Antidangasalik


Topshiriqlarni to‘g‘ri tuzish


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/29
Sana22.02.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1221279
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Bog'liq
Antidangasalik

Topshiriqlarni to‘g‘ri tuzish 
Bizning miyamiz asosiy ikki xil tizimdan iborat: biri — “O‘ylovchi” va ikkinchisi —
“Bajaruvchi” tizimlar. Kaneman modulida biz “O‘ylovchi” tizimning o‘zi qanday
tuzilganini ko‘rib chiqdik. Biz ko‘pincha bu ikki tizimni bir paytda ishlatishga urinamiz va
bu bilan ish samaradorligini keskin tushirib yuboramiz. Misol uchun, siz bugunning
hisobida qilishingiz kerak bo‘lgan bir nechta ishlarni xayolingizda reja qilib olasiz va shu
bilan bajarishga urinasiz. Kechga borganda siz qilmoqchi bo‘lgan ishlaringizning bir
nechtasini unutib qoldirgan bo‘lasiz yoki ba’zilarini qilishga layoqatingiz bo‘lmagan
bo‘ladi. Buning sababi yuqorida aytib o‘tilgan “Zeygarnik effekti” bilan bog‘liq. Ya’ni siz
bajarmoqchi bo‘lgan ishlaringizni xayolingizda ushlab turish oqibatida ularga ko‘p energiya
sarflab yuborasiz va bajarishga kelganda bu energiya sizda yetarli bo‘lmay qoladi.
“O‘ylovchi” va “Bajaruvchi” tizimlarni alohida ishlatishimiz uchun daftar tutib, ishlarimiz
ro‘yxatini yozib borishimiz kerak bo‘ladi. Kundalik tutishni ko‘pchilik yoqtirmaydi, ammo
bu juda muhim. Siz kundalik rejalarsiz ikki tizimingizni alohida ishlata olmaysiz. Kundalik
tutishning, topshiriqlarni to‘g‘ri tuzishning ham o‘z qoidalari mavjud. Biz “time
management” bilan shug‘ullanish jarayonida kundalik daftar tutib, topshiriqlarni tuzganmiz,
ammo ko‘pchilik buni tashlab qo‘ygan. Sababi shundaki, topshiriqlarni tuzishda xatoliklar
ko‘p bo‘lgan. Odatda biz toshiriqlarni quyidagicha tuzamiz:
1. Kitob o‘qish 
2. Vazifalarni bajarish 
3. Bozorga borish 
4. Telefon 
5. Universitet 
25 


6. Behruz ….. va hokazo. Ko‘rib turganingizdek bunday toshiriqlar ro‘yxatida aniqlik
mavjud emas. Siz bloknotni ochib, topshiriqni o‘qiganingiz bilan yana shu topshiriq haqida
o‘ylashni boshlaysiz. Misol uchun, “Kitob o‘qish” topshirig‘ini o‘qiganingizda savol
tug‘iladi: “Qaysi kitobni o‘qish kerak edi?”, “Qancha bet o‘qishim kerak edi?”, “Qaysi
mavzusini o‘qishim kerak edi?” va hokazo. “Behruz” degan topshiriqni ko‘rganingizda
yana savollar tug‘iladi: “Qaysi Behruz?”, “Behruzga nima berishim kerak edi?”, “Behruzga
nima deyishim kerak edi?”, “Nega Behruzni yozdim o‘zi?” va hokazo. Bu topshiriqlarda
umuman yuqoridagi ikki tizim ajratilmayapti, ya’ni samarasiz ish bo‘lyapti. Topshiriqlarni
qanday to‘g‘ri tuzish mumkin? Bunda bizga vazifalarni to‘g‘ri tuzish bo‘yicha mutaxassis
Maykl Linenberger (Michael Linenberger) tizimi
22
yordam beradi. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling