Электродинамика к. P. Abduraxmanov
Download 0.98 Mb.
|
mm2-13Uz 140321115742
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirishmali yarim o‘tkazgichlar, donor va aktseptor energetik sathlar.
ЭЛЕКТРОДИНАМИКАК.P.Abduraxmanov,V.S.Xamidov, M.F.Raxmatullaeva13 – ma’ruza FIZIKA KAFEDRASI 2019 Qattiq jismlar fizikasi Fizika II Ma’ruza rejasiKirishmali yarim o‘tkazgichlar, donor va aktseptor energetik sathlar.Kirishmali yarim o‘tkazgichlarda tok tashuvchi zaryadlar konsentratsiyasi.Kirishmali yarim o‘tkazgichlarning o‘tkazuvchanligi va uni temperaturaga bog‘liqligi.Hattoki yetarlicha toza bo’lgan yarim o’tkazgichlarda o’zining xususiy energetik sathlarini hosil qiluvchi kirishma atomlari mavjuddir. Bu energetik sathlar, yarim o’tkazgichning taqiqlangan sohasida valent sohasi shipi va o’tkazuvchanlik sohasi tubidan ma’lum masofalarda joylashishi mumkin. Ayrim hollarda, yarim o’tkazgichga kerakli elektrofizik xususiyatlarni berish uchun, ataylab, kirishma atomlarini kiritadilar.Faraz qilaylik, kremniy kristalida bir qism kremniy atomlari o’rniga besh valentli mishyak atomlari joylashtirilgan bo’lsin. 4 ta qo’shni atomlar bilan kovalent bog’lanishni o’rnatish uchun mishyak atomi 4 ta valent elektronlarini sarflaydi, beshinchi elektron bu bog’lanshlarni o’rnatishda qatnashmaydi.Mishyak atomi, dielektrik singdiruvchanligi = 12 bo’lgan kremniy kristall panjarasi muhitida bo’lgani uchun, 5–elektron mishyak atomi yadrosi bilan 12 marta susaygan bog’lanishda bo’ladi.Maydon susayganligi sababli, 5-elektron orbitasining radiusi 12 marotaba ortadi, uning mishyak atomi bilan bog’lanish energiyasi 2 = 144 marta kamayib, Еd – 0,01 eV qiymat atrofida bo’ladi. Elektronga bunday energiyani uzatganda u mishyak atomidan uzilib, kremniy panjarasida erkin harakat qilish imkoniga ega bo’ladi, shunday qilib o’tkazuvchanlik elektroniga aylanadi.“Sohalar” nazariyasi tili bilan bu jarayonni shunday tasavvur qilish mumkin: valent va o’tkazuvchanlik sohalari orasidagi taqiqlangan sohada mishyak atomi beshinchi elektronining energetik sathi paydo bo’ladi. Bu energetik sath o’tkazuvchanlik sohasi tubining yaqinida Ed 0,01 eV enegetik masofada joylashadi.Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling