Anostatsiya : Jismoniy faollik skelet mushaklari tomonidan ishlab chiqarilgan, energiya sarfini talab qiladigan har qanday ixtiyoriy tana harakati sifatida belgilanadi. Kalit so’zlar


Download 117.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana09.06.2023
Hajmi117.56 Kb.
#1473275
  1   2
Bog'liq
yozish va taqdimot 1-topshiriq



JISMONIY FAOLLIKNI TARG`IB QILISH
Samandarova Gulnoza
Xalqaro Nordik Universiteti 
Talaba 
gulnozsamandarova@gmail.com
 
+998909657832 
Anostatsiya : Jismoniy faollik skelet mushaklari tomonidan ishlab 
chiqarilgan, energiya sarfini talab qiladigan har qanday ixtiyoriy tana harakati 
sifatida belgilanadi.
Kalit so’zlar : jimson tarbiya , sport , vazn , kayfiyat , faollik . 
Kirish : 
Sport bilan shug‘ullanishni boshlash uchun hech qachon kech emas. Siz vazn 
tashlash uchun boshlagan mashqlar bir yo‘la organizmingizdagi muammolarni 
bartaraf qilib, o‘zingizni yaxshi his qilishingizga ham hissa qo‘shishi mumkin. 
Asosiy qism : 
Vaznni nazorat qilishga yordam beradi 
Jismoniy faollikda kaloriyalar eriydi, iste’mol qilingandan ko‘ra ko‘proq 
kaloriya sarflanishi vazn tashlashga hissa qo‘shadi. Kardio mashg‘ulotlar og‘ir 
mashqlar bilan umumlashtirilganda esa yog‘lar sezilarli darajada kamayadi. To‘g‘ri 
ovqatlanishga amal qilgan holda mashqlarni bajarish vaznni nazorat qilish uchun 
eng sog‘lom usul hisoblanadi. 
Kayfiyatni yaxshilaydi 
Jismoniy faol bo‘lgand/?a rag‘bat va huzur-halovat gormoni sifatida ma’lum 
bo‘lgan gormon — dofaminning ishlab chiqarilishi jadallashadi. Qancha ko‘p 
mashq bajarilsa, dofamin shuncha ko‘p ajraladi va o‘zingizni baxtli his qilaverasiz. 
Muntazam ravishda sport b0ilan shug‘ullanish tana va tashqi ko‘rinish haqida 
ko‘proq qayg‘urishga yordam beradi. Natijada kishining o‘ziga bo‘lgan ishonchi 
va bahosi orta boshlaydi. 
Tiniqib uxlashga yordam beradi 


Tonggi mashqlar nafaqat kunlik energiya bilan ta’minlab metabolizmni 
yaxshilaydi, balki uyquning yaxshilanishiga ham hissa qo‘shadi.Tiniqib uxlash esa 
jismoniy faollik singari yaxshi ta’sir qiladi: xavotir va depressiyani kamaytiradi, 
immunitetni mustahkamlaydi, qandli diabet, ko‘krak saratoni hamda insultning 
kelib chiqish xavfini kamaytiradi. 
Kasallanish ehtimolini kamaytiradi 
Tadqiqotlarda sport bilan shug‘ullanadiganlarda shamollash xavfi 50 foizga 
kam ekani aniqlangan. Shu sabab ham ko‘proq faol bo‘lish, toza havoda piyoda 
yurishni kanda qilmaslik kerak. 
Terining ahvoli yaxshilanadi 
Muntazam ravishda mashq bajarish yosh ko‘rinishga yordam beradi. 
Jismoniy faollik hisobiga yuzning teri to‘qimalari qon bilan a’lo darajada 
ta’minlanadi, natijada ko‘rinish yaxshilanadi. Ter ajralishi o‘lik hujayralarni 
yo‘qotib, ularning yangilanishiga yordam beradi. 
Tetik va yoshroq ko‘rinishga yordam beradi 
Muntazam ravishda jismoniy faol bo‘lish qarish jarayonini sekinlashtiradi. 
Ontariodagi Makmaster universitetidagi sichqonlarda o‘tkazilgan tadqiqotda 
mashqlar qarish alomatlarini bartaraf qilishi aniqlangan. Keyingi faol va kam 
harakat ishtirokchilar qatnashgan tadqiqotlarda esa sport bilan 
shug‘ullanganlarning terisi 20-30 yoshdagilarnikidek ko‘ringani ma’lum bo‘lgan. 
Qomatning tik bo‘lishiga hissa qo‘shadi 
Son, oyoqlar, bo‘yin va boshqa mushaklarni mustahkamlaydigan mashqlar 
qaddi-qomatni tik bo‘lishi0 bilan birga, og‘riqlarni ham yo‘qolishiga hissa 
qo‘shadi. 
Miya faoliyati va xotirani yaxshilaydi 
Yosh o‘tishi miyaga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Garvard universitetida 
o‘tkazilgan tadqiqotda, muntazam ravishda bajarilgan mashqlar miyadagi xotiraga 
javob beradigan to‘qimalarning shikastlanishini sekinlashtirishi ba’zida esa 
bartaraf qilishi mumkinligi ko‘rsatgan. Boshqa bir tadqiqotda esa jismoniy faollik 
sifatida raqsni tanlagan ishtirokchilarda aqlan zaiflik xavfi 76 foizga kamaygani 
aniqlangan. 
Stressni kamaytiradi 


Mashg‘ulotlar, ayniqsa, raqs tushish stressga qarshi yaxshi samara beradi. 
Masalan, 20 daqiqa davomida tango bilan shug‘ullanish gormon stressini sezilarli 
darajada kamaytirishi isbotlangan. 
Ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi 
Sichqonlarda o‘tkazilgan tadqiqotda jismoniy mashqlar vaqt o‘tishi bilan 
ko‘z pardasi ahvolining yomonlashish jarayonini to‘xtatishi mumkinligi 
aniqlangan. 
Ko‘proq pul topishga turtki bo‘ladi 
Finlyandiyaliklar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda sport bilan doimiy 
ravishda shug‘ullangan ayollar kam harakat tengdoshlariga nisbatan ko‘proq 
mablag‘ topishi aytilgan. Tonggi mashqlardan keyingi tetiklik ish samaradorligiga 
ham ta’sir qiladi. 

Download 117.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling