Neyrobiologiya fanida yn savollari Neyrobiologiya fani predmeti, maqsadi va vazifalari
Download 384.22 Kb.
|
2 5474623039289176372
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzunchoq miya.
- O’rta miya.
- Oraliq miya.
- Periferik nerv sitemasi va uning funksiyasi
- Nerv sistemasining vazifasiga ko’ra turlarini izohlang
- Nerv markazlari va ularning fiziologika xususiyatlari
- Dominanata xususiyati va uning ahamiyati
- Nerv tizimi bo’limlarining tuzilishi va rivojlanishi
Orqa miyaning funksiyalari. Orqa miya qo’zg’alishni bosh miya bo’lak- lariga o’tkazuvchi markaziy organ hisoblanib, reflektor va o’tkazuvchi funk-siyani bajaradi. Orqa miya skelet muskullarining harakat refleksini amalga oshiradi. Orqa miyaning ba‘zi harakat reflekslariga: tirsak, boldir, tizza, panja reflekslari misol bo’la oladi. Biroq odamda bosh miya juda yaxshi rivojlanganidan muskul harakatlarining ko’pi bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’i ishtirokida amalga oshiriladi. Orqa miya ichki organlar, yurak qon tomir, ovqat hazm qilish, ayirish va boshqa sistemalar ishini o’zgartirib, vegetativ reflekslarni ham amalga oshiradi.
Orqa miyaning yana bir funksiyasi o’tkazuvchanlikdir. Orqa miyaning o’tka- zuvchanlik funksiyasi ichki organlardan bosh miyaga va bosh miyadan ishchi organ-larga o’tkazuvchi yo’llar orqali impulslar o’tkazilishini ta‘minlashdan iborat. Uzunchoq miya.Uzunchoq miya orqa miyaning davomi bo’lib, uzunligi 3- 3,5 sm. Uzunchoq miya va varoliy ko’prigi reflektor hamda o’tkazish funksiyasini amalga oshiradi. Miyacha. Miyacha bolalarda bir oz yuqori joylashgan bo’lib, bosh miya quti-sining ensa qismini to’ldirib turadi. Miyachada ikkita yarim sharlar bo’lib, ular bir biri bilan chuvalchangsimon qism orqali birikadi. Miyacha muskullarning uyg’un qisqarishida va harakatlarida, bir guruh muskul-larning tegishlicha tarang turishini saqlashda ishtirok etadi va hokazo. O’rta miya. O’rta miya 4 tepalik plastinkasi va miya oyoqchalaridan tashkil topgan. Bundan tashqari, qizil yadro, qora modda va bosh miyadan chiqadigan, ko’z soqqasini harakatga keltiuvchi 3-4 juft va 4 juft g’altaksimon nervning yadrolari bor. O’rta miya yadrolari faoliyatiga ko’ra sezuvchi va harakat yadrolariga bo’linadi. Harakat yadrolari organizmda muskullar tonusiga bevosita ta‘sir etadi. Sezuvchi yadrolar eshitish va ko’rishda ishtirok etadi. Oraliq miya. Oraliqmiya o’rtamiyaningyuqorisida joylashgan. Oraliq miyaga - ko’rish, bo’rtiyo’lari, bo’rtiq osti qismi va tizzasimon tana kiradi. Oraliq miyaning bo’rtiq osti qismi turli yoshda rivojlanadi. Bo’rtiq osti qism funksional jihatdan oqsil, yog’, tuz va suv almashinuvi boshqarilishiga bog’liq. Bundan tashqari, u erdagi nerv markazlari ter ajralishi, issiqlikni boshqarish va uglevodlar almashinuviga ta‘sir etadi. Periferik nerv sitemasi va uning funksiyasi Nerv sistemasining periferik qismi asosan nervlardan, ya‘ni tola-lar bog’lamidan iborat bo’lib, bu tolalarning tanasi (nerv hujayrasi) nerv sistemasining markaziy qismida joylashgan. Periferik nerv tizimiga orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi, harakatlantiruvchi nerv tolalari, bosh miyadan chiqadigan 12 juft nervlar, hamda umurtqa pog’onasi atrofida va ichki organlarda joylashgan nerv tugunchalari kiradi. Nerv sistemasining vazifasiga ko’ra turlarini izohlang Nerv sistemasi shartli ravishda ikkiga; somatik va vegetativ nerv sistemasiga bo’linadi. Skelet muskullarini va ba‘zi ichki organlarini (til, hiqildoq, halqum va hokazolarni) ta‘minlab turadigan nervlar somatik nervlar deb nomlanadi. Somatik nerv sistemasi, asosan, organizmni tashqi muhit bilan bog’laydi va skelet muskullari harakatini boshqaradi. Vegetativ nerv sistemasi ichki organlarni (me‘da, ichaklar, nafas olish, siydik tanosil organlarni, ichki sekretsiya bezlari, teri, yurak va qon tomir-larni) nerv bilan ta‘minlaydi. Nerv markazlari va ularning fiziologika xususiyatlari Malum refleks amalga oshishida yoki biror funksiya bajarilishida bir guruh neyronlar ishtirok etadi. Bir guruh neyronlarning funksional birikmasi nerv markazi deb ataladi. Nutq funksiyasi, lablar, hiqildoq harakat muskullarining nerv markaz-lari uzunchoq miya, o’rta va bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ida joylashgan. So’zlar ma‘nosi tushuniladigan nerv markazi bosh miya katta yarim sharlarining chakka qismida joylashgan. Bu markaz shikastlanganda odam so’zlar ma‘nosini tushunish qobiliyatini yo’qotadi. Peshona qism shikastlanganda odam nutqni tushunadiyu, lekin gapira olmaydi. Nerv sistemasi nerv tolalaridan keladigan turli xildagi tashqi, ichki ta‘sirni qabul qiladi. Reflekslarning nerv markazlari nerv sistemasining turli joylarida o’rnashgan. Bitta neyron bir necha refleksda ishtirok etib, turli nerv markazlarida qatnashishi mumkin. Masalan, til muskullarini ta‘minlovchi neyronlar chaynash, yutish va nutq organlarining reflektor harakatlarida ishtirok etadi. Ba‘zi reflekslarning yuzaga kelishida nerv sistemasining turli bo’laklaridagi nerv markazlarining neyronlari qatnashadi. Masalan, nafas olish va nafas chiqarish reflekslarida uzunchoq miyadagi neyronlar bilan birga, orqa miya, bosh miya katta yarim sharlaridagi neyronlar ham ishtirok etadi. Dominanata xususiyati va uning ahamiyati Nerv markazlaridagi dominanta xususiyatini 1923-yilda A.A. Uxtomskiy isbotlagan. Bir butun refleks apparati bir xil sharoitda ishlab turganda kuchli ta‘sir natijasida impulslarning nerv markazlarida vaqtinchalik to’planib, ustunlik qilishi dominanta deyiladi. Optimal kuch va optimal ritmdagi qo’zg’alish impulslari nerv markaz-larida yuqori qo’zg’alish o’chog’ini keltirib chiqaradi. Nerv markazlari gumoral ta‘sir natijasida ham qo’zg’aladi. O’ta qo’zg’alish nerv markazlarida etiladi. SHunday qilib, ustunlik qiladigan qo’zg’alish o’chog’i paydo bo’ladi. Nerv tizimi bo’limlarining tuzilishi va rivojlanishi Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling