Anostatsiya : Haqqoniy tarixni bilmasdan, uni falsafiy tahlil qilmasdan o‘zlikni anglash, yuksak madaniyat, ma'naviyat va ma'rifatga erishish mumkin emas. Kalit so’zlar
Download 16.91 Kb.
|
kuch bilim va tafakkurda
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy qism
- Foydalanilgan adabiyotlar . Internet saytlari : https://xorazm.uz/uz/faoliyat/media/yangiliklar/1483-kuch-bilim-va-tafakkurda.html
KUCH - BILIM VA TAFAKKURDA Xuddiyeva Umida Xalqaro Nordik Universiteti Talaba umida0604@gmail.com +998941294537 Anostatsiya : Haqqoniy tarixni bilmasdan, uni falsafiy tahlil qilmasdan o‘zlikni anglash, yuksak madaniyat, ma'naviyat va ma'rifatga erishish mumkin emas. Kalit so’zlar : bilm, fikr, tafakkur, kuch, xotira, aql . Kirish : Yurtimizda ertamizning munosib vorislari bo‘lgan yoshlarimizga yaratilayotgan sharoitlarga chindanda havasing keladi. Ana shu imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan yigit-qizlarning yangi-yangi marralarni zabt etayotgani hech kimga sir emas. Ayniqsa, respublika miqyosida o‘tkazilayotgan ko‘rik-tanlovlar, fan olimpiadalari, turli bellashuvlar chinakam iqtidor egalarini kashf etishda qo‘l kelmoqda. Asosiy qism : Nima uchun ba’zilar yuqori tafakkur egasi bo‘ladi-yu, boshqa birovlar qanchalik urinmasin yetuklikka erisha olmaydi. Tafakkur darajasi naslga bog‘liqmi? Yetuk tafakkurga ega bo‘lish uchun kuchli xotiraga ega bo‘lish kerakmi? Xotira bilan tafakkur orasida qanday bog‘liqlik bor? Tafakkur nima uchun pasayadi? Nima uchun aqli zaif bolalar tug‘iladi yoki nima uchun sog‘lom fikrlaydigan odamlar orasida yoshi o‘tgandan so‘ng aqli zaiflashib boradiganlar bo‘ladi? Tafakkur o‘zi nima? Javob: Qaniydi, bu savolingizga qisqa iboralar bilan javob bera olsam. Bu o‘ta murakkab savolga o‘tmishning buyuk allomalari-yu, hozirgi zamonning yetuk olimlari ham mukammal javob bera olmagan. Tafakkurni izohlab berish mumkin, biroq unga to‘laqonli ta’rif berish o‘ta mushkul. Men bundan bir necha yillar oldin Respublikamizning ko‘zga ko‘ringan yirik olimi bilan yolg‘iz uchrashib qoldim. Uning yaqinlaridan birini konsultatsiya qilgani boruvdim. Ular menga afsonaomuz qiziq bir voqeani aytib beruvdilar. Qadimda bir faylasufning juda o‘tkir va qiziquvchan shogirdi bo‘lgan ekan. U ko‘p narsaga qiziqarkan va ko‘p narsani bilishni hoxlarkan. Shogird savollar beraverib ustozini tinch qo‘ymaskan. Shogird kitob mutoala qilaverib uxlab qolibdi. Tushida undan bir darvesh so‘rabdi: E aqlli yigit! Sen ko‘p kitob mutolaa qilasan. Seni aqlli yigit deyishadi. Qani aytchi, aql nima o‘zi, deb so‘rabdi. Yigit qancha urinsa ham bu savolga javob bera olmay yarim tunda uyg‘onib ketibdi. U erta tonggacha bu savol haqida o‘ylab bir jo‘yali javob topa olmabdi. U aql nimaligi haqida javob olish uchun erta saharda ustozi yoniga otlanibdi. Shogird ustozidan so‘rabdi. Ustoz aql nima o‘zi? Shunda ustoz aql haqida uzoq so‘zlay ketibdi. Ustoz aql nimaligini o‘z shogirdiga yaxshiroq tushuntirish uchun aqlli iboralarga boy hikoya va matallarni misol qilib uzoq tushuntiribdi. Tong yorishay deb qolibdi. Ustozning aql haqidagi uzundan-uzoq izohlarini eshitaverib, shogirdning aqli ozay deb qolibdi. Shogirdining bu ahvolidan achingan ustoz, kel shogirdim bor aqlidan ham ayrilmasin deb, aql haqidagi tushuntirishlarini to‘xtatibdi. Shunda shogird so‘rabdi: Ustoz nega jim bo‘lib qoldingiz? Ustoz javob qaytaribdi: O‘g‘lim aql haqida faqat aqlsizlargina uzoq va’zxonlik qila oladi. Kel shu mavzuni to‘xta qolaylik. Shu-shu aqlga ta’rif berishdan donolar o‘zini tiyyar ekanlar. E’tibor qilsangiz falsafa, pedagogika, psixologiya, psixiatriya, nevrologiya, neyrobiologiya, diniy kitoblarda ham aql va tafakkur haqida ma’lumotlar beriladi. Tafakkurni juda ko‘p fanlar o‘rgansa-da, tinimsiz ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilsa-da, uning mexanizmlari xanuzgacha to‘la-to‘kis o‘rganilmagan. Biroq tafakkur olingan ilm va tajribalar asosida shakllanishini alohida qayd qilib o‘tish lozim. Xulosa . Hozir biz nihoyatda jo’shqin zamonda yashayapmiz, yangi jamiyat qurmoqdamiz jonajon O’zbekistonim mustaqillikni qo’lga kiritib, bozor iqtisodiyoti tomon yuz tutmoqda. Zamon o’zgarmoqda, jamiyat o’zgarmoqda, odamlar o’zgarmoqda. Yaqin-yaqingacha biznes, aksiya, dividend, valyuta, infulyatsiya. Birja broker kabi qator iqtisodiy tushunchalar ko’pchilikni qiziqtirmas, hatto xayolimizgaham kelmas edi. Hozir bu tushunchalar xuddi ob-havo ma’lumotidek brogan sari ko’proq odamlar e’tiborini o’ziga jalb qilyapti. Bunday sharoitda iqtisodiyot asoslarini sizga yoshlikdan o’rgatib singdirib borish mamlakatimiz oldida turgan o’ta dolzarb masaladir. Axir buyuk kelajakni yaratish, 10-15 yildan keyin jamiyatni boshqarish siz barkamol avlod zimmasiga tusha boshladi. Shunday ekan, sizdan tinmay izlanish iqtisodiy bilim asoslarini chuqur o’rganish, uni kundalik turmushda tadbiq eta olish talab etiladi. Foydalanilgan adabiyotlar . Internet saytlari : https://xorazm.uz/uz/faoliyat/media/yangiliklar/1483-kuch-bilim-va-tafakkurda.html https://hozir.org/kuch-bilim-va-tafakkurda.html http://um.co.ua/2/2-15/2-154128.html https://avitsenna.uz/tafakkur-va-aql/ Download 16.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling