Answer: c 3-7 yoshgacha bola qancha vaqtda tibbiy ko’rikdan o’tkazilishi kerak?
Download 51.57 Kb.
|
fiziologiya
1-3 yoshgacha bola qancha vaqtda tibbiy ko’rikdan o’tkazilishi kerak? A) 1 oyda. B) 4 oyda. C) 3 oyda. D) 6 oyda. ANSWER: C 3-7 yoshgacha bola qancha vaqtda tibbiy ko’rikdan o’tkazilishi kerak? A) 1-oyda. B) 4-oyda. C) 3-oyda. D) 6-oyda. ANSWER: D 6-7 yoshli bola 1 minutda necha marta nafas oladi? A) 24-26 marta. B) 26-28 marta. C) 23-24 marta. D) 24-28 marta. ANSWER: C 7 yoshli bolada o’pka tiriklik sig’imi necha millitr? A) 1200-1400 ml. B) 1400-1500 ml. C) 1300-1500 ml. D) 1300-1500 ml. ANSWER: A 9-12 yoshlarga kelib analizatorning qaysi turi takomillashib har tomonlama normal bo’ladi? A) eshitish. B) ko’rish. C) hid bilish. D) ta’m bilish. ANSWER: B AB (I) guruh qonida qaysi aglyutinogen va aglyutininlar bo’ladi? A) A-β. B) B-α. C) 0 –α,β. D) AB-0. ANSWER: C Achchiqni tilning qaysi qismi sezadi? A) tilning oldingi qismi. B) tilning orqa qismi. C) tilning uchki qismi. D) tilning yon qismi. ANSWER: B Akseleratsiya termining ma’nosi nima? A) sust rivojlanish. B) tezlashuv. C) rivojlanish tekisligi. D) normal holat. ANSWER: B Akseleratsiya terminini qachon va qaysi olim fanga kiritgan? A) 1935 yil. R. Kox. B) 1962 yil. I.P.Pavlov. C) 1945 yil. R. Broun. D) 1863 yil. M Sechenov. ANSWER: A Analizatorlar nechta qismdan iborat va ular qaysilar? A) 3 ta, periferik qism, o’tkazuvchi yo’l, markaz. B) 2 ta, periferik qism, markaz. C) 2 ta, tashqi qism, markaz. D) 3 ta, tashqi qism, o’rta qism, markaz. ANSWER: A Arterial puls nimani aks ettiradi? A) chap bo’lmachaga keluvchi qonning xajmini. B) qonning sistolik xajmini. C) qonning distolik xajmini D) yurak faoliyatini va arterial sistemani funktsional xolatini. ANSWER: D Arterial qon deb nimaga aytiladi? A) is gaziga to’yingan qonga. B) kislorodga (О2) to’yingan qonga. C) karbonat angidridga (СО2) to’yingan qonga. D) eritrositlar ko’p bo’lgan qanga. ANSWER: B Arterial qon oqadigan venani aniqlang? A) o‘pka arteriasi. B) buyrak venasi. C) o‘pka venasi. D) buyrak arteriyasi. ANSWER: C B (III) gruppa qonini qaysi gruppalarga quyish mumkin? A) B (III) va A (II). B) B (III) va AB (IV). C) (I) va A (II). D) (II) va A (II). ANSWER: B B (III) guruh qonida qaysi aglyutinogen va aglyutininlar bo’ladi? A) A-β. B) B-α. C) AB-0. D) 0 –α,β. ANSWER: B Ba’zi odamlar ranglarni ajrata olmaydi bu kasallik nima deb ataladi? A) okkuliziya. B) miopiya. C) proksimal. D) daltonizm. ANSWER: D Bir kunlik ovqat ratsionini kolloriyasini alohida ovqatlanish vaqtlarida taqsimlanishini % hisobida ko’rsating? A) nonushta- 15-20, ikkinchi nonushta -35-40, tushlik-10-15, kechki ovqat-25-20. B) nonushta- 15-30, ikkinchi nonushta -35-40, tushlik-10-20, kechki ovqat-15-25. C) nonushta- 25-30, ikkinchi nonushta -35-40, tushlik-10-15, kechki ovqat-15-20. D) nonushta- 20-25, ikkinchi nonushta -15, tushlik-30-35, kechki ovqat-20-25. ANSWER: D Bir sutka davomida odamda qancha oshqozon shirasi ajralib chiqadi? A) 1,5 - 3,0 L. B) 1,5 - 2,0 L. C) 1,0 - 1,5 L. D) 2,0 - 2,5 L. ANSWER: D Bir sutka davomida og’oz bo’shlig’iga qancha so’lak ajralib chiqadi? A) 0,5 - 2,0 L. B) 1,0 – 1,5 L. C) 0,5 - 1,0 L. D) 1,0 – 2,0 L. ANSWER: A Bir yashar bolaning vazni tug`ilganidagi vaznidan necha marta ortib, qanchaga yеtadi? A) 4 marta – 11-12 kg. B) 2 marta – 6-7 kg. C) 3 marta – 9-10 kg. D) 5 marta- 15-16 kg. ANSWER: C Bir yoshli bolalar bir kecha-kunduzda necha soat uxlaydi? A) 12-14 soat. B) 19-20 soat. C) 14-16 soat. D) 16-17 soat. ANSWER: D Bir yoshli va 3 yoshli bola mos ravishda nechtagacha so’zni ayta olishi mumkin? A) 5-10 ta va 1000 ta. B) 5-10 ta va 1200 ta. C) 10-20 ta va 1000 ta. D) 5-10 ta va 1500 ta. ANSWER: A Birinchi bolalik (va ikkinchi bolalik) davrlari o’g’il bolalarda necha yoshlarni o’z ichiga oladi? A) a-4-5; b-6-12. B) a-3-7; b-8-14. C) a-4-8; b-9-14. D) a-4-7; b-8-12. ANSWER: D Birinchi bolalik davrini belgilang? A) 3-8 yosh. B) 2-4 yosh. C) 4-7 yosh. D) 1-2 yosh. ANSWER: C Bola nutqining rivojlanishida qaysi yoshlarda uning so’z boyligi o’rtacha nechta so’zni tashkil etishini juftlab ko’rsating? A) 1-yoshda 10—20 ta so`z, ikki yoshda 500 ta so`z , 3 yoshda 2000 ta, 4 yoshda 2500 ta, 5 yoshda 3000 ta. B) 1-yoshda 5—10 ta so`z, ikki yoshda 300 ta so`z , 3 yoshda 1000 ta, 4 yoshda 2000 ta, 5 yoshda 2500 ta. C) 1-yoshda 1—5 ta so`z, ikki yoshda 1000 ta so`z , 3 yoshda 2500 ta, 4 yoshda 3000 ta, 5 yoshda 3500 ta. D) 1yoshda 50—100 ta so`z, ikki yoshda 800 ta so`z , 3 yoshda 1500 ta, 4 yoshda 2500 ta, 5 yoshda 3500 ta. ANSWER: B Bola muskullari necha yoshda to`liq shakllanadi. A) 20 yoshda. B) 18 yoshda. C) 16 yoshda. D) 25 yoshda. ANSWER: D Bola necha oyligidan boshlab hidlarni ajrata boshlaydi? A) 2-3 oyligidan. B) 8-9 oyligidan. C) 6-7 oyligidan. D) 4-5 oyligidan. ANSWER: D Bola tug`ilganda bosh miyasining vazni necha gramm bo`ladi? A) 440-500 gr. B) 540-600 gr. C) 240-300 gr. D) 340-400 gr. ANSWER: D Bola yashaydigan xona harorati qancha bo’lishi kerak? A) 20 0C. B) 15 0C. C) 25 0C. D) 28 0C. ANSWER: C Bolalar gigienasining talablari? A) o’sish va rivojlanishni ta’milash, vaqtida ovqatlanish. B) tozolikka rioya qilish, vaqtida cho’miltirish. C) o’sish va rivojlanishni ta’milash, infeksion kasalliklarning oldini olish. D) pokizalikni ta’minlash, infeksion kasalliklarning oldini olish, oziqlanishini yaxshilash. ANSWER: D Bolalarda doimiy tishlar qaysi yoshda chiqib bo’lishini belgilang? A) 13 yoshda. B) 12 yoshda. C) 15 yoshda. D) 18 yoshda. ANSWER: C Bolalarning gavda skeletini qaysi suyaklar tashkil etadi? A) umurtqa pog’onasi, ko’krak qafasi. B) bosh, umurtqa pog’onasi, qo’l, oyoq. C) umurtqa pog’onasi, o’mrov. D) bosh, ko’rrak qafasi. ANSWER: A Bolalarning qaysi a‘zosining devori 16-20 ta halqasimon tog’aydan iborat? A) traxeya. B) bronxlar. C) halqum. D) qizilo’ngach. ANSWER: A Bolani aniq ko’rishi nechanchi oylikdan boshlanadi? A) 7-oylikdan. B) [удивляюсь]ylikdan. C) 6-oylikdan. D) 9-oylikdan. ANSWER: C Bolaning barmoq falangalari necha yoshida suyaklanib bo’ladi? A) 7-12 yoshida. B) 9-11 yoshida. C) 8-15 yoshida. D) 5-10 yoshida. ANSWER: B Bolaning bosh miyasi necha yoshgacha tеz o`sadi (a), necha yoshlarga borib to`xtaydi (b)? A) a-6 yosh; b-20-25 yosh. B) a-7 yosh; b-20-30 yosh. C) a-8 yosh; b-25-30 yosh. D) a-7 yosh; b-25-30 yosh. ANSWER: B Bolaning liqildoqlari kalla suyagining qaysi qismida joylashgan? A) peshona, chakka qismida. B) peshona, ensa, chakka qismida. C) ensa, chakka qismida. D) chakka, tepa qismida. ANSWER: B Bolaning necha yoshigacha naysimon suyaklar to’la shakillanib boradi? A) 20 yoshigacha. B) 24 yoshigacha. C) 22 yoshigacha. D) 18 yoshigacha. ANSWER: D Bolaning sut tishlari qachondan boshlab chiqa boshlashini belgilang? A) 6-8 oyligidan. B) 6-10 oyligidan. C) 6-12 oyligidan. D) 10-12 oyligidan. ANSWER: A Bolg’acha, uzangi, sandoncha suyaklari eshitish organining qaysi qismida joylashgan? A) tashqi quloqda. B) ichki quloqda. C) o’rta quloqda. D) tashqi eshitish yo‘lida. ANSWER: C Bosh miya nechta qismga bo’lib o’rganiladi? A) 4 ta. B) 5 ta. C) 3 ta. D) 2 ta. ANSWER: B Bosh miya yarim sharlari po`stloq qavat qalinligi (va yuzasi) to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang? A) a-1,5-2 mm; b- 2000 kv. mm². B) a-2-3,5 mm; b- 1800 kv. mm². C) a-2,5-3 mm; b- 2000 kv. mm². D) a-1,5-3 mm; b- 2000 kv. mm². ANSWER: C Bosh miya yarim sharlari postlog’ining umumiy sathi qancha? A) 1800-2300 sm2 B) 1700-2000 sm2 C) 2000-2200 sm2 D) 2100-2200 sm2 ANSWER: B Bosh miyada taxminan qancha nеrv hujayrasi bor? A) 13 mlrd. B) 12 mlrd. C) 14 mlrd. D) 10 mlrd. ANSWER: C Buyraklar qaerda joylashgan? A) qorin bo’shlig’ining ikki yonida. B) 1-2-bel umurtqasini ikki yonida. C) 4-5-bel umurtqasini ikki yonida. D) 12-ko’krak va bel umurtqalarini yonida. ANSWER: D Buyumlar ko’zdan qancha masofada bo’lib, yorug’lik qaysi tomondan tushishi kerak? A) 35-40 sm, chap tomonda. B) 20-35 sm, chap tomondan. C) 30-40 sm, chap tomondan. D) 25-40 sm, chap tomondan. ANSWER: C Chaqaloqda katta liqildoq qaysi suyaklar yordamida hosil bo’lgan? A) peshona va ensa suyaklardan. B) ensa va chakka suyaklardan. C) peshona va tepa suyaklardan. D) tepa va chakka suyaklardan. ANSWER: C Chaqaloqlarda arterial bosim qanday? A) Maks. 60-65 mm sim.ust; min. 40-50 mm sim.ust. B) Maks. 90-100 mm sim.ust; min. 60-70 mm sim.ust. C) Maks. 80-90 mm sim.ust; min. 50-60 mm sim.ust. D) Maks. 60-70 mm sim.ust; min. 30-40 mm sim.ust. ANSWER: A Daltonizm kasalligi erkaklar orasida (va ayollarda) necha % ni tashkil etadi? A) a-8 %; b-0,5 %. B) a-6 %; b-1,5 %. C) a-7 %; b-2,5 %. D) a-5 %; b-3,5 %. ANSWER: A Dеraza tokchasi pol sathidan necha sm. baland bo`lishi kеrak? A) 70 sm. B) 80 sm. C) 60 sm. D) 50 sm. ANSWER: B Endemik buqoq kasalligini yuzaga keltiradigan omillar qaysi qatorda to‘g‘ri keltirilgan? A) Atmosfera havosining tarkibida kislorod miqdorining kamayishi. B) Suvda, tuproqda, o‘simliklarda, oziq ovqatlarda yodni haddan tashqari ko‘pligi. C) Qalqonsimon bezning funksiyasi susayib ketishi. D) Suvda, tuproqda, o‘simliklarda, oziq ovqatlarda yodning yetishmasligi. ANSWER: D Endi tug’ilgan bolalarda qon umumiy tana vaznining necha % ni tashkil etadi? A) 11 %. B) 14 %. C) 15 %. D) 7 %. ANSWER: C Eritorotsitlarni vazifalari qaysi qatorda to’liq ko’rsatilgan? A) kislorodni tashiydi, immunitetda ishtirok etadi, qon ivishida. B) qonning qovushqoqligini oshiradi, kislorodni tashiydi, eritrotsitlarni cho’kishini tezlashtiradi. C) ximoya, immunitetda ishtirok etadi, qon ivishda. D) ximoya, qon ivishda, eritrotsitlarni cho’kidhini tezlashtiradi. ANSWER: B Eritrositlar funksiyasini aniqlang? A) organizmni kislorod bilan ta`minlash. B) qonning ivishini ta`minlash. C) oziq moddalarni tashish. D) organizmni himoya qilish. ANSWER: A Eritrotsitlar qanday shaklda bo’ladi? A) yassi, noto’g’ri shaklli. B) noksimon, ikki tomoni botiq. C) ovalsimon, noto’g’ri shaklli. D) yassi, ikki tomoni botiq. ANSWER: D Eshitish analizatorining qismlarini to’liq ko’rsatilgan qatorni beligilang? A) o’rta va ichki quloq. B) tashqi, o’rta quloq. C) tashqi va ichki quloq. D) tashqi, o’rta, ichki quloq. ANSWER: D Eshitish analizatorlarining nerv markazi bosh miya yarim sharlari po`stlog`ining qaysi qismida joylashgan? A) chakka qismida. B) ensa qismida. C) tepa qismida. D) peshona qismida. ANSWER: A Eshitish analizatorning funktsional rivojlanishi bolaning necha yoshigacha davom etadi? A) 4-6 yoshigacha. B) 6-7 yoshigacha. C) 4-5 yoshigacha. D) 5-6 yoshigacha. ANSWER: B Eshitish suyakchalari qayerda joylashgan? A) tashqi quloqda. B) ichki quloqda. C) tashqi eshitish yo‘lida. D) o‘rta quloqda. ANSWER: D Fagotsitoz deganda nimani tushunasiz? A) eritrotsitlarning parchalanib ketishi. B) leykotsitlarning bakteriyalarni yemirishi. C) leykotsitlarning parchalanib ketishi. D) trombotsitlarning ko’payib ketishi. ANSWER: B Geteroxroniya nima? A) o’sish va rivojlanishni tezlashuvi. B) rivojlanishni notekisligi. C) o`sish tezlashuvi. D) o`sish va rivojlanishning notekisligi. ANSWER: D Gigiyena fani nimani o`rganadi? A) bola organizmining hayotiy funksiyalarini o`rganadi. B) tana tuzilishini va shakllanishini o`rganadi. C) tashqi muhit sharoitlarining odam sog`ligiga ta`sirini o`rganadi. D) odam organizmining hujayraviy tuzilishini o`rganadi. ANSWER: C Gipermetropiya nima? A) yaqinni ko’ra olmaslik holati. B) uzoqni ko’ra olmaslik holati. C) ko’z ichi bosimining ortishi. D) ko’z shilliq pardasi yallig’lanishiga. ANSWER: A Har qanday analizatorlar qanday qismlardan tashkil topgan? A) periferik, sezuvchi, markaziy qism. B) periferik, o’tkazuvchi yo’l, markaziy qism. C) periferik, retseptor, o’tkazuvchi yo’l. D) periferik, markaziy qism, retseptor. ANSWER: B Hazm bo`lgan ovqat moddalari hazm kanalining qaysi qismida so`riladi? A) ingichka ichakda. B) oshqozon va ichaklarda. C) o`nikki barmoqli ichakda. D) yo`g`on ichakda ANSWER: A Ikkinchi qon gruppasida qanday agglyutinogen va aglyutininlar bo’ladi? A) aglyutinogen B, aglyutinin alfa. B) aglyutinogen bo’lmaydi, aglyutinin alfa. C) aglyutinogen betta, aglyutinin alfa. D) aglyutinogen A, aglyutinin betta. ANSWER: D Ilk bolаlik dаvri qaysi yoshlarni o’z ichiga oladi? A) 3-6 yoshgacha. B) 1-3 yoshgacha. C) 10 kundаn-1 yoshgаchа. D) 4-7 yoshgacha. ANSWER: B Immunitet organizmda nima ta’minlaydi? A) organizmning himoya funktsiyasini. B) organizmning rivojlanishini. C) to`qimaning shakllanishini. D) xomilaning o`sishi va rivojlanishini. ANSWER: A Ingichka ichakning qismlarini ko’rsating? 1) 12 barmoqli ichak. 2) S-simon ichak. 3) Ko’r ichak. 4) Och ichak. 5) To’g’ri ichak. 6) Yonbosh ichak. 7) Yuqoriga ko’tariluvchi chambar ichak. A) 1,3,6. B) 1,4,7. C) 1,4,6. D) 1,2,6. ANSWER: C Kalla suyagidagi liqildoqlarning suyaklanish davri qachon tugaydi? A) 2 yoshda. B) 3 yoshda. C) 1 yoshda. D) 4 yoshda. ANSWER: D Katta odamda orqa miyasining massasi qancha? A) 30-40 gramm. B) 50-60 gramm. C) 40-50 gramm. D) 20-30 gramm. ANSWER: A Katta odamnikiga nisbatan bosh miyaning vazni bolalarda qanchani tashkil etadi? A) 6 oyda – 50%; 2,5 yoshda – 75%; 5 yoshda – 90%; 10 yoshda – 95%. B) 6 oyda – 30%; 2,5 yoshda – 65%; 5 yoshda – 80%; 10 yoshda – 90%. C) 6 oyda – 40%; 2,5 yoshda – 55%; 5 yoshda – 70%; 10 yoshda – 85%. D) 6 oyda – 35%; 2,5 yoshda – 55%; 5 yoshda – 65%; 10 yoshda – 85%. ANSWER: A Katta yoshdagi odam tinch holatda nafas olganda, o’pkasiga necha sm3 havo kirishini belgilang? A) 300 sm3 B) 500 sm3 C) 250 sm3 D) 200 sm3 ANSWER: B Kichik maktab yosh davri necha yoshgacha? A) 7-12 yoshgacha. B) 7-15 yoshgacha. C) 8-11 yoshgacha. D) 6-10 yoshgacha. ANSWER: A Kichik qon aylanish doirasining vazifasi qanday? A) qon aylanish doirasida bosim hosil qilish. B) gazlar transporti va almashinuvi. venoz qonni arterial qonga aylantirish. C) moddalar transporti va almashinuvi. D) katta qon aylanish doirasi bo‘ylab qonning harakati. ANSWER: B Ko`rish analizatorining nerv markazi bosh miya yarim sharlari po`stlog`ining qaysi qismida joylashgan? A) ensa qismida. B) peshona qismida. C) tepa qismida. D) chakka qismida. ANSWER: A Ko`z morfoilogik va funktsional jihatdan necha yoshgacha rivojlana boradi? A) 9-12 yoshgacha. B) 14-16 yoshgacha. C) 12-16 yoshgacha. D) 10-16 yoshgacha. ANSWER: A Ko`z soqqasi necha qismdan iborat va ular qaysilar? A) 3 ta; tashqi, o‘rta, ichki. B) 3 ta; oqsil parda, gavxar, to‘r parda. C) 2 ta; tashqi, ichki. D) 2 ta; oqsil parda, tomirli parda. ANSWER: A Ko`zning optik sistеmasiga, uning qaysi qismlari kiradi? A) shox parda, tomirli parda va to’rsimon parda. B) shox parda, orqa kamera, gavhar, shishasimon tana. C) kipriklar, qovoq, ko’z yoshi suyuqligi, shishasimon tana. D) shox parda, tomirli parda, ko’z yoshi bezi, ko’z yoshi suyuqligi. ANSWER: B Ko’rish analizatorining qaysi qismi birinchi bo’lib rivojlanadi? A) markaz qismi. B) periperik qismi. C) gavxar qismi. D) shox parda qismi. ANSWER: B Ko’rish o’tkirligi qaysi asbob yordamida aniqlaniladi? A) forster perimetri. B) lyuksometr. C) golovin jadvali. D) dioptriya. ANSWER: C Ko’z akkomadatsiyasi deb nimaga aytiladi? A) ko’zning moslashuvi va ko’z gavxarining elastiligi kuchayib borishiga. B) ko’z gavhari elastikligining ortib borishiga. C) ko’z gavxari elastiligining kamayib borishiga. D) ko’zdan turlicha uzoqlikda turgan narsalarni aniq ajratish qobiliyatiga. ANSWER: D Ko’z retseptorlari - tayoqcha va kolbachalar qaysi pardada joylashganligini toping? A) oqsil pardada. B) to’r pardada. C) shox pardada. D) kamalak pardada. ANSWER: B Ko’z soqasining devori necha qavatdan iborat? A) 4 qavat. B) 5 qavat. C) 6 qavat. D) 3 qavat. ANSWER: D Ko’zning oldingi kamerasi qaerda joylashgan. A) kolbacha va tayoqchasimon retseptorlarda. B) ko’z kosasini orqa rangdor yuzasida. C) shox parda bilan rangdor parda o’rtasidagi bo’shliqda. D) fibroz bilan rangdor parda o’rtasida. ANSWER: C Ko’zning uyg’un xarakati qochondan boshlanadi? A) 8 oylikdan yoki 1 yoshidan. B) 1 yoshdan yoki 1,5 yoshidan. C) 2 yoshidan yoki 3 yoshidan. D) 6 oylikdan yoki 1 yoshidan. ANSWER: D Kolbachasimon rеtsеptorlar funktsiyasiga ko`ra qanday ranglarni qabul qiladi? A) yashil, qora, oq. B) ko’k, qizil, sariq. C) oq, yashil, k’ok. D) ko`k, yashil, qizil. ANSWER: D Kunduzi ko`rishni ta'minlovchi retseptorlarni belgilang? A) tayoqchasimon. B) spiralsimon. C) kolbachasimon. D) ovalsimon. ANSWER: C Leykotsitlar sonining ko’payishiga nima deyiladi? A) leykopeniya. B) anemiya. C) agglyutinatsiya. D) leykotsitoz. ANSWER: D Maktabdagi shart-sharoitlar va ularning o’quvchi organizmiga, salomatligiga ta’sirini o’rganadigan fan bo’limi? A) maktab gigiyenasi. B) pedagogika gigiyenasi. C) psixologiya gigiyenasi. D) etika gigiyenasi. ANSWER: A Markaziy nerv sistemasiga miyaning qaysi qismlari kiradi? A) bosh va orqa miya. B) bosh miya va uzunchoq miya. C) o’rta va orqa miya. D) uzunchoq va orqa miya. ANSWER: A Miopiya deb nimaga aytiladi? A) yaqindan ko’ra olmaslik yoki uzoqni ko’rish. B) ko’z shilliq pardasi yallig’lanishiga. C) ko’z ichi bosimining ortishiga. D) uzoqni ko’ra olmaslik yoki yaqindan ko’rish. ANSWER: D Muskullar, paylar va bo`g`imlarda joylashgan rеtsеptorlar qanday ataladi? A) propriorеtsеptorlar. B) ekstеrorеtsеptorlar. C) interorеtsеptorlar. D) vistseroretseptorlar. ANSWER: A Muvozanatni saqlash vazifasini qaysi miya bajaradi? A) bosh miya. B) orqa miya. C) oraliq miya. D) miyacha. ANSWER: D Nafas bilan chiqarilgan havo tarkibida necha foiz kislorod bo’ladi? A) 12 %. B) 21 %. C) 16 %. D) 20 %. ANSWER: C Nafas olish sistemasi organlari ketma-ketligini aniqlang? 1. – traxeya, 2.- xalqum, 3- burun bo`shlig`I, 4- bronxlar, 5-o`pkalar, 6-hiqildoq. A) 2,3,1,5,4,6. B) 1,3,2,4,5,6. C) 4,3,1,2,6,5. D) 3,2,6,1,4,5. ANSWER: D Nafas olishni boshqaruvchi markaz bosh miyaning qaysi qismida joylashgan? A) miyachada. B) uzunchoq miyada. C) bosh miyada. D) orqa miyada. ANSWER: B Necha yoshlarga kelib eshitish eng yuqori darajada bo’ladi? A) 14-16 yoshda. B) 14-20 yoshda. C) 14-19 yoshda. D) 14-15 yoshda. ANSWER: C Nerv hujayrasida odatda nechta akson bo’lishini belgilang? A) 2 ta. B) 1 ta. C) 3 ta. D) 4 ta. ANSWER: B Nerv hujayrasining qaysi qismlari dendrit va aksonlar deb aytiladi? A) nerv hujayrasi va retseptor. B) neyronning tanasi va kalta o’simtasi. C) nerv hujayrasining kalta va uzun o’simtasi. D) neyronning tanasi. ANSWER: C Nerv sistemаsi umumiy tаrzdа qаndаy qismlаrdаn tuzilgаn? A) markaziy nerv sistemasi, miyachа vа bosh miya kаttа yarimshаrlаridan. B) simpаtik vа pаrаsimpаtik nerv sistemаlаridаn. C) mаrkаziy nerv sistemаsi (orqа miya, bosh miyvа periferik nerv sistemаsidаn. D) orqа miya vа periferik neyronlаr to’plаmidаn. ANSWER: C Nerv tizimi joylashgan joyi va funksiyasiga qarab tizimlarga to’g’ri ajratilgan qatorni belgilang? A) pereferik, somatik, neyron, akson. B) markaziy, periferik, somatik, neyron. C) markaziy, somatik, pereferik, neyron. D) markaziy, periferik, somatik, vegetativ. ANSWER: D Neyron nima? A) markaziy nerv tizimining struktura va funktsional birligi. B) markaziy nerv tizimining uzun o’simtasi. C) markaziy nerv tizimining periferik qismi. D) markaziy nerv tizimining struktura birligi. ANSWER: A Neyronlarda qanday o‘simtalar kuzatiladi? A) faqat kalta o‘simta. B) faqat uzun o‘simta. C) 2 xil - uzun va kalta. D) 3 xil - uzun, kalta va yo‘g‘on. ANSWER: C Neyronning uzun o‘simtasi hisoblangan aksonning vazifasi nimadan iborat? A) tegishli impulslarni qabul qilish. B) nerv impulslarni qayta ishlash. C) nerv impulslarni tormozlanishni amalga oshirish. D) nerv impulsini ishchi a’zo yoki boshqa neyronga uzatish. ANSWER: D O`g`il bolalar bo`yiga o`sishi asosan necha yoshgacha davom etadi? A) 19-20 yoshgacha. B) 10-12 yoshgacha. C) 22-24 yoshgacha. D) 14-16 yoshgacha. ANSWER: A O`g`il bolalar rivojlanishidagi o`smirlik davrini belgilang? A) 14-20 yosh. B) 10-14 yosh. C) 13-16 yosh. D) 15-20 yosh. ANSWER: C O`gil bolalarga hos bo`lgan navqironlik davrini belgilang? A) 17-21 yosh. B) 15-18 yosh. C) 20-30 yosh. D) 12-20 yosh. ANSWER: A O`q`iyotganda yoki yozayotganda narsalar ko`zdan necha sm. uzoqlikda bo`lishi tavsiya etiladi? A) 25-40 sm. B) 30-40 sm. C) 35-45 sm. D) 25-30 sm. ANSWER: B O`rta maktab yoshini belgilang? A) 10-14 yosh. B) 12-15 yosh. C) 12-18 yosh. D) 11-14 yosh. ANSWER: B O`sish deb nimaga aytiladi? A) o`z tuzilishini saqlagan holda sifat jihatdan yangilanish. B) o`z vazifasini saqlagan holda sifat jihatdan yangilanish. C) o`z tuzilishini saqlagan holda miqdor jihatdan ko`payish. D) o`z vazifasini saqlagan holda sifat va miqdor jihatdan yangilanish. ANSWER: C O'sishi va rivojlanishi muayyan qonuniyatlar asosida boradi, bularga qaysi jarayonlar kiradi? A) gemodinamika va gipokineziya. B) akseleratsiya va notеkislik. C) geteroxroniya va akseleratsiya. D) notеkislik, uzluksizlik. ANSWER: C O‘pkaning tiriklik sig‘imi qaysi hajmlar yig‘indisidan iborat? A) nafas olish va chiqarish, qoldiq havolar. B) nafas chiqarish, rezerv va qoldiq havolar. C) alveolyar, rezerv va qoldiq havolar. D) nafas, qo’shimcha, rezerv havolar. ANSWER: D O‘t suyuqligi qaysi oziq moddaning hazm bo‘lishiga bevosita ta’sir qiladi? A) oqsillarning. B) uglevodlarning. C) vitaminlarning. D) yog‘larning. ANSWER: D O’pkaning tiriklik sig’imini aniqlaydigan asbobni ko’rsating? A) dinomometr. B) golovin jadvali. C) spirometr. D) forster perimetri. ANSWER: C O’quvchilarni jismoniy rivojlanishini gigienik baxolashda samotometriya usulida nimalar aniqlaniladi? A) gavdaning uzunligi, muskul rivojlanganligi, oyoqlarning shakli, qad-qomatning shakli. B) gavdaning uzunligi, vazni, ko’krak va bosh aylanasi. C) o’pkaning tiriklik sig’imi, nafas xarakatlarini soni. muskul kuchi. D) arterial qon bosimi, pul’sometriya, dinamometriya. ANSWER: B O’rtacha katta yoshli sog`lom odamda maksimal va minimal bosim necha mm.simob ustiniga teng? A) 100-110, 65-70 mm.sim.ust. B) 90-120, 70-90 mm.sim.ust. C) 100-120, 80-90 mm.sim.ust. D) 90-100, 80-90 mm.sim.ust. ANSWER: B O’sish jarayonining yoshga oid chegaralari ayollarda (va erkaklarda) necha yoshni tashkil etadi? A) a-19-20; b-19-22 yosh. B) a-18-19; b-19-20 yosh. C) a-18-20; b-18-22 yosh. D) a-17-20; b-17-22 yosh. ANSWER: B O’smirlarda qon tana vaznining necha foizini tashki qiladi? A) 12 %. B) 10 %. C) 15 %. D) 14 %. ANSWER: D Odam hayotida nutq qaror topib, shakllanib boradigan eng optimal davr necha yoshgacha bo’lgan davr hisoblanadi? A) 4 yoshgacha bo`lgan davr. B) 5 yoshgacha bo`lgan davr. C) 2 yoshgacha bo`lgan davr. D) 3 yoshgacha bo`lgan davr. ANSWER: D Odam qonida trombotsitlar miqdori qancha va ular qaerda xosil bo’ladi? A) 6000-8000 1 mm3, qizil ko’mikda. B) 250000-400000 mm3, qora taloqda. C) 250000-400000 mm3, qizil ko’mikda. D) 300000-400000 mm3, qora taloqda. ANSWER: C Odam skeletidagi suyaklar erkaklar, ayollar va bolalarda mos ravishda tana vaznining qancha foizini tashkil etadi? A) 18%, 16%, 14%. B) 20%, 18%, 16%. C) 22%, 20%, 18%. D) 10%, 15%, 20%. ANSWER: A Odamda sut tishlarining soni nechta bo’ladi? A) 32 ta. B) 28 ta. C) 30 ta. D) 20 ta. ANSWER: D Odamlarda muskul kuchini aniqlaydigan asbob nomini ko’rsating? A) spirometr. B) dinamometr. C) golovin jadvali. D) forster perimetri. ANSWER: B Odamlarda qaysi qon guruhi eng kam tarqalganini belgilang? A) IV guruh. B) II guruh. C) III guruh. D) I guruh. ANSWER: A Odamning ko’zi qancha turdagi rangni ajrata oladi? A) 250 dan ortiq. B) 350 ga yaqin. C) 200 ga yaqin. D) 200 dan ortiq. ANSWER: C Odamning qon aylanish tizimiga nimalar kiradi? A) jigar, yurak, qon tomirlari. B) o’pka, yurak, qon tomirlari. C) arteriya, vena, kapilyar qon tomirlari. D) yurak, qon tomirlari. ANSWER: D Odamning yoshi ortishi bilan ko’zning qaysi qismi elastikligi kamayib boradi? A) shox pardaning. B) gavharning. C) to’r pardaning. D) qorachiqning. ANSWER: B Og`iz bo`shlig`ida qanday so`lak bezlari bor? 1-til usti, 2-til yoni, 3-jag` osti, 4-til osti, 5-quloq oldi,. A) 1,2,3. B) 1,3,5. C) 2,4,5. D) 3,4,5. ANSWER: D Og‘iz bo‘shlig‘ida sodir bo‘ladigan jarayonnina aniqlang.? A) ovqatning xazm bo‘lish maxsulotlarini so‘rilishi. B) yog‘larni boshlang‘ich gidrolizi. C) uglevodlarni boshlang‘ich gidrolizi. D) oqsillarni boshlang‘ich gidrolizi. ANSWER: C Oliy darajadagi analiz va taxlil qilish nerv tizimining qaysi qismida amalga oshiriladi? A) orqa miyaning turli qismlarida. B) uzunchoq miyaning turli qismlarida. C) bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ida. D) bosh va orqa miyaning turli sohalarida. ANSWER: C Oliy nerv faoliyati nechta tipdan iborat? A) 5 tip. B) 4 tip. C) 7 tip. D) 6 tip. ANSWER: B Oliy nerv faoliyati nimalarni o’rganadi? A) odamlar xulq-atvorini hamda nerv markazlarida qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarini o’rganadi. B) nerv markazlarida qo’zg’alish va tormozlanishning o’tish mexanizmlarini o’rganadi. C) odam va hayvonlar xulq-atvorini, ulardagi ruhiy jarayonlarni va katta yarim sharlar po’stlog’idagi turli xarakatlar va ruxiy jarayonlarni fiziologik mexanizmlarini o’rganadi. D) katta yarim sharlar po’stlog’idagi turli xarakatlar va ruxiy jarayonlarni fiziologik mexanizmlarini o’rganadi. ANSWER: C Oliy nerv faoliyati tiplarini ilmiy asoslab bergan olim? A) I.M.Sechenov. B) I.P.Pavlov. C) Ch.Sherrington. D) P.K.Anoxin. ANSWER: B Ontogenez qaysi bosqichlardan iborat. A) morfonatal va fizionatal B) prenatal va postnatal C) morfologik va fiziologik D) filogenetik va fiziogenetik ANSWER: B Oqilona ovqatlanish prinsiplarini belgilang? A) sifat, tarkib va tartib. B) miqdor va tartib. C) miqdor, sifat va tartib. D) tartib va tarkib. ANSWER: C Organizimda arterial qon bosimi qaysi asbob bilan o’lchanadi? A) krioskop. B) Spirometr. C) Sfigomomanometr. D) Veloergometr. ANSWER: C Organizimda nechta qon aylanish doiralari mavjud? A) 3 ta. B) 4 ta. C) 2 ta. D) 5 ta. ANSWER: C Organizm ichki muhitini nima tashkil qiladi? A) qon, endolimfa, to`qima suyuqligi. B) qon, limfa, to`qima suyuqligi. C) qon, limfa, perilimfa suyuqligi. D) qon, endolimfa, perilimfa suyuqligi. ANSWER: B Organizm ichki muhitining doimiy va barqaror saqlanishi nima deb ataladi? A) gomeostaz. B) adaptatsiya. C) assimilyatsiya. D) metabolizm. ANSWER: A Organizm uchun energiya manbai bo‘lib qaysi moddalar xizmat qiladi? A) uglevodlar, yog‘lar va oqsillar. B) vitaminlar va mineral moddalar. C) oqsillar, yog'lar va suvlar. D) yog‘lar, oqsillar va vitaminlar. ANSWER: A Organizmlarning tarixiy rivojlanish jarayonini belgilang? A) ontogenez. B) morfogenez. C) filogenez. D) partenogenez. ANSWER: C Organizmning chiniqish vositalari berilgan qatorni aniqlang? A) atrof-muhit o’zgarishlari, yugurish, uyqu. B) quyosh, suv, havo va jismoniy harakatlar. C) suv, havo, uyqu, sport mashqlari. D) muhit sharoiti, sport mashqlari, uyqu. ANSWER: B Orqa miya nechta segmentdan iborat? A) 30-33 ta. B) 31-32 ta. C) 31-33 ta. D) 33-34 ta. ANSWER: C Orqa miya qanday funksional bo‘limlardan iborat? A) bo‘yin, ko‘krak, bel, dumg‘aza. B) bo‘yin, bel, dum. C) bo‘yin, ko‘krak, bel. D) bo‘yin, ko‘krak, bel, dumg‘aza, dum. ANSWER: D Orqa miyaning asosiy vazifalari nimadan iborat? A) harakat refleksi amalga oshishi, vegetativ refleksni amalga oshishi va afferent va efferent impulslarni uzatish. B) harakat refleksini koordinatsiyasi, vegetativ reflekslarkoordinatsiyasi. affirent va effirent impulslarni o‘tkazish. C) harakat reflekslarini amalga oshishi, vegetativ reflekslar koordinatsiyasi, tashqi ta’sirot qabuli. D) afferent impulslarni bosh miyaga o‘tishi, harakat reflekslarini amalga oshishi, qon tomir reflekslari koordinatsiyasi. ANSWER: A Orqa miyaning funktsiyalari nima? A) o’tkazuvchanlik va xarakatchanlik. B) o’tkazuvchanlik va reflektorlik. C) refraktorlik va boshqaruvchanlik. D) xarakatchanlik va refraktorlik. ANSWER: B Oshqozon osti bezi fermentlarini ko’rsating? A) amilaza, lipaza, tripsin. B) amilaza, pepsinogen, tripsin. C) amilaza, tripsin, enterokinaza, invertaza. D) amilaza, tripsin, pepsinogen. ANSWER: A Oshqozonning asosiy fermentlari berilgan qatorni ko’rsating? A) mutsin va lizosim fermentlari. B) pepsin va lipaza fermentlari. C) amilaza va karbogidroza fermentlari. D) amilaza va lipaza fermentlari. ANSWER: B Ovoz boylamlarining uzunligi xotin-qizlarda o’rtacha necha mm. ga teng? A) 18-20 mm. B) 16-18 mm. C) 20-22 mm. D) 14-16 mm. ANSWER: A Ovqat hazm qilish sistemasi organlari ketma-ketligini aniqlang? 1-qizilo`ngach, 2-xalqum, 3-to`g`ri ichak, 4-ingichka ichak, 5-yo`qon ichak, 6-meda, 7-o`nikki barmoqli ichak, [удивляюсь]g’iz bo’shlig’i. A) 1,2,3,4,5,8,6,7. B) 8,2,1,7,6,5,4,3. C) 8,2,1,6,7,4,5,3. D) 1,2,4,5,6,7,3,8. ANSWER: C Oyoq suyaklarining suyaklanishi necha yoshda tugaydi? A) 20-22 yoshda. B) 18-22 yoshda. C) 20-24 yoshda. D) 18-20 yoshda ANSWER: C Qanday irsiy kasallikda qon ivishi faktor yetishmaydi va ko’p qon yo’qotishga sabab bo’ladi? A) daun kasalligi. B) miksidema kasalligi. C) unday kasallik yo’q. D) gemofiliya kasalligi. ANSWER: D Qanday qad-qomatli bolalarda qorin muskullari kuchsiz rivojlanagan? A) lordotik. B) kifotik. C) egilgan. D) skolioz. ANSWER: A Qaysi tipda bolalar mustaqil fikrlarga ega bo’lmaydi? A) sangivinik. B) flegmatik. C) melanxolik. D) xollerik. ANSWER: C Qaysi vitamin etishmaganda “Beri-beri” kasaligi kelib chiqadi? A) vitamin B6. B) vitamin B1. C) vitamin B12. D) vitamin PP. ANSWER: A Qaysi vitamin etishmaganda “Singa” kasalligi kelib chiqadi? A) vitamin B12. B) vitamin C. C) vitamin B6. D) vitamin A. ANSWER: B Qiz bolalarda bo`yining o`sishi asosan necha yoshida to`xtaydi? A) 12-15 yoshida. B) 14-15 yoshida. C) 13-16 yoshida. D) 18-19 yoshida. ANSWER: D Qiz bolalarga xos bo`lgan navqironlik davrini aniqlang? A) 12-20 yosh. B) 13-18 yosh. C) 11-20 yosh. D) 16-20 yosh. ANSWER: D Qo’l kaftining suyakka aylanishi necha yoshgacha davom etadi? A) 13-19 yoshgacha. B) 20-22 yoshgacha. C) 16-20 yoshgacha. D) 17-22 yoshgacha. ANSWER: A Qon plazmasining necha foizini suv tashkil qiladi? A) 90-92%. B) 55-60%. C) 40-45%. D) 98-99%. ANSWER: A Qon sentrafugalanganda qanday tarkibiy qismlarga ajraladi? A) Rh -rezus faktorga. B) qon plazmasi va shaklli elementlarga. C) agglyutinin va agglyutinogenlarga. D) qon guruxlariga. ANSWER: B Qon tomirlar vazifasini ko‘rsating? A) gaz almashinuvi. termoregulyatsiya. B) qon-tomir tizimida bosim hosil qilish. oziq moddalar harakati. C) to‘qima suyuqligi orqali modda almashinuvi. qon-tomir sistemasida bosim hosil qilish. D) qonning yurak-qon tomir tizimi bo‘ylab tashilishi. to‘qima suyuqliklari orqali modda almashinuvi. ANSWER: A Qon umumiy hajmining necha foizini qon plazmasi va shaklli elementlar tashkil qilishini belgilang? A) 50-60% va 40-50%. B) 30-40% va 60-70%. C) 55-60% va 40-45%. D) 40-45% va 55-60%. ANSWER: C Qonni zaharli moddalardan tozalaydigan a'zo qaysi? A) buyrak. B) o`pka. C) jigar. D) taloq. ANSWER: C Qonning shaklli elementlari normada qancha bo’ladi? A) E-4,5-5 mln, L-5-6 ming, Tr. -250-400 ming. B) E-6-8 ming, L-6-8 ming, Tr. -250-400 ming. C) E-4,5 mln, L-6-8 ming, Tr. -250-400 ming. D) E-7-8 ming, L-7-8ming, Tr. -300-400 ming. ANSWER: C Qonning shaklli elementlari to’g’ri berilgan qatorni belgilang? A) eritrotsitlar, limfotsitlar, trombotsitlar. B) eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar. C) eritrotsitoz, leykotsitoz, tromobotsitoz. D) eritropeniya, leykopeniya, trombopeniya. ANSWER: B Qonning suyuq qismini nima tashkil etadi? A) qonni suyuq suv qismi. B) qonni organik moddalari. C) qonni shaklli elementlari. D) qonni plazmasi. ANSWER: D Qovurg’alarining to’sh suyagi bilan birikish ketma-ketligini ko’rsating? A) 1-7- juft qovurg’alar umurtqalarga, 8,9,10- juft qovurg’alar 7- juft qovurg’aga, 11-12 juft to’sh suyagi. B) 1-6- juft qovurg’alar to’sh suyagiga, 7,8,9,10 juft qovurg’alar umurtqalarga, 11-12 juft qovurg’alar erkin bo’lib tugaydi. C) 1-7- juft qovurg’alar to’sh suyagiga, 8,9,10- juft qovurg’alar 7- juft qovurg’aga birikadi, 11-12 juft qovurg’alar uchi erkin bo’loib tugatdi. D) 1-9- juft qovurg’alar to’sh suyagiga, 10,11,12 juft qovurg’alar erkin bo’lib tugaydi. ANSWER: C Quydagilardan qaysi biri yassioyoqlikka sabab bo’lishi mumkin? A) og’ir yuk ko’tarish. B) balanddan sakrash. C) tez yurish va yugurish. D) uzoq vaqt sport bilan shug’ullanish. ANSWER: A Raxit kasalligi qaysi vitamin etishmaganda kelib chiqadi? A) vitamin C. B) vitamin B12. C) vitamin D. D) vitamin B6. ANSWER: C Refleks yoyining tarkibiy elementlari to’g’ri berilgan qatorni belgilang? A) retseptor, nerv markazi, afferent va efferent tola. B) retseptor, afferent tola, nerv markazi, efferent tola, ishchi a‘zo. C) retseptor, markaziy qism, oraliq neyron, ishchi a‘zo. D) retseptor, afferent, nerv markazi, ishchi a’zo. ANSWER: B Retsipiyentda A (II) gruppa qoni bo’lsa qanday gruppali qonni quyish mumkin? A) О (I) va A (II). B) V (III) va AV (IV). C) A (II) va AV (IV). D) A (I) va AV (II). ANSWER: A Rezus-manfiy qon necha % odamlarda uchraydi? A) 35 %. B) 50 %. C) 15 %. D) 30 %. ANSWER: C Rivojlanish deb nimaga aytiladi? A) organizmning shakillanishiga. B) organizm xujayralarining ko’payishiga. C) organizmdagi miqdor o’zgarishlarga. D) organizmdagi miqdor va sifat o’zgarishlarga. ANSWER: D Shartli refleks –bu? A) deyarli doimiy reflekslar. B) tug‘ma, o‘zgaruvchan reflekslar. C) xayot davomida ortirilgan reflekslar. D) ichki muxit o‘zgarishlariga javob reflekslar. ANSWER: C Shartli reflekslarning markazi qayerda joylashgan? A) bosh miya katta yarim sharlarida. B) uzunchoq miyada. C) o`rta miyada. D) orqa miyada. ANSWER: A Shartli rеflеkslarning tormozlanishi necha xil bo’ladi? A) 3 xil: tashqi, ya'ni shartli tormozlanish va ichki, ya'ni shartsiz tormozlanish va so’nuvchi tormozlanish. B) 2 xil: so’nuvchi va kechikuvchi tormozlanish. C) 4 xil: so’nuvchi, farqlovchi, shartli, kechikuvchi tormozlanish. D) 2 xil: tashqi, ya'ni shartsiz tormozlanish va ichki, ya'ni shartli tormozlanish. ANSWER: D SHartli tormozlanish turlari berilgan qatorni ko’rsating? A) so’nuvchi, qiyosiy, shartli, kechikuvchi tormozlanish. B) tashqi, ichki, so’nuvchi tormozlanish. C) so’nuvchi va kechikuvchi tormozlanish. D) qiyosiy, shartli, kechikuvchi tormozlanish. ANSWER: A Sinf honalariga o’rnatilgan yoritgichlar orasidagi masofa (sinf doskasidan) qancha uzoqlikda bo`lishi kеrak? A) a-2,20 mеtr; b-1,5 mеtr. B) a-2,65 mеtr; b-1,2 mеtr. C) a-1,65 mеtr; b-1,8 mеtr. D) a-2,65 mеtr; b-1,3 mеtr. ANSWER: B Sinf honasining sun'iy yoritilishi necha lyuksdan kam bo`lmasligi kеrak? A) 275 — 450 lyuks. B) 375 — 550 lyuks. C) 175 — 350 lyuks. D) 475 — 650 lyuks. ANSWER: C Sinf xonasining temperatura va nisbiy namlik rejimini ko’rsating? A) 16-18 0, 40-60%. B) 10-15 0, 40-50%. C) 15-22 0, 45-60%. D) 16-20 0, 35-65%. ANSWER: A Sinfda tabiiy yoritilishni umumiy yig`indisi qish oylarida (va yoz oylarida) necha lyuks bo`lishi kеrak? A) 75000 lyuks; b- 100000 lyuks. B) 55000 lyuks; b- 100000 lyuks. C) 100000 lyuks; b- 75000 lyuks. D) 80000 lyuks; b- 100000 lyuks. ANSWER: A Sinfga o`rnatilgan dеrazalar oralig`i necha sm. bo`lishi kеrak? A) 50-75 sm. B) 70-75 sm. C) 50-85 sm. D) 60-95 sm. ANSWER: A Sinfning dеvorlari, shifti (va doskasi) qanday ranglarga bo’yalishi kеrak? A) a-oq; b- yashil yoki jigarrang. B) a-ko’k; b-och qora yoki jigarrang. C) a-oq; b-och yashil yoki och ko`k. D) a-jigarrang ; b-och ko’k yoki och qizil. ANSWER: A Sinfning mikroiqlimi tarkibi nimalardan tashkil topishini belgilang? A) havoning tozaligi, chang. B) harorat, chang. C) havoning harakat tezligi, namlik. D) harorat, namlik, havoning harakat tezligi. ANSWER: D Skolioz belgilari qanday boshlanadi? A) oyoq va qo’llarni qiyshayish. B) ko’krak umurtqasini qiyshayishi. C) bosh va bo’g’imlarning qiyshayishi. D) bel va dumg’aza umurtqalarining qiyshayishi. ANSWER: B So’lakning necha foizi suvdan iborat? A) 88,0-90,1 %. B) 98,5-99,5 %. C) 90,0-92,0 %. D) 55,0-60,0 %. ANSWER: B Somatik nеrv sistеmаsini vаzifаsi? A) qon аylаnish, ovqаt hаzm qilish, nаfаs olish, аyirishni boshqаrish. B) qon аylаnish, yurаk urushini tеzlаshtirishni boshqаrish. C) qon аylаnish, ichki sеkrеtsiya bеzlаri ishini boshqаrish. D) muskullаr ishini, tananing fazodagi harakatini boshqаrish. ANSWER: D Sutli tishlar davri necha yoshni o’z ichiga oladi? A) 6 oydan 8-9 yoshigacha. B) 6 oydan 6-7 yoshigacha. C) 6 oydan 5 yoshigacha. D) 6 oydan 4 yoshigacha ANSWER: B Suyak singanda, uning bitishida suyakning qaysi qismi muhim rol bajaradi? A) suyak usti pardasi. B) zich suyak moddasi. C) suyakni g’ovak qismi. D) suyakni zich va g’ovak qismi. ANSWER: A Suyaklar o`zaro bir-biri bilan necha xil birikadi? A) 6 xil. B) 3 xil. C) 4 xil. D) 5 xil. ANSWER: B Tashqi eshitish yo’lining uzunligi necha santimetrga teng? A) 2,5 sm.ga. B) 2,0 sm.ga. C) 3,0 sm.ga. D) 4,0 sm.ga. ANSWER: A Tashqi quloq bilan o’rta quloq o’rtasida nima joylashgan? A) chig’anoq. B) nog’ora parda. C) yarim aylana doirachalar. D) endolimfa va perilimfa. ANSWER: B Tashqi rettseptorlar nima deb ataladi? A) introretseptorlar. B) proprioretseptorlar. C) vistseroretseptorlar. D) ekstroretseptorlar. ANSWER: D Terida quyosh nuri ta‘sirida sintezlanadigan vitaminni aniqlang? A) A vitamin. B) E vitamin. C) C vitamin. D) D vitamin. ANSWER: D Tilning qaysi qismi shirinlikdan ta‘sirlanadi? A) tilning uchki qismi. B) tilning orqa qismi. C) tilning oldingi qismi. D) tilning yon qismi. ANSWER: A Tizza refleksining markazi qayerda joylashgan? A) orqa miyaning dumg‘aza sigmentlarda. B) orqa miyaning bel sigmentlarida. C) orqa miyaning bo‘yin sigmentlarida. D) orqa miyaning ko’krak sigmentlarida. ANSWER: B Turli yoshdagi bolalarda me’daning hajmini aniqlang? 1 yoshda (1), 2 yoshda (2), 6-7 yoshda (3), 10-12 yoshda (4) A) 1–100-200 sm3, 2–400-450 sm3, 3–850-900 sm3, 4–1200-1300 sm3. B) 1–400-500 sm3, 2–600-750 sm3, 3–950-1100 sm3, 4–1500 sm3. C) 1–150-200 sm3, 2–600-700 sm3, 3–900-1000 sm3, 4–1000-1500 sm3. D) 1–300 sm3, 2–550 sm3, 3–700 sm3, 4–1000 sm3. ANSWER: B Umurtqa pag`onasida umutqalar soni nechta va necha bo`limdan iborat? A) 34-35 ta, 5 bo`limdan. B) 33-34 ta, 5 bo`limdan. C) 31-33 ta, 5 bo`limdan. D) 32-34 ta, 5 bo`limdan. ANSWER: B Umurtqa pog’onasining qiyshiq o’sishi sabablari? A) xomiladorlik vaqtida surunkali kasalliklarni o’z vaqtida davolamaslik. B) noto’g’ri ovqatlanish, ultrabinafsha nur va vitamin “D” yetishmovchiligi. C) bolalarni past yoki o’ta baland partada o’tirishi. D) sport bilan shug’ullanishini me’yoridan ortishi. ANSWER: C Uzun naysimon suyaklarga qaysilar suyaklar kiradi? A) yelka, qovurg`a suyaklari. B) yelka, bilak, panja suyaklari. C) yelka, bilak, son, boldir suyaklari. D) boldir, qo`l, oyoq, panja suyaklari. ANSWER: C Uzunchoq miyadagi eng muhim hayotiy markaz qaysi? A) Sezgi organlarini boshqarish markazlari. B) Ovqat hazm qilishni boshqarish markazlari. C) Nafas olish va yurak ishlashini boshqarish markazlari. D) Siydik ajratishni boshqarish markazlari. ANSWER: C Vegetativ nerv tizimi qaysi qismlarga bo’linadi? A) markaziy va periferik. B) simpatik va parasimpatik. C) bosh va orqa miya. D) periferik va parasimpatik. ANSWER: B Vегеtаtiv nеrv sistеmаsini vаzifаsi? A) qon аylаnish, ovqаt hаzm qilish, muskullаr ishini boshqаrish. B) ichki sеkrеtsiya bеzlаri ishini boshqаrish, yurаk urushini tеzlаshtirish. C) qon аylаnish, ovqаt hаzm qilish, nаfаs olish, аyirish, ichki sеkrеtsiya bеzlаri ishini boshqаrish. D) muskullаr ishini boshqаrish, tana muvozanatini boshqаrish. ANSWER: C Yangi tug`g`ilgan bola bir kecha-kunduzda necha soat uxlaydi? A) 20-22. B) 16-18. C) 18-20. D) 16-20. ANSWER: C Yangi tug`ilgan bola bosh miyasining vazni (va tana vaznining qancha qismini) tashkil etishi to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang? A) a-340-400 g; b- 1/8 – 1/9 qismini. B) a-370-400 g; b- 1/8 – 1/9 qismini. C) a-370-420 g; b- 1/7 – 1/9 qismini. D) a-350-400 g; b- 1/8 – 1/10 qismini. ANSWER: A Yangi tug`ilgan bola o`pkasining vaznini belgilang? A) 90-97 gr. B) 50-57 gr. C) 30-37 gr. D) 50-67 gr. ANSWER: B Yangi tug`ilgan bolada orqa miya vazni necha gramm bo`ladi? A) 4-12 gr. B) 10-12 gr. C) 6-10 gr. D) 10-14 gr. ANSWER: C Yangi tug`ilgan bolada orqa miyaning uzunligi qancha? A) 10-13 sm. B) 13-15 sm. C) 11-14 sm. D) 10-12 sm. ANSWER: B Yangi tug`ilgan bolaning bo`yi o`rtacha necha sm. bo`ladi? A) 48-52 sm. B) 40-45 sm. C) 55-60 sm. D) 60-65 sm. ANSWER: A Yangi tug`ilgan qiz bolalarning (va o`g`il bolalarning) o`rtacha vazni necha kg bo`ladi? A) 3,0 kg; b- 3,4 kg. B) 3,5 kg; b- 3,4 kg. C) 2,4 kg; b- 3,0 kg. D) 3,5 kg; b- 4,5 kg ANSWER: B Yangi tug’ilgan bola yuragi minutiga necha marotaba uradi? A) 100-110 ta. B) 120-140 ta. C) 110-115 ta. D) 130-150 ta. ANSWER: B Yangi tug’ilgan bolada jigarning vazni qancha bo’ladi? A) 50 gr. B) 60 gr. C) 20 gr. D) 30 gr. ANSWER: D Yangi tug’ilgan bolalarda 1 mm3 qonida qancha leykotsitlar bo’ladi? A) 10000 dan 20000 tagacha. B) 8000 dan 12000 tagacha. C) 6000 dan 8000 tagacha. D) 12000 dan 16000 tagacha. ANSWER: A Yangi tug’ilgan bolani 1 mm3 qonida qancha eritrotsitlar bo’ladi? A) 5,0 mln. B) 4,0 mln. C) 7,0 mln. D) 4,5 mln. ANSWER: C Yangi tug’ilgan bolaning miyachasi necha gramm bo’ladi? A) 20,5-23 gramm. B) 19,5-25 gramm. C) 10,5-15 gramm. D) 13,5-15 gramm. ANSWER: A Yangi tug’ilgan bolaning troxeyasi uzunligi qancha? A) 6-7 sm. B) 8-9 sm. C) 1-2 sm. D) 3-4 sm. ANSWER: D Yangi tug’ilgan bolaning yuragini massasi qancha bo’ladi? A) 24-30 gr. B) 28-35 gr. C) 35-40 gr. D) 40-48 gr. ANSWER: A Yangi tug’ilgan chaqaloqda qanday shartsiz reflekslar kuzatiladi? A) Ovqatlanish, aksa urish, kulish, emaklash. B) himoya, aksa urish, kulish, yo’talish, qo’lni uzatish. C) ovqatlanish, kulish, yo’talish reflekslari. D) Ovqatlanish, himoya, aksa urish, yo’talish. ANSWER: D Yassioyoqlikda organizimning qaysi qismida og’riq seziladi? A) son-boldir muskullarida. B) tovon-kaft muskullarida. C) bel-quymich muskullarida. D) tovon-panja va boldir muskullarida. ANSWER: D Yelka kamari qaysi suyaklardan tashkil topgan? A) yelka va bilak suyaklaridan. B) o`mrov va yelka suyaklaridan. C) elka va kaft suyaklaridan. D) o`mrov va kurak suyaklaridan. ANSWER: D Yoritilish koefitsiеnti dеb nimaga aytiladi? A) dеrazalarni oynalangan sathining shift sathi nisbatiga aytiladi. B) devorlar sathining pol sathi nisbatiga aytiladi. C) dеrazalarni oynalangan sathining pol sathi nisbatiga aytiladi. D) eshik va derazalar sathining pol sathi nisbatiga aytiladi. ANSWER: C Yoritilish koefitsiеnti sinfda qanday nisbatda bo`lishi kеrak? A) 1:5, 1:6. B) 1:5, 1:7. C) 1:3, 1:5. D) 1:4, 1:5. ANSWER: D Yorug`likni va ranglarni qabul qiluvchi rеtsеptorlar ko’zning qaysi qismida joylashgan? A) to’rsimon pardada. B) qon-tomir pardada. C) shishasimon tanada. D) fibroz pardada. ANSWER: A Yosh davrlarining yangi tug`ilgan davri necha kunni o’z ichiga oladi? A) 1 kundan — 16 kungacha. B) 1 kundan — 15 kungacha. C) 1 kundan — 25 kungacha. D) 1 kundan — 28 kungacha. ANSWER: D Yosh fiziologiyasi fani nimani o`rgatadi? A) Bola organizmining yoshiga hos hususiyatlarni. B) Odam organizmining hujayraviy tuzilishini. C) Embrion rivojlanishini. D) Tana tuzilishini. ANSWER: A Yosh fiziologiyasi va gigiena fanining maqsadi nimalardan iborat? A) bo`lajak o`qituvchilarga bolalar va o`smirlarning yoshiga oid morfologik xususiyatlari, nеrv sistеmasi, yurak qon tomir, tayanch-harakatlanish sistеmasi fiziologiyasi va rivojlangan organizmning boshqa xususiyatlari, kasalliklarning oldini olish, sog`liqni saqlash kabi holatlarni o`rgatishdan iborat. B) o`sish va rivojlanish qonuniyatlarini ochib bеrish, bir butun organizm, uning tizimlari, organlari, to`qimalari va hujayralarini ishlash xususiyatlarini turli yoshga aloqador davrlarda aniqlashdan iborat. C) odam organizmining shaklini, tuzilishini, uning rivojlanish jarayonini o'rganish, har bir a’zoni jinsiy tafovutlar jihatdan, shuningdek atrof muhitining azolar tuzilishi hamda vazifasiga bo'lgan ta'sirini o'rganishdan iborat. D) tabiat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro ta’sir jarayonida yuzaga keladigan ekologik-iqtisodiy munosabatlar va ularni barqarorlashtirish, xo’jalik faoliyatining iqtisodiy oqibatlari, tabiatdan oqilona foydalanish va tabiatni saqlash, asrash, muhofaza qilishni tartibga solishdan iborat. ANSWER: B Yurak avtomotiyasi deb nimaga aytiladi? A) yurakni ishlashi uchun yetarlicha muhit bo’lmagani uchun funktsiyasini to’xtatishi. B) yurak faoliyatining nerv tizimi orqali boshqarilishi. C) yurakni gumoral yo’l bilan boshqarilishi. D) organizmdan ajratib olingan yurakni bir necha soat davomida qisqarib turishi. ANSWER: D Yurak faoliyati qannday boshqariladi? A) gumoral yo’l bilan. B) nerv tizimi yo’li bilan. C) nerv tizimi va gumoral yo’l bilan. D) o’z-o’zidan avtomatik yo’l bilan. ANSWER: C Yurak faoliyatlarini ko‘rsating? A) qon tomirlarda bosimni pasaytirish. B) qonning yurak-qon tomir tizimi bo‘ylab tashilishi. C) qon tomirlarni toraytirish. D) modda almashinuvini susaytirish. ANSWER: B Yurak tsikli qanday 2 ta fazani o’z ichiga oladi? A) sistola va qon xaydash fazasi. B) protosistola va protodiastola. C) protosistola va diastola. D) sistola va diastola. ANSWER: D Yurakning sistolik xajmi nima? A) bir sistolada yurak qorinchasidan chiqarilgan qon xajmi. B) bir diastolada yurakdan o’tuvchi qon xajmi. C) bir minutda yurak qorinchasidan o’tuvchi qon xajmi D) bir minutda yurak bo’lmachasidan o’tuvchi qon xajmi ANSWER: A Сhaqoloqlik davri bola tug’ulganidan boshlab necha kunni o’z ichiga oladi? A) 28 kundan-1 yoshigacha. B) 20 kundan-1 oyligigacha. C) 10 kundan-1 oyligigacha. D) 1 oyligidan-1 yoshigacha. ANSWER: A Download 51.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling