Anorning o'sishi,rivojlanishi hosili va sifatini boshqarish


 Anorni parvarishlash agrotexnikasi haqida umumiy ma`lumot


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana04.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1160446
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Anorning o\'sishi,rivojlanishi hosili va sifatini boshqarish.tayyori-toliq

2.4. Anorni parvarishlash agrotexnikasi haqida umumiy ma`lumot. 
 
Anor ko’chatlari shunday qalinlikda o’tqazilishi kerakki, bunda ularning 
maksimal darajada yuqori hosil berishi, mevalarning sifati yaxshi bo’lishi, 
shuningdek shamolga, garmselga va sovuq hamda qora sovuqlarga chidamli 
bo’lishi, 
tuproqni 
ishlash 
va 
daraxtlarni 
parvarishlash 
ishlarini 
mexanizatsiyalashtirish imkonini berishi lozim. 
Boqqa o’tqazilgan ko’chatlarning tutishi, yosh daraxtlarning o’sishi, hosilga 
kirish vaqti, hosildorligi, uzoq yashashi tashqi muhit omillariga bog’liq bo’ladi. 
Yerni ekishga tayyorlash uni tekislash, haydash, o’g’itlash va boshqalardan iborat. 
Bog’ barpo qilishdan oldin ekilgan ekinlarning ham ahamiyati katta. 
Maydonlar sug’orilgandan keyin plantajli plugda ag’darib haydaladi. 
Haydash oldindan gektariga 30-40 t go’ng, 120-150 kg hisobida fosforli o’g’it 
solinadi. Bog’ barpo qilishdan oldin yer ko’chat o’tqazishga sifatli tayyorlan- 
gandagina o’simliklar sog’lom va baquvvat rivojlanishi mumkin. 
Bog’ barpo qilinadigan maydonlarda rejalash ishlari tugallanishi bilanoq 
chuqurlar qazishga kirishiladi. Kuzda chuqurlar ko’chat o’tqazishdan ikki hafta 
ilgari, bahorda o’tqazilganda esa kuzda yoki ekishga 2 hafta
qolganda bahorda kovlanishi mumkin. 
Chuqurlarning diametri og’ir tuproqli yerlarda o’ralarning chuqurligi 45-50 
sm va yengil tuproqli yerlarda 60-70 sm gacha bo’lsa, o’tqazilgan ko’chatlarning 
ildizlari tezroq tiklanadi, yangi ildizlar ko’proq paydo bo’lib, chuqur qatlamlariga 
kiradi. Chuqur qazilarkan ust qismidagi unumdor tuproq bir tomonga, pastki 
tuproq boshqa bir tomonga qo’yiladi. Kovlangan chuqurlarga bir qism bog’ 
tuprog’i + bir qism chirigan go’ng + bir qism qum aralashtiriladi va chuqurning 
tagiga tashlanadi. 


35 
Anor bog’ini barpo etishning muhim bosqichlaridan biri bu ko’chatlarni 
tanlashdir. Ko’chatni tanlashda quyidagi xususiyatlarni hisobga olish kerak: 
ekiladigan nav shu joyning iqlimi va tuproqlari uchun mos bo’lishi kerak; 
ko’chatlar payvandlangan, tekis va bir yoshli bo’lishi kerak; ko’chatlar kasallik va 
zararkunandalardan holi bo’lishi kerak; ko’chatlarning ildizi va tanasida jiddiy 
shikastlanishlar bo’lmasligi; ko’chatlarning markaziy lider qismi baquvvat va yon 
ildizlari yaxshi rivojlangan bo’lishi kerak; ko’chatlar qishki tinim davriga kirish 
uchun tayyor bo’lishi kerak; tanasi nihoyatda ingichka va qalin bo’lgan ko’chatlar 
tanlanmagani ma’qul; tashish vaqtida yoki ekish joyida uzoq vaqt davomida 
ildizlari ochiq qolib ketgan ko’chatlarni tanlamagan afzal; iloji bo’lsa, 
sertifikatlangan ko’chatlardan foydalanish kerak va albatta, unda yorliq bo’lishi 
kerak. 
Ekish oldidan ko’chatlarning ildizi tuproqqa mol go’ngi aralashtirib 
tayyorlangan atalaga botirib olinadi. Bu ildizlarni qurib qolishdan saqlaydi. Buning 
uchun ariq yoniga chuqur qaziladi va unda «atala» tayyorlanadi. «Atala»ga 
botirilgan ko’chatlar ekila boshlanadi. 
O’zbekistonning iqlim sharoiti va tashkiliy ishlarga qarab, anor ko’chatlari 
odatda kuzda yoki bahorda ekiladi. Kuzda ko’chatlarni ekish xazonrezgilikdan 
keyin noyabr oyi boshlaridan boshlanib, qora sovuqlar tushgunga qadar davom 
etadi. Bahorda esa ko’chatlar kurtak yozgunga qadar, tuproqning holatiga qarab, 
ya’ni janubiy hududlarda 20-25 martgacha, shimoliy hududlarda 10-15 
aprelgacha ekish mumkin. Ko’chatlar ekilishidan oldin albatta, novdalari qirqilishi 
kerak. Tananing pastki qismidagi yon novdalar olib tashlanadi va ko’chatning 
yuqori qismi 80-120 sm balandlikda kesiladi. Bir-biriga chirmashgan, singan, 
shikastlangan ildizlar olib tashlanadi. 
Chuqur kovlanganda daraxt o’tqaziladigan nuqtani yo’qotib qo’ymasligi va 
to’g’ri chiziq bo’ylab ekilishini buzmaslik uchun uzunligi 1,5-2 m, eni 10-15 sm 
uch joyi o’yilgan ko’chat o’tqazish taxtasidan foydalaniladi. 
Ekilgan ko’chatlarning payvand qilingan joyi tuproq sathidan taxminan 10 
sm balandlikda bo’lishiga e’tibor berish kerak. Agar payvandlangan joy tuproq 


36 
tagida qolib ketsa, ko’chatning rivojlanishi to’xtaydi va bir oz vaqt o’tgach,
quriy boshlashi mumkin. Shamol ko’p bo’ladigan hududlarda ekilgan ko’chatlarga 
zarar yetmasligi uchun ko’chatning yoniga tirgak tiqib ko’chatga bog’lab qo’yiladi. 
Ko’chat ekish belgilangan yerda chuqur kavlanayotganda uning bir tomonga 
og’ishib ketmasligi uchun ekish taxtachasi qo’yiladi. Quyosh salbiy ta’sir 
o’tkazmasligi uchun, payvandlangan joyi janub tomonga qaratib ekilishi kerak. 


37 
Xulosa 
Xo’jalik uchun qimmatli belgilarga ega bo’lgan xom-ashyo o’simliklarini 
har tomonlama chuqur o’rganish borasida o’rganish ilmiy-tadqiqot institutlari 
tomonidan amaliy izlanishlar olib borilmoqda. Xo’jalik uchun qimmatli belgilarga 
ega bo’lgan xom-ashyo o’simliklaridan foydalanishda, ularning bioekologik 
xususiyatlarini o’rganish muhim ahamiyatga ega vazifalardan hisoblanadi. 
Ona zaminimizning ana shunday inomlaridan sanalgan anor aytish 
mumkinki, donasidan po‘chog‘igacha sihatimizni tiklab, quvvatimizga quvvat 
qo‘shuvchi mevalar sirasiga kiradi. 
Farg‘ona tuproq–iqlim sharoiti uchun mos bog‘ turlaridan biri bo‘lgan 
anorchilikni iqtisodiy jihatdan tahlil qilib ko‘rgan fermer xo‘jaliklari va 
tadbirkorlar anorchilik bilan shug‘ullanishga kirishib borayotganlik-laridan yangi 
anorzor bog‘lar ko‘lami sezilarli darajada ortib bormoqda . 
O‘zbekiston sharoitida anor kech kuzda xashak, qamish bilan yopiladi va 
bahorda ochiladi. Ko‘chatlar 15-17 daraja sovuqqa chidasada izg‘irin 20 gradusga 
etsa, yer ustki qismi, ya’ni tanasini sovuq urib ketadi. 
Sovuq 10-15
0
S ga yetganda anorning yer usti organlari kuchli zararlanadi. 
Sovuq 18-20
0
S ga yetganda, uning yer usti organlari ildiz bo‘yinchasigacha 
sovuqdan zararlanadi. Qishda anor tuproqga ko‘miladi. (oktyabr oxiridan boshlab). 
Mart oylarining boshidan boshlab ochiladi. 


38 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Sh.Mirziyoev. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - 
har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Toshkent. 2017. 
2. Sh.Mirziyoev. Erkin va farovon, demokratik o‘zbekiston davlatini 
birgalikda barpo etamiz. Toshkent. 2016. 
3. Sh.Mirziyoev. Qonun ustuvorligi va inson manfatlarini ta’minlash-yurt 
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent. 2017. 
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 12 apreldagi “Meva- 
sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan 
foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ- 
2520-sonli qarori 
5. O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi 
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harkatlar 
strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli farmoni. 
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yilning 22-23 
iyun kunlari Farg‘ona viloyatiga qilgan tashriflari chog‘idagi ma’ruzasi. 
7. Bo’riev X.Ch, Jo’raev R.J, Alimov O.A. «Meva – sabzavotlarni saqlash va 
ularga dastlabki ishlov berish». Toshkent: «Mehnat», 2002. 51-68 b. 
8. Shaumarov X.B. Yaxshidan bog’ qolar. Toshkent, O’qituvchi. – 37-38 b. 
9. Normaxmatov R., Vakil M.M. Anorchilik istikbollari.- // O‘zbekiston 
qishloq xo‘jaligi. – Toshkent, 1997, - № 6. 
10. Ostonaqulov T.E., Narzieva S.X., G‘ulomov B.X.. Mevachilik asoslari. 
Toshkent 2011 yil. 
11. Ribakov A.A., Ostrouxova S.A. O’zbekiston mevachiligi. Toshkent: 
“O’qituvchi”, 1981. 29-33 b. 
12. Sahobiddinov S.S. O‘simliklar sistematikasi. Toshkent, “O‘qituvchi”, 1976. 
13. Usmanov A.U. Yovvoyi meva daraxtlari.T.: «O‘zbekiston». 1979. 
14. Yusupov T.Q. Anorni yashil qalamchadan ko‘paytirish. T.: UzNIINTI, 
1981. 
15. Xamidov A. va boshqalar “O‘zbekiston o‘simliklari aniqlagichi” Toshkent 
O‘qituvchi 1997. 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling