Neyrobiologiya fanida yn savollari Neyrobiologiya fani predmeti, maqsadi va vazifalari
Download 384.22 Kb.
|
2 5474623039289176372
- Bu sahifa navigatsiya:
- Neyrobiologiya faning boshqa fanlar bilan integratsiyasi
- Neyrobiologiya faning bo’limlari va muammolari
- Neyrobiologiyaning tadqiqot usullari va rivojlanish tarixi
Neyrobiologiya fanida YN savollari Neyrobiologiya fani predmeti, maqsadi va vazifalari Neyrobiologiya XX asrning o’rtalarida mustqil fan sifatida paydo bo’ldi. Bu haqidgi dastlabki fikrlar Garvard universiteti Meditsina maktabida ilk marotaba tashkil etilgan birinchi kafedra neyorbiologiya (1964 y.) kafedrasida paydo bo’lgan. Uning asoschisi Stefan Kuffler (nerv sistemasi bo’yicha klassik tadqiqotlar muallifi) bo’lib, neyrobiologiyaning predmetini nerv sistemasining shakllanishi va rivojlanishini ekanligini aniqladi. Neyrobiologiya tadqiqotlarda anatomiya, fiziologiya, biokimyo, molekulyar biologiya, farmakologiya kabi fanlarning tadqiqot metodlaridan foydalanadi. Neyrobiologiya bugungi kunda ham rivolanayotgan fan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bu biologik jarayonlarni hujayra va molekulyar darajada sistematik analiz qilish va registratsiya qilishning yangi imkoniyatlarini yaratadi. Bu fan dastlab neyrofiziologiyaning tarkibida ajralgan bo‘lib, bugungi kunda antropoliya, immunologiya, hujyara biologiyasi, sitologiya, embriologiya kabi fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Neyrobiologiya – bu ilmiy mutaxasislik bo’lib, nerv sitemasining normal va patologik holatida rivojlanishi, shakllanishini o’rganish qurilmalari o’rganadi. Bunda fizik-kimyoviy va organism xatti-harakatlarini o’rganishga qaratilgan turli-tuman usullar qo’llaniladi. Neyrobiologiya faning boshqa fanlar bilan integratsiyasi Neyrobiologiya – integrativ fan. Ilmiy xodimlar nomeklaturasiga ko’ra neyrobiologiya mutaxassisligi boshqa bir qator biologik mutaxassisliklar: fiziologiya, biofizika, molekulyar biologiya, biokimyo, sitologiya, hujayra biologiyasi, sitologiya, rivojlanishi biologiyasi kabi, meditsina fanlaridan: nerv kasalliklari; gerontologiya va geriateriya (tirik organizmlar, jumladan, odamning qarish jarayonini oʻrganadigan fan); odam anatomiyasi, matematik biologiya, patologik fiziologiya, klinik fiziologiya, psixofiziologiya kabi fanlar bilan kesishadi. Neyrobiologiyaning tarkibiga quyidagilar yo‘nalishlar, neyrofiziologiya, neyroximiya, molekulyar neyrobiologiya, neyrogenetika, rivojlanish neyrobiologiyasi, neyroimmunologiya, neyroendokrinologiya, neyropsixofarmokologiya, kognitiv neyrobiologiya (shaxslar bilimlarni hosil qilish va o'zlashtirishga qodir bo'lgan jarayonlar), nazariy neyrobiologiya kabilar kiradi. Neyrobiologiya faning bo’limlari va muammolari Bo’limlari: neyrofiziologiya, neyroximiya • Molekulyar neyrobiologiya • Neyrogenetika • Rivojlanish neyrobiologiyasi • Tizimlar neyrobiologiyasi • Neyroimmunologiya • Neyroendokrinologiya • Neyropsixofarmokologiya • Psixoneyrobiologiya • Kognitiv neyrobiologiya Muammolari: Miya va neyronlar sistemasining o’zaro aloqadorlikda hujayradan tizim darajasida ishlash mexanizmi; • Miya reaksiyasini aniq o’lchash masalasi; • Turli aloqadorlik vaziyatlarida neyronlarning aloqadorligi, funksionalligi, anatomik va genetikligini kuzatish muammolari; • Neyrodegeneratsiya va patologik jarayonlarga ta’sir ko’rsatadigan va davolashda ishlatiladigan dorilar yaratish muammosi; • Miyada axborotlarning saqlanishi. Neyrobiologiyaning tadqiqot usullari va rivojlanish tarixi Nerv tizimini o’rganishning morfologik usullari: neyrogistologik usullar, elektron mikroskopiya, konfokal lazerli skanerlovchi mikroskopiya, hujayra kulturasi metodi, radiografiya, monoklonal antitanalarni qo’llash kabilar. Nerv tizmini o’rganishining klinik usullari: kompyuter va magnit- rezonansli tomografiya, pozitirion-emission tomografiya, elektroensifalografiya, elektrojortikografiya va elektrosubkortikografiya, reoensefalografiya kabilar. Nerv tizimini o’rganishning eksperimental usullari: nerv to’qimasini buzish usullari, qo’zg‘atuvchi usullar (reseptorlarni qo‘zg‘atish va MNS strukturasini o‘rganishi va javob reaksiyalarni kuzatish (Sechenov tajribasi); MNS yadrolarida (mikroelektrodlarni qo‘llash va o‘zgarishlarni yozib olish orqali) qo‘zg‘atishga olib keladigan stereotaksik elektrostimulyatsiya kabi usullar. Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling