Neyrobiologiya fanida yn savollari Neyrobiologiya fani predmeti, maqsadi va vazifalari


Download 384.22 Kb.
bet2/17
Sana03.12.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1800569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
2 5474623039289176372

Qisqacha rivojlanish tarixi


1655 yil - Robert Huk (Guk) tirik materiyadagi hujayralarni kashf etdi.
1791 yil - Luidji Galvani qurbaqa mushaklarida elektr hodisalari mavjudligini birinchi marta eksperimental usulda isbotlab berdi.
1838 yil - Robert Remak miyelinsiz nerv tolasini tasvirlab, uning bo'shliqlari yo'qligini va shu bilan antik davrdan beri mavjud bo‘lgan bu to‘grisidagi afsonani yo‘qqa chiqardi. Krotonlik Alkmeon davridan beri nervlar bo'sh naychalardir degan qadimiy afsona mavjud bo'lgan.
1839 yil - Teodor Shvann va Mattias Shleyden hujayra nazariyasi yaratdilar. Teodor Shvann periferik asab tizimining glial elementlaridagi hujayralarni tasvirlaydi. Ular neyroektodermal kelib chiqishga ega bo‘lib, hosil bo‘lishi jihatdan periferik asab tizimining tuzilishi bilan bir xil hisoblanadi.
1848 yil - Emil Dyubois-Reymond asabning qo'zg'atilgan qismi qo'zg'almagan qismiga nisbatan elektropassiv ekanligini aniqlagan.
1850 yil - Hermann von Helmgoltz nerv impulsining o'tishi tezligini o'lchaydi. 1865 yil - Otto Deiters o‘zining inson bosh va orqa miya ustida olib borgan tadqiqotlarida izolyatsiya usuli yordamida nerv hujayaralari tanasidan chiqadigan tolalar orqali impulslar galma-galdan chiqib turishini isbotladi.
1873 yil - Kamillo Golji "usul bilan bo'yash" ni kashf etdi".
1893 yil - Pol Fleksig miya va orqa miya nerv tolalarining miyelin qobig'ining shakllanishini o'rgangan.
1920 yil - Pio Delrio Ortega birinchi marta mikroglia markaziy asab tizimining o'ziga xos hujayrali elementi sifatidagi kontseptsiyani taqdim etdi.
1921 yil - Otto Levi atsetilxolin ta'sirini o'rganish paytida kimyoviy sinaps g'oyasini ishlab chiqdi.
1936 yil - Genri Deyl Iotto Levi atsetilxolin funktsiyasini kashf etgani uchun fiziologiya bo'yicha Nobel mukofotini oldi.
1950 yil - Syostrand va Fernandes-Moran nerv tolalarining birinchi elektron- mikroskopik tavsifini berishdi.
1952 yil - Alan Lloyd Xojkin va Endryu Xaksli neyronlardagi harakat potentsiali (kalamarning ulkan aksonida) hosil bo‘lishi va tarqalishni tavsiflovchi matematik modelni taqdim etdilar.
1964 yil - Stiven Kuffler va Potter glia neyronlarning signallariga javob berishini isbotladi.
1988 yil - Pasko Rakich yosh neyronlarning miya asosida hosil bo‘lib, uning migratsiyasini tasvirlaydi.
1998 yil - Roderik Makkinnon va uning hamkasblari bakterial kaliy kanalining uch o'lchovli molekulyar tuzilishini olishga muvaffaq bo'lishdi. Kristallografiya yordamida kanalning selektivligini aniqladi, ya'ni, nima uchun kanal faqat kaliy ionlarining o'tishiga imkon beradi va boshqalar kichik natriy ionlari o'tmaydi.
Nerv to’qimasining tuzilishi, tarkibi qismlari
Nerv to‘qimasi nerv hujayrasi (neyronlar) va ularga ko‘makchi hujayralar neyroglial (sputnik) hujayralar hamda neyrosekretor hujayralardan tashkil topgan. Neyronlar – nerv to‘qimasining elementar va funksional birligi hisoblanadi. Neyron generatsiya qilish xususiyatiga ega bo‘lib, nerv impulaslarini organizmdagi boshqa hujayralarga o‘tkazish va uzatish vazifasini bajaradi. Neyron tanasida ikkita o‘simta, akson va dendriddan iborat bo‘ladi, bu o‘simtalar tuzilishi va funksiyasi jihatdan differensasiyalashgan. Neyron tanasidan nerv impulsi doimiy chiqadigan uzun o‘simtalar doim yakka bo‘ladi va u akson deb yuritiladi. Neyronning impulsni hujayra tanasiga qarab harakatlanishini ta‘minlaydigan o‘simtasi – bu dendrid deb ataladi.
Glial hujayralar – bu nerv to‘qimasining ajralmas qismi hisoblanadi. Ularsiz nerv sistemasi mavjud bo‘lmagan bo‘lar edi va ular quyidagi: tayanch; trofik; baryer; sinaptik aloqadorlikni ta‘minlash; nerv to‘qimasi regeneratsiyasi kabi vazifalarni bajaradi.
Tashqi ko‘rinishi jihatdan nayrosekretor hujayralar neyronlardan uncha farq qilmaydi, ammo tashiq tomondan bo‘ladigan elektrik stimullar bo‘lishi bilan oqsil-peptid tabiatli fiziologik aktiv moddalar sintezlaydi.
Nayronning tuzilishi, turlari va funksiyasi
Neyronlar – nerv to‘qimasining elementar va funksional birligi hisoblanadi. Neyron generatsiya qilish xususiyatiga ega bo‘lib, nerv impulaslarini organizmdagi boshqa hujayralarga o‘tkazish va uzatish vazifasini bajaradi. Neyron tanasida ikkita o‘simta, akson va dendriddan iborat bo‘ladi, bu o‘simtalar tuzilishi va funksiyasi jihatdan differensasiyalashgan. Neyron tanasida ikkita o‘simta, akson va dendriddan iborat bo‘ladi, bu o‘simtalar tuzilishi va funksiyasi jihatdan differensasiyalashgan. Neyron tanasidan nerv impulsi doimiy chiqadigan uzun o‘simtalar doim yakka bo‘ladi va u akson deb yuritiladi. Neyronning impulsni hujayra tanasiga qarab harakatlanishini ta‘minlaydigan o‘simtasi – bu dendrid deb ataladi. Dendridlar aksonlardan qo‘shni neyronlar bilan juda ko‘p mikroskopik bog‘lanishlarni hosil qilishi bilan farqlanadi. Bu bog‘lanishlar shipiklar deb yuritiladi va ularning soni bitta neyron dendridi yuzasida on minglab bo’lishi mumkin O‘simta soniga qarab neyronlar unipolyar – bitta aksonga ega bo‘lgan, bipolyar – bitta akson va bitta dendridga ega bo‘lgan, multipolyar neyronlar – bitta akson va ko‘p dendridga ega bo‘lgan turlri tafovut qiladi Bajaradigan funksiyasiga ko‘ra ham neyronlar uchta sinfga bo‘linadi. Sezuvchi (sensor) neyronlari – Analiz qiluvchi neyronlar, - Harakatlantruvchi (motor) neyronlar
Nerv hujayralarida transport
Nerv hujayralari tanasida sintezlangan oqsillarni tashilishi zarur, asosan uzunligi bir necha santimetr bo’lgan aksonlar bo’ylab ularning uzatilishini talab etadi. Shuning uchun nerv hujayralarida transport sistemasi juda yaxshi shakllangan bo’lib, asosan shakllangan sitosklet: mikrotrubkalar, makrofilamentlar va neyrofilamentlar bo’ylab amalga oshadigan transport yaxshi rivojlangan. Moddalarning asosiy qismi Goldji apparatida hosil bo’ladigan pufakchalarida aralashadi. Neyronlardagi Goldji apparati sisternalar juda yaxshi rivojlangan bo’lib, birinchi bo’lib bu organoid neyronlarda ilk bor aniqlangan.
Gliyalarning tuzilishi turlari va funksiyasi
XIX asrning ikkinchi yarmida nemis biologi va medic olimi Rudolf Virxov nerv to‘qimasi tarkibidaneyrondan tashqari turli tuman formadagi hujayralar mavjud ekanligi aniqladi va ularga ―gliya‖, grek tilidan glios – ―kley‖ so‘zidan olingab bo‘lib, bu hujayralar neyronlarni o‘rab va ularni joyida turib turish vazifalarni bajaradi.
Glial hujayralari nerv to‘qimasida neyronlarga nisbatan 5-10 barobar ortiq bo‘lib, inson miyasi yarmining ma‘lum qisminigina tashkil etadi xolos. Umurtqalilar MNSda ularning 4 turi: astosidlar, oligodendrosidlar, ependimal hujayralar va mikroglial hujayralardan tashkil topgan (-rasm). Ular neyronlardan farqli ravishda, bu hujayralar organizmning butun umri davomida bo‘lish xususiyatini saqlab qoladi.
Glial hujayralar – bu nerv to‘qimasining ajralmas qismi hisoblanadi. Ularsiz nerv sistemasi mavjud bo‘lmagan bo‘lar edi va ular quyidagi: tayanch; trofik; baryer; sinaptik aloqadorlikni ta‘minlash; nerv to‘qimasi regeneratsiyasi kabi vazifalarni bajaradi.
Organizmning boshqarilish turlari
Gumoral va nerv sistemasi orqali.
Nerv sitemasining vazifalari
Нерв системасининг функцияси икки қисмга бўлиб ўрганилади. Нерв системасининг биринчи функцияси: одам организмининг барча ҳужайра, тўқима, органлари ва системаларининг ишини бошқариш, тартибга солиш, ташқи муҳитдан, ички органлардан келадиган ахборотларни қабул қилиш ва уларни марказий нерв системасига етказиб бериш, организмдаги барча органларни бир-бири билан боғлаш ва
организмнинг бир-бутунлигини таъминлаш, ички секреция безларида ишлаб чиқариладиган турли гормонларнинг қон орқали организмга кўрсатадиган таъсирини, моддалар алмашинувини бошқариш, ўсиш ва ривожланишга таъсир этишдан иборат.
И.П. Павлов тизимининг бу вазифасини унинг қуйи функцияси деб атаган.
Нерв тизимининг иккинчи вазифаси: Нерв системасининг функцияси: Бу вазифани орқа ва бош миянинг қуйи қисмлари (узунчоқ, ўрта, оралиқ мия ва миячада жойлашган нерв марказлари бажаради одамнинг ташқи муҳит ва атрофдаги бошқа одамлар билан боғланишини, муомаласини ва ташқи муҳит шароитига мослашувини таъминлайди. Ташқи муҳит таъсирида, атрофдаги бошқа одамлар билан муносабати натижасида одамда нима пайдо бўлади? Нерв тизимининг бу вазифасини нима идора этади? Бош мия ярим шарлари ва унинг пўстлоқ қисми нерв марказлари бажаради. Фикрлаш баён этиш билим олиш ҳунар ўрганиш хотира И.П. Павлов нерв тизимининг бу вазифасини олий нерв фаолияти деб атаган.
Nerv sitemasining qismlarini izohlang

Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling