oq tusli modda, suvda yaxshi eriydi. Uning konsentrlangan eritmasi hayvonot va o'simlik mahsulotlaridan tayyorlangan matolarni yemiradi. O'yuvchi natriy eritmasiga botirilgan ip, jun bo'kib iviq massaga aylanadi.U odam terisiga tushsa yara qiladi.
O'yuvchi natriy sanoatning juda ko'p sohalarida ishlatiladi. U sovun tayyorlash korxonalarida, neftni qayta isMash zavodlarida va boshqalarda ishlatiladi.
O'yuvchi natriy ko'p miqdorda osh tuzining suvdagi eritmasini elektroliz qilib olinadi.
KOH — o'yuvchi kaliyning barcha xossalari, ishlatilish sohalari o'yuvchi natriyga o'xshash, faqat farq shundaki, sovun tayyorlashda o'yuvchi kaliy ishtirok etgan bo'lsa suyuq sovun hosil bo'ladi.
O'yuvchi kalsiy — Ca(OH) 2, ya'ni so'ndirilgan ohak osongina kukunga aylanadigan qattiq oq modda. U suvda kaliy va natriy asoslariga nisbatan yomonroq eriydi. Uning tiniq eritmasi ohakli suv deb ataladi.
So'ndirilgan ohak asosan qurilish materiali sifatida ishlatiladi. U ohak, qum va suvdan iborat qorishma, ancha arzon va yaxshi sementlovchi vositadir.
So'ndirilgan ohak ohaktoshni kuydirib olingan kalsiy oksidi (CaO — so'ndirilmagan ohak)ni suv bilan reaksiyaga kiritib olinadi.
Uning suvdagi eritmasiga xlor yuttirib xlorii ohak olinadi.
Xlorli ohak zararii mikroblarni o'ldiruvchi vosita sifatida turmushda, tibbiyotda ishlatiladi.

Kislotalar


Kislotalarga kislotali oksidlarning gidratlari hamda аущ metallmaslaming vodorodii birikmalarining suvdagi eritmalarili kiritish mumkin.
Agar ulaming tarkibiga e'tibor berilsa hammasida vodor atomlari bor, lekin ayrimlarida kislorod yo'q. Shunga muvofiq ulai ikki gumhga: kislorodii va kislorodsiz kislotalarga ajratish mumkin
Kislotalar tarkibidagi vodorod atomlarining soniga qarab bi negizli, ikki negizli va uch negizli guruhlarga ajratiladi.

Agar element bir xil kislorodii kislota hosil qilsa, kislota nomi 2 kislota hosil qilgan element nomiga -at qo'shimchasini qo'shib aytiladi:
Н2СОз — karbonat kislota, H2SiO3 — silikat kislota. Agar element bir nechta kislota hosil qilsa, muvofiq ravishda valentligiga qarab, quyi valentligiga -it, yuqori valentligiga -at qo'shimchasi qo'shiladi:
H2SO3, - sulfit kislota
H2SO4 - sulfat kislota
HNO2 - nitrit kislota
HNO3 - nitrat kislota
Kislorodsiz kislotalaming hammasiga -id qo'shimchasi qo'shib aytiladi.
HC1 - xlorid kislota H2S - sulfid kislota
HF — florid kislota HJ — yodid kislota.
Agar ular gaz holida bo'lsa vodorod xlorid, vodorod ftorid va hokazo deb ataladi. Ayrim kislotalaming tuzilishi va kisiota hosil qilgan element valentligi 13-jadvalda ko'rsatilgan.

Download 334.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling